Menorishan

Preparatning savdo nomi:

Menorishan

Farmakalogik guruhi:

umumiy quvvatlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

sirop

och-sariqdan jigarranggacha bo‘lgan sirop.

umumiy quvvatlantiruvchi vosita.

Farmakokinetika bo‘yicha  ma’lumotlar yo‘q.

Umumiy tonusni oshiruvchi kabi va ayollarda gormonal faoliyatni tiklash uchun, umumiy xolsizlikda, toliqishda, hayz ko‘rish davrida umurtqa pog‘onasida og‘riq va muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rishda qo‘llanadi. Ginekologik kasalliklarni oldini olish va davolash uchun (majmuaviy davolash bilan): spetsifik va nospetsifik ajralmalarni (oqchillar), kichik chanoq a’zolari yallig‘lanishi, haddan ziyod qindan va bachadondan ajralmalar va klimakterik sindromni davolash uchun qo‘llanadi.

Ichga qo‘llanadi. Kattalar: 2-3 choy qoshiq (10 ml dan 15 mg gacha) kuniga 3 marta. Bolalar: 1 choy qoshiq (5 ml), kuniga 3 marta. Yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha. Tibbiy ko‘rsatmalardan tashqari 24 soat davomida uch dozadan ortiq berilmasin.

Tavsiya etilgan dozalarda o‘simlik siropi qo‘llanganda nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

Bolalarda qo‘llash mumkin emas. Preparatga yoki uning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Yo‘q.

Homiladorlik vaqtida, laktatsiyada, bolalar va keksa odamlarda ishlatilishida hech qanday noxush reaktsiyalar kuzatilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish xollari kuzatilmagan, lekin agar Siz siropning yuqori dozalarini qabul qilgan bo‘lsangiz va biron-bir odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar yuz bersa, shifokor bilan maslahatlashing.

Retseptsiz

100 ml butilkada o‘ramda.

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yil davomida ishlatilsin.