Metfoglimretsept bilan

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar : Metformin gidroxloridi 500 mg (metforminga qayta hisoblanganda) + Glimepirid 1 mg yoki Metformin gidroxloridi 500 mg (metforminga qayta hisoblanganda) + Glimepirid 2 mg yoki Metformin gidroxloridi 500 mg (metforminga qayta hisoblanganda) + Glimepirid 3 mg. Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy amilopektin-glikolyati, kross povidon, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, talk, polivinil pirrolidon, etil tsellyuloza, metilen xloridi, titan dioksidi, eritrozin, PEG 6000, IPA, HPMC.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Metformin gidroxloridi + Glimepirid

Preparatning savdo nomi:

Metfoglim

Farmakalogik guruhi:

Diabetga qarshi vosita.

Dori shakli:

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, riskali, qizil rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, bo‘linganida oq massa ko‘rinadi.

Diabetga qarshi vosita.

Metfoglim preparati parhezga qo‘shimcha sifatida va II tip qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yuqori jismoniy faollikda; glimepirid yoki merformin bilan monoterapiya glikemik nazoratni yetarli darajada ta’minlab bermagan hollarda; glimepirid va metformin bilan majmuaviy davolashga o‘zgartirilganda qo‘llanadi.

Diabetga qarshi preparatning dozasi patsiyent qonidagi glyukozaning darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Odatda, davolashni minimal samarali dozadan boshlash tavsiya etiladi va preparatning dozasini bemor qonidagi glyukozaning darajasiga qarab oshiriladi. Preparat faqat kattalarda qo‘llanadi. Metfoglim preparatini ichga qabul qilish va oz miqdordagi suv bilan ichib, sutkada 1 yoki 2 marta ovqatdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

Gipoglikemiya: preparat qonda glyukoza darajasini pasaytirganligi tufayli, bu sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llangan tajribadan kelib chiqib, gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, u uzoq vaqt davom etishi mumkin. gipoglikemiyaning bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlari: bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi (bo‘ri ishtahasi), ko‘ngil aynishi, qusish, apatiya, uyquchanlik, uyquni buzilishi, xavotirlik hissi, tajavuzkorlik, diqqatni jamlashni buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutqni buzilishi, afaziya, ko‘rishni buzilishi, tremor, parezlar, sezuvchanlikni buzilishi, bosh aylanishi, nochorlik, deliriy, markaziy genezli tirishishlar, uyquchanlik va hushdan ketish, hatto koma rivojlangunigacha, yuzaki nafas va bradikardiya. Bundan tashqari, adrenergik kontrregulyatsiya belgilari: ko‘p terlash, teri qoplamalarini yopishqoqligi, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishini his qilish, stenokardiya xuruji va yurak aritmiyalari kuzatilishi mumkin. Gipoglikemiyaning og‘ir xuruji klinik manzarasi insultni eslatishi mumkin. Barcha ko‘rsatilgan simptomlar glikemik holat normallashganidan keyin deyarli doimo yo‘q bo‘ladi. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: davolash vaqtida (ayniqsa boshida) qonda glyukoza darajasini o‘zgarishi bilan bog‘liq ko‘rishni tranzitor buzilishlari aniqlanashi mumkin. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ba’zida – ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘irlik yoki to‘lib ketish hissi, qorinda og‘riq yoki diareya. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: ayrim hollarda jigar fermentlari faolligini oshishi va jigar faoliyatini buzilishi (xolestaz va sariqlik), shuningdek jigar yetishmovchiligigacha avj olishi mukin bo‘lgan gepatit. Qon tizimi tomonidan: kam hollarda – trombotsitopeniya; ayrim hollarda – leykopeniya, gemolitik anemiya yoki eritrotsitopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz yoki pantsitopeniya. Bemorning holatini sichkovlik bilan nazorat qilish kerak, chunki sulfonilmochevina preparatlari bilan davolash vaqtida aplastik anemiya va pantsitopeniya hollari qayd etilgan. Ushbu ko‘rinishlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Yuqori sezuvchanlik: kam hollarda – allergik va soxta allergik reaktsiyalar (masalan, qichishish, eshakemi yoki toshma). Bunday reaktsiyalar deyarli doimo o‘rtacha bo‘ladi, ammo hansirash va arterial gipotenziya, hatto shok bilan kechib avj olishi mumkin. Eshakemi paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerak. Boshqalar: ayrim hollarda allergik vaskulit, fotosensibilizatsiya va qon plazmasida natriy darajasini pasayishi aniqlanishi mumkin.

1 tip qandli diabet (insulinga qaram);2 tip qandli diabetda organizmda shaxsiy insulinni ishlab chiqarilishini to‘liq to‘xtashi;diabetik ketoatsidoz, diabetik prekoma, koma;jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishi;miokard infarkti;yurak yetishmovchiligi;nafas yetishmovchiligi bilan og‘ir o‘pka kasalligi;og‘ir infektsion kasalliklar;operatsiyalar, jarohatlar;katabolik holatlar (parchalanish jarayonlari kuchaygan holatlar, masalan o‘sma kasalliklarida);gipoksik holatlar;surunkali alkogolizm;sut kislotali atsidoz (shu jumladan anamnezida);homiladorlik;laktatsiya (emizish);ovqatning kaloriyasi cheklangan (sutkada 1000 kkal dan kam) parhezga rioya qilish;bolalar;metformin yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Metfoglim preparatining gipoglikemik ta’siri boshqa gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin), salitsilatlar (shu jumladan, atsetilsalitsil kislotasi), MAO ingibitorlari, oksitetratsiklin, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida kuchayishi mumkin. Preparatning gipoglikemik ta’siri glyukokortikoidlar, peroral kontratseptivlar, qalqonsimon bezi gormonlari, fenotiazin hosilalari, diuretiklar, nikotin kislotasi hosilalari, simpatomimetiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida pasayishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar – kumarin hosilalarini qo‘llash fonida Metfoglim preparati buyurilganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Tsimetidinni qo‘llash sut kislotali atsidoz rivojlanishi xavfini kuchaytirishi mumkin. Etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganida og‘ir nojo‘ya reaktsiyalari (gipoglikemiya, sut kislotali atsidoz) rivojlanishi xavfi oshadi.

Metfoglim preparatini 65 yoshdan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Preparatni buyurishdan oldin, shuningdek har 6 soatda jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. Qonda laktat darajasini bir yilda kamida 2 marta nazorat qilish kerak. Kontrast moddalarni yuborish bilan rentgenologik tekshiruvdan 2 kun oldin, shuningdek umumiy narkoz ostida o‘tkaziladigan operatsiyadan 2 kun oldin Metfoglim ni boshqa gipoglikemik preparat (masalan, insulin) bilan almashtirish kerak va ushbu tekshiruv yoki operatsiyadan keyin yana 2 kun davomida davom ettirish lozim. Juda kam hollarda (preparat dozasi oshirib yuborilganda, yondosh kasalliklar mavjudligida, alkogolizmda) sut kislotali atsidoz rivojlanishi mumkin. Metforminning gipotenziv samarasini o‘rganishga qaratilgan klinik tadqiqotlar natijalari preparat metabolik (insulinga chidamli) sindrom X ning klinik ko‘rinishlari bo‘lgan bemorlarda arterial bosimning sutkalik profiliga ta’sir qilishidan dalolat beradi. Metforminning gipotenziv samarasi simpato-adrenal tizimi faolligida muhim rol o‘ynovchi insulinga chidamlilikni va giperinsuliyenemiyani pasayishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Metfoglim preparati qo‘llanilganida, gipoglikemiya rivojlanishi xavfi tufayli diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.

25oS gacha haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Gipoglikemiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm va anoreksiya. Nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishi. Ushbu simptomlar asosan o‘tuvchan hisoblanadi va dozani vaqtincha pasaytirganda o‘tib ketadi. Diareya va/yoki qusish organizmni degidratatsiyasiga va prerenal azotemiyaga olib kelishi mumkin, bunday hollarda preparatni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.