Nojo‘ya reaktiyalarning tez-tezligi quyidagi gradatsiya bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez: epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza, LDG faolligini oshishi; tez-tez emas: qabziyat, xolestatik gepatit; juda kam hollarda: soxtamembranoz enterokolit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligini rivojolanishi yoki chuqurlashishi, yurakni to‘xtashi, taxi- yoki bradikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, hushdan ketish holatlari, miokard infarkti, o‘pka arteriyalari tarmoqlari tromboemboliyasi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: dizuriya, shishlar, buyrak funktiyasini buzilishi (giperkreatininemiya, plazmada mochevina kontentratsiyasini oshishi), gematuriya.
Allergik reaktiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, ongni buzilishi, gallyutsinatsiyalar; kam hollarda: tirishishlar.
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda: Kvinke shishi, anafilaktik shok.
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishlari: eozinofiliya, trombotsitopeniya, neytropeniya, leykopeniya; kam hollarda: agranulotsitoz, gipokaliyemiya, leykotsitoz, giperkreatininemiya, gemolitik anemiya, qaytuvchan trombotsitopeniya, qisman chastichnogo tromboplastin vaqtini kamayishi, qonda transaminazalar darajasini oshishi, laktatdegidrogenaza darajasini oshishi, bilirubin darajasini oshishi.
Infektiyalar va invaziyalar: tez-tez emas: oral va vaginal kandidoz.
Mahalliy reaktiyalar: yallig‘lanish, flebit, tromboflebit, yuborish joyida og‘riq; KFK darajasini oshishi bilan kechuvchi to‘qimalarni shikastlanishi.
Boshqalar: musbat bevosita yoki bilvosita Kumbs sinamasi, anemiya, gipervolemiya, dispnoe, vaginal kandidoz va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi.