Metotreksatretsept bilan

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: metotreksat – 2,5 mg yoki 5 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, povidon, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali; qobig‘i: opadray II rangli (85F partiyasi)*. *Opadray II rangli (85F partiyasi) – sariq tarkibi: qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol/polietilenglikol, xinolin sarig‘i alyumin laki (Ye104), FD&C sariq №6/ sariq quyosh shafag‘i FSF alyumin laki (Ye110), talk, titan dioksidi, temir (II) oksidi (Ye172); – to‘q sariq: qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol/polieti-lenglikol, FD&C sariq №6/sariq quyosh shafag‘i FSF alyumin laki (Ye110), talk, titan dioksidi, temir (II) oksidi (Ye172), FD&C moviy №2/ indigokarmin alyumin laki (Ye132).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metotreksat

Preparatning savdo nomi:

Metotreksat

Farmakalogik guruhi:

O‘smalarga qarshi vositalar. Antimetabolitlar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar: 2,5 mg dozali – sariq rangli, 5 mg dozali – to‘q-sariq rangli.

O‘smalarga qarshi vositalar. Antimetabolitlar.

L01BA01.

Metotreksat folat kislotasining antagonisti hisoblanadi va antimetabolit va tsitostatik agent sifatida tasniflanadi. Metotreksat oddiy davolashga javob bermaydigan yoki jidab bo‘lmaydigan og‘ir, faol, klassik yoki ma’lum joylashuvdagi revmatoid artriti bo‘lgan kattalarni davolash uchun ishlatiladi. Metotreksat shuningdek davolashning boshqa turlariga javob bermaydigan og‘ir, nazorat qilib bo‘lmaydigan psoriazni davolash uchun ham ishlatiladi. Metotreksat o‘sma kasalliklarining keng diapazonida, shu jumladan o‘tkir leykozlar, noxodjkin limfomasi, osteogen sarkoma va yumshoq to‘qimalar sarkomasi va soliz o‘smalar, ayniqsa sut bezi, o‘pka, bosh va bo‘yin, qovuq, bachadon bo‘yni, tuxumdonlarning o‘smalari va moyak kartsinomasida regressiyaga erishish uchun qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi.

Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: entsefalopatiya, leykoentsefalopatiya (ayniqsa bosh miyani nur bilan davolashdan keyingi bemorlar), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, uyquchanlik, afaziya, bel sohasida og‘riq, bo‘yinning orqa sohasidagi mushaklar rigidligi, tirishishlar, falaj, gemiparez, parez, dizartriya; yuqori dozalarda qo‘llanilganda: kognitiv faoliyatni tranzitor buzilishlari, emotsional labillik; odatdagi bo‘lmagan kranial sezuvchanlik; ayrim hollarda – toliqish, holsizlik, ongni chalkashishi, ataksiya, tremor, ta’sirchanlik, koma; kon’yunktivit, ko‘p ko‘zyoshi oqishi, katarakta, yorug‘likdan qo‘rqish, bosh miya po‘stlog‘ini shikastlanishi bilan bog‘liq ko‘rlik (yuqori dozalarda). Yurak-qon tomir tizimi (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, neytropeniya, limfopeniya (ayniqsa T-limfotsitlar), eozinofiliya, agranulotsitoz, SOE ni tezlashishi, limfadenopatiya, limfoproliferativ kasalliklar, gipogamma-globulinemiya, gemorragiya, leykopeniya oqibatidagi septitsemiya; kam hollarda – perikardit, ekssudativ perikardit, gipotenziya, tromboembolik o‘zgarishlar (arterial tromboz, tserebral tromboz, chuqur venalar trombozi, buyrak venasi trombozi, ko‘z to‘r pardasi trombozi, tromboflebit, o‘pka emboliyasi). Respirator tizim tomonidan: kam hollarda – interstitsial pnevmonit, o‘pka fibrozi, o‘pka infektsiyalarini zo‘rayishi, nafas yetishmovchiligi, alveolit, interstitsial pnevmonit (shu jumladan fatal), O‘SOK. MIY a’zolari tomonidan: gingivit, faringit, yarali stomatit, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, yutishni qiyinlashishi, melena, gematemezis, MIY shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, me’da-ichakdan qon ketishi, enterit, jigarni shikastlanishi, jigar fibrozi va tsirrozi, o‘tkir gepatit, jigar yetishmovchiligi, gipoalbuminemiya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi (uzluksiz yoki uzoq muddatli davolanayotgan patsiyentlarda ehtimoli yuqori), pankreatit. Siydik-jinsiy tizim tomonidan: tsistit, nefropatiya, buyrak yetishmovchiligi, azotemiya, gematuriya, proteinuriya, giperurikemiya yoki yaqqol nefropatiya, dismenoreya, barqaror bo‘lmagan oligospermiya, oogenez va spermatogenez jarayonlarini buzilishi, fetal nuqsonlar, libidoni pasayishi, impotentsiya, dismenoreya, qindan ajralmalar, ginekomastiya, bepushtlik, o‘z-o‘zidan bola tashlash, homilani nobud bo‘lishi. Teri qoplamalari tomonidan: teri eritemasi, qichishish, sochlarni to‘kilishi (kam hollarda), fotosensibilizatsiya, ekximoz, xusnbuzarsimon toshma, furunkulyoz, kepaklanish, terini de- yoki giperpigmentatsiyasi, pufaklarni hosil bo‘lishi, follikulit, teleangioektaziya, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, terida yara paydo bo‘lishi va nekrozi, eksfoliativ dermatit. Allergik reaktsiyalar: isitma, qaltirash, toshma, eshakemi, anafilaksiya. Boshqalar: immunosupressiya, infektsiyalar: hayot uchun xavf soluvchi opportunistik infektsiyalar (shu jumladan pnevmotsist pnevmoniya), TsMV (shu jumladan TsMV-pnevmoniya), sepsis (shu jumladan fatal), kokardioz, gistoplazmoz, kriptokokkoz, Herpes zoster va Herpes simplex chaqirgan infektsiyalar (shu jumladan tarqalgan), osteoporoz, artralgiya, belda og‘riq, mialgiya, osteonekroz, sinishlar, vaskulit, qandli diabet, limfoma (shu jumladan qaytuvchan), o‘sma lizisi sindromi, yumshoq to‘qimalar nekrozi, to‘satdan o‘lim. Revmatoid artritni davolaganda: 10% dan ko‘proq – “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish; 3-10% – stomatit, trombotsitopeniya (100 ming/mkl); 1-3% – teri toshmasi, qichishish, dermatit, diareya, alopetsiya, leykopeniya (3000/mkl), pantsitopeniya, bosh aylanishi, interstitsial pnevmonit; boshqalar – gematokritni pasayishi, bosh og‘rig‘i, infektsiyalar (shu jumladan yuqori nafas yo‘llari), anoreksiya, artralgiya, ko‘krak qafasida og‘riq, yo‘tal, dizuriya, ko‘zlarda diskomfort, burundan qon ketishi, isitma, ko‘p terlash, quloqlarda shang‘illash, qindan ajralmalar. Psoriazni davolaganda: alopetsiya, fotosezuvchanlik, terida achishish hissi, terida og‘riqli eroziv blyashkalar. Yuvenil revmatoid artritni davolaganda: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi (14%), MIY faoliyatini buzilishi (11%), shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, stomatit (2%), leykopeniya (2%), bosh og‘rig‘i (1,2%), alopetsiya (0,5%), bosh aylanishi (0,2%), teri toshmasi (0,2%).

Quyidagi holatlarda metotreksatni qo‘llash mumkin emas: Jigar faoliyatini ahamiyatli buzilishi (bilirubin darajasi > 85,5 mkmol/l);Alkogolni suiste’mol qilish;Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi ˂20 ml/min);Og‘ir o‘tkir yoki surunkali infektsiyalar (masalan tuberkulyoz yoki OITV);Og‘iz bo‘shlig‘i yoki me’da-ichak yo‘llari yaralari;Metotreksat bilan davolash davrida tirik vaktsinalar bilan vaktsinatsiya qilish. Homilador ayollarga yuborilganda metotreksat homilani nobud bo‘lishini yoki teratogen ta’sir chaqiradi. Psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan homilador ayollarda metotreksatni qo‘llash mumkin emas va o‘sma kasalliklari davolash uchun faqat potentsial foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llanishi kerak. Tug‘ruq yoshidagi ayollar homiladorlik inkor etilmaguncha metotreksatni qo‘llamasliklari kerak va agar ular davolash vaqtida homilador bo‘lgan bo‘lsalar, homila uchun jiddiy xavf yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Agar sheriklardan biri dori vositasi bilan davolash vaqtida va erkak jinsdagi patsiyentda davolash tugaganidan keyin kamida uch oy davomida va ayol patsiyentda davolashdan keyin kamida bir ovulyatsiya vaqtida metotreksat qabul qilsa, homiladorlikdan saqlanish kerak. Chaqaloqlarda jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lishi mumkinligi tufayli, metotreksatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas. Alkogolizm, jigarning alkogolli kasalligi yoki jigarning boshqa surunkali kasalliklari bilan psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan patsiyentlar metotreksatni qabul qilmasliklari kerak. Immun tanqislik sindromining yaqqol yoki laborator belgilari bo‘lgan psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan patsiyentlar metotreksatni qabul qilmasliklari kerak. Suyak ko‘migi gipoplaziyasi, leykopeniya, trombotsitopeniya, anemiya kabi qonning patologik o‘zgarishlari bo‘lgan psoriazi yoki revmatoid artriti bo‘lgan patsiyentlar metotreksatni qabul qilmasliklari kerak. Metotreksatga ma’lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.

NYAQV, barbituratlar, sulfanilamidlar, kortikosteroidlar, tetratsiklinlar, trimetoprim, xloramfenikol, para-aminobenzoy va para-aminogippur kislotalari, probenetsidni bir vaqtda qo‘llash metotreksatning intoksikatsiyaga olib keluvchi kuchaygan va ta’sirini uzayishiga olib keladi. Qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshiradi, shuning uchun yondosh giperurikemiya va podagrasi bo‘lgan patsiyentlarda podagraga qarshi dori vositalarining (allopurinol, kolxitsin, sulfinpirazon) dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin; urikozurik podagraga qarshi dori vositalarini qo‘llash metotreksat bilan davolash fonida siydik kislotasini hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq nefropatiya rivojlanishi xavfi oshishi mumkin (allopurinolni qo‘llagan afzal). NYAQV metotreksatning yuqori dozalari fonida metotreksatning kontsentratsiyasini oshiradi va chiqarilishini sekinlashtiradi, bu og‘ir gematologik va me’da-ichak intoksikatsiyasi tufayli o‘limga olib kelishi mumkin. O‘rtacha va yuqori dozalarda metotreksatning infuziyasidan oldin fenilbutazonni 7-12 kun oldin, piroksikamni 10 kun oldin, diflunisal va indometatsinni 24-48 soat oldin, ketoprofen va T1/2 qisqa NYAQV ni 12-24 soat oldin va u yakunlangandan keyin kamida 12 soat davomida (qondagi metotreksatning kontsentratsiyasiga qarab) qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi. NYAQV ni past dozada metotreksat bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (buyrak kanalchalari tomonidan metotreksatni chiqarilishi kamayishi mumkin). Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari (masalan probenetsid) metotreksatni buyraklar orqali chiqarilishini kamayishi hisobiga uning toksikligi oshiradi. Retinoidlar, azatioprin, sulfasalazin, etanol va boshqa gepatotoksik dori vositalari gepatotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi. Folat saqlovchi dori vositalari (shu jumladan polivitaminlar) metotreksatning suyak ko‘migiga toksik ta’sirini kamaytiradi. Asparaginaza xujayralar replikatsiyasini ingibitsiya qilish hisobiga metotreksatning o‘smalarga qarshi ta’siri yaqqolligini kamaytiradi. Dinitrogen oksidi bilan anesteziya o‘tkazish oldindan bilib bo‘lmaydigan og‘ir miyelosupressiya va stomatit rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Parenteral qo‘llash uchun atsiklovir metotreksatni intratekal yuborish fonida nevrologik buzilishlar rivojlanishi xavfini oshiradi. Folat kislotasi va uning hosilalari samaradorlikni pasaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlar (kumarin yoki indandion hosilalari) ta’sirini kuchaytiradi va qon ketishlari xavfini oshiradi. Penitsillin guruhiga mansub preparatlar metotreksatning buyrak klirensini pasaytiradi. Metotreksat va asparaginazani bir vaqtda qo‘llaganda metotreksatni (ichga qabul qilganda) so‘rilishini bloklashi mumkin. Neomitsin (ichga qabul qilish uchun) metotreksatning (ichga qabul qilish uchun) so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Qonda patologik o‘zgarishlarni chaqiruvchi preparatlar leykopeniya va/yoki trombotsitopeniyani kuchaytirishi mumkin, agar bu preparatlar suyak ko‘miga faoliyatini nisbatan metotreksat kabi ta’sir ko‘rsatsa. Suyak ko‘migi faoliyatini susayishini chaqiruvchi boshqa preparatlar yoki nur bilan davolash samarani kuchaytiradi va suyak ko‘migi faoliyatini additiv susaytiradi. Tsitarabin bilan bir vaqtda qo‘llaganda sinergik tsitotoksik samara kuzatilishi mumkin. Metotreksatni PUVA-davolash (metoksalen va UBN) bilan majmuaviy davolangan psoriaz yoki zamburug‘li mikozi bo‘lgan patsiyentlarda teri raki aniqlangan. Nur bilan birga davolash suyak ko‘migi faoliyatini susayishi xavfini oshirishi mumkin. Tirik virusli vaktsinalar bilan birga vaktsina virusining replikatsiyasi jarayonini intensifikatsiyani, vaktsinaning nojo‘ya ta’sirini kuchayishini va tirik ham, faolsizlantirilgan vaktsinalarni yuborishga javoban antitelalarni ishlab chiqarilishini pasayishini chaqirishi mumkin.

Himoyalanmagan terini uzoq vaqt quyosh nurlari ta’sirida bo‘lishiga yoki UBN lampasini suiste’mol qilish mumkin emas (fotosensibilizatsiya reaktsiyasi kuzatilishi mumkin). Preparatni qabul qilgandan keyin 3 oydan 12 oygacha intervalda immunizatsiyadan voz kechish kerak (agar shifokor tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa); bemor bilan birga istiqomat qiluvchi oila a’zolari poliomiyelitga qarshi peroral vaktsina bilan immunizatsiyadan voz kechishlari kerak (poliomiyelitga qarshi vaktsina qabul qilgan odamlar bilan kontaktdan saqlanish kerak yoki burun va og‘izni yopib turuvchi himoya niqobini taqish kerak). Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llash. Tadqiqotlar metotreksatning teratogen samarasini namoyish qilgan, shuning uchun uni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi patsiyentlar (ayollar ham, erkaklar ham) va ularning sheriklari metotreksat bilan davolash davrida va davolash tugatilganidan keyin kamida olti oy davomida samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Agar patsiyent ayol yoki metotreksat bilan davolanayotgan erkakning sherigi homilador bo‘lib qolsa, metotreksatning homilaga salbiy ta’siri yuzasidan mutaxassis bilan maslahatlashishi kerak. Metotreksat ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: spetsifik simptomlari mavjud emas. Plazmadagi metotreksatning darajasiga qarab diagnostika qilinadi. Davolash: metotreksatning miyelotoksik ta’sirini neytralizatsiya qilish uchun kaltsiy folinatini darhol yuborish (ichga, m/i yoki v/i). Kaltsiy folinatining dozasi kamida metotreksatning dozasiga teng bo‘lishi kerak, uni birinchi soat davomida yuborish kerak; keyingi dozalar zaruratga qarab yuboriladi. Organizmning gidratatsiyasi oshiriladi, preparat va uning metabolitlarini siydik yo‘llarida cho‘kmaga tushishidan saqlanish uchun siydikni ishqoriylashtirish o‘tkaziladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.