Menovalen

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: quruq moddaga qayta hisoblanganda 50 mg valeriana lipofil kompleksi (Valerianae radices extractum spissum), quruq moddaga qayta hisoblanganda 25 mg qalampir yalpiz lipofil kompleksi ((10,8-14,8):1) (Menthae piperitae extractum spissum); yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kartoshka kraxmali, kolloidli suvsiz kremniy dioksidi, yengil magniy karbonati. Kapsulaning qopqoqchasi va korpusi tarkibiga brilliant qora BN (Ye151) bo‘yovchisi kiradi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

valeriananing lipofil kompleksi ((10-15):1) (Valerianae radices extractum spissum) va qalampir yalpiz lipofil kompleksi ((10,8-14,8):10) (Menthae piperitae extractum spissum);

Preparatning savdo nomi:

Menovalen

Farmakalogik guruhi:

uxlatuvchi va sedativ moddalar.

Dori shakli:

kapsulalar

tsilindrli shaklli, chetlari yarim sferik, qopqoqchasi yaishl va korpusi kulrang tusli, oq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – o‘ziga xos kuchsiz hidli, qo‘ng‘ir-yashilsimon rangli massa, kukun ko‘rinishida yoki granulalangan kukun.

uxlatuvchi va sedativ moddalar.

N05CM.

Quyidagi simptomlar: nerv zo‘riqishi;bezovtalik;diqqatni jamlashni pasayishi;uyquni buzilishlari bilan kechadigan nevrozda qo‘llaniladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda Menovalen 1 kapsuladan kuniga 3 marta ovqatdan yarim soat oldin qo‘llaniladi. Uyqusizlikning boshlang‘ich shakllarida preparat 1-2 kapsuladan uyqudan 1-1,5 soat oldin qo‘llaniladi. Davolash muddatini shifokor individual ravishda belgilaydi va u odatda 3-4 haftani tashkil etadi. Agar davolanish boshlangandan keyin 14 kun davomida axvol yaxshilanmasa, shifokor bilan maslaxatlashish lozim.

Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, lohaslik, uyquchanlik, emotsional reaktsiyalari susayishi, depressiya, umumiy holsizlik, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, diqqatni jamlashni pasayishi; alohida holatlarda – ruxiy qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik. Yurak-qon tomir tizimi: arterial gipotenziya, to‘sh ortida siqilish xissi, yurak urishini his etish, yurakda og‘riq (shu jumladan bradikardiya, taxikardiya). Xazm qilish yo‘llari: dispeptik ko‘rinishlar, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, diareya, qorin bo‘shlig‘ida spazmlar va og‘riq, uzoq vaqt qo‘llanilganda ovqatni xazm qilishni susayishi, qabziyat bo‘lishi mumkin. Gepatobiliar tizim: gepatotoksiklik ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: yuqori sezuvchanlikning ko‘rinishlari, shu jumladan, teri toshmalari, qichishish, eshakemi, giperemiya, shishlar, xansirash bo‘ilishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar kam yuz beradi va ular qaytuvchandir, odatda preparat uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda va tavsiya qilingan dozalar ancha oshirilganda rivojlanadi. Har qanday noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va albatta shifokorga muroajaat qilish kerak.

Valeriana, qalampir yalpiz yoki preparataning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;Yaqqol arterial gipotenziya;Depressiya yoki markaziy nerv tizimi faoliyatini susayishi bilan kechuvchi boshqa holatlar, yaqqol uyquchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat trankvilizatorlar (shu jumladan xloridiazepoksid, diazepam), sedativ uxlatuvchi vositalar (shu jumladan fenobarbital, zopiklon, zolpidem), anksiolitik, spazmolitik preparatlar, markaziy ta’sirga ega antigipertenziv vositalar, analgetiklar, neyroleptiklar, etil spirti, nootrop vositalar, narkoz vositalari, kuraresimon miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi. Sintetik sedativ preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Etanolni bir vaqtda birga qabul qilish mumkin emas.

Preparatning tavsiya etilgan dozalarini oshirish mumkin emas. Preparatni qo‘llayotganda alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanishi kerak. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan yoki ilgari og‘ir jigar kasalligini o‘tkazgan patsiyentlar, o‘t-tosh kasalligi bor patsiyentlar preparatni qabul qilayotganda ehtiyotkorlikka amal qilishlari kerak. Preparatning tarkibiga qalampir yalpiz kirgani tufayli, gastroezofageal reflyuks, axlorgidriya, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi bor bemorlar kasallik simptomlari kuchayishi mumkinligi tufayli, preparatni qo‘llash mumkin emas. Bronxial astmada extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Valeriana o‘rtacha depressiv ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun preparatni sintetik sedativ vositalarning samarasini kuchaytirish ta’siriga ega bo‘lganligi sababli birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Miya qon tomirlarining yaqqol rivojlangan aterosklerozida preparatni faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin. Valeriana, yalpiz hidiga spetsifik sezgirlik kuzatilishi mumkin.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida, shu davrlarda qo‘llashdagi xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli bo‘lmagani tufayli, qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: kuchli toliqish, umumiy xolsizlik, yorug‘likni sezuvchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, qorinda spazm va og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, to‘sh ortida siqilish hissi, taxikardiya/bradikardiya, qo‘llarni qaltirashi va qorachiqni kengayishi, eshitish va ko‘rish o‘tkirligini pasayishi bo‘lishi mumkin. Davolash: preparat qabul qilishni to‘xtatish va albatta shifokorga murojaat qilish. Zarurat bo‘lganida me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retseptsiz

10 kapsuladan blisterda; 2 ta blisterdan qutida.

2 yil.