Protozoy infektsiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonada vaginiti, trixomonada uretriti.
Bacteroides spp.
(shu jumladan, B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari, shu jumladan, meningit, bosh miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessi.
Bacteroides turlari, shu jumladan, B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a’zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsis.
Soxtamembranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq).
Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak atrofi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish.
O‘smalari bo‘lgan bemorlarda nur bilan davolashda – o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizatsiyalovchi vositasi sifatida qo‘llanadi.
Atsetaldegidrogenazani susaytirib, qonda atsetaldegid miqdorini oshiradi va organizmni alkogolli ichimliklar ta’siriga sensibilizatsiya qiladi.
Alkogolizmi bo‘lgan bemorlarni davolashda qo‘llanishi mumkin.