Menopur – turli og‘irlik darajasidagi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi gonadotrop preparatdir, shuning uchun uni faqat bepushtlikni davolash usullarini yaxshi egallagan shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.
Gonadotropinlar bilan davolash shifokorlarda ma’lum bir vaqtni oladi va tuxumdonlarni davolashga nisbatan reaktsiyasini sinchiklab va muntazam ravishda nazorat qilish, shu jumladan ultratovush tekshiruvini o‘tkazishni talab etadi, ultratovush tekshiruvini qon plazmasida estradiolning darajasini aniqlash bilan birga o‘tkazgan afzal.
Patsiyentlar o‘rtasida menotropinni yuborishga nisbatan ma’lum bir farqlar mavjud, ularning ba’zilarida – davolashga nisbatan javob reaktsiyasi juda past bo‘ladi.
Davolash maqsadiga javob beruvchi kichik dozalarni qo‘llash kerak.
Menopurning birinchi inyektsiyasini shifokorning sinchkov nazorati ostida qo‘llash kerak.
Davolashni boshlashdan oldin har ikkala partnerda bepushtlikning sababini aniqlash, shu bilan birga qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar borligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish kerak.
Xususan, patsiyent ayollarda gipotireoidizm, adrenokortikal yetishmovchilik, giperprolaktinemiya, gipofizar yoki gipotalamik o‘smalar borligini tekshirish, bunday patologik holatlarda ko‘zda tutilgan muvofiq davolashni buyurish kerak.
Anovulyatsiya natijasida bepushtlikni davolash doirasida ham, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturlari doirasida ham follikulalarni o‘sishini rag‘batlantirish o‘tkazilayotgan patsiyent ayollarda tuxumdonlar o‘lchamini kattalashishi yoki tuxumdonlar giperstimulyatsiya sindromi rivojlanishi mumkin.
Menopur preparatini tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilish va tuxumdonlarni davolashga nisbatan reaktsiyasini yaxshilab nazorat qilish ushbu nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini kamaytirishga yordam beradi.
Follikulalarni yetilish ko‘rsatkichlarini ekspress baholash shifokordan bunday sinamalarni taxlil qilish tajribasini talab etadi.
Tuxumdonlar giperstimulyatsiyasi sindromi (TGS) TGS – tuxumdonlarni asoratsiz kattalashishidan farq qiluvchi holatdir.
TGS simptomlarning og‘irligi avj olib borishi mumkin bo‘lgan sindrom hisoblanadi.
Sindrom tuxumdonlar o‘lchamini ahamiyatli darajada kattalashishi, jinsiy steroid gormonlarning darajasini oshishi, shuningdek qon-tomirlarning o‘tkazuvchanligini oshishi bilan namoyon bo‘ladi, bu qorin bo‘shlig‘i, plevra bo‘shlig‘i, kamdan-kam hollarda perikardial bo‘shliqda suyuqlikni to‘planishiga olib kelishi mumkin.
TGS og‘ir holatlarda quyidagi simptomlar: qorinda og‘riq, qorinni dam bo‘lishi, tuxumdonlarni ahamiyatli darajada kattalashishi, tana vaznini oshishi, dispnoe, oliguriya va ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi gastrointestinal simptomlar kuzatilishi mumkin.
Klinik tekshiruvlarda gipovolemiya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi, astsit, gemoperitoneum, plevra bo‘shlig‘ini bo‘rtishi, gidrotoraks, o‘tkir o‘pka distress sindromi va tromboemboliya epizodlarini aniqlash mumkin.
Tuxumdonlarni gonadotropin bilan davolashga nisbatan reaktsiyani oshishi, ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish uchun XGG qo‘llangan holatlardan tashqari, TGS ga olib keladi, shuning uchun TGS rivojlanganida ovulyatsiyani XGG yordamida stimulyatsiya qilishdan saqlanish, shuningdek patsiyent ayollarga jinsiy aloqalardan saqlanish yoki kamida 4 kun davomida kontratseptsiyaning to‘siqli usullaridan foydalanishni tavsiya etish kerak.
TGS tez (bir sutkadan bir necha kungacha) boshlanishi mumkin va jiddiy nojo‘ya samara hisoblanadi, shuning uchun patsiyent ayollar XGG yuborilganidan so‘ng kamida 2 hafta davomida shifokorning sinchkov nazoratida bo‘lishlari kerak.
Menopurni tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilish va davolash vaqtida sinchiklab nazorat qilish tuxumdonlar giperstimulyatsiyasi va ko‘p homilali homiladorlikni rivojlanish havfini minimallashtirish imkonini beradi.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturlarini o‘tkazishda ovulyatsiya boshlanishida barcha follikulalarni aspiratsiyasi giperstimulyatsiyani rivojlanish havfini pasaytirishga yordam beradi.
TGS og‘ir shakllarga o‘tishi mumkin va homiladorlik kuzatilganida uzoqroq davom etishi mumkin.
Odatda TGS hayz ko‘rish tsikli kuzatilganida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
TGS og‘ir holatlarida gonadotropinni yuborishni to‘xtatish kerak, patsiyent ayol esa maxsus davolashni olishi uchun shifoxonaga yotkazilishi kerak.
Sindrom asosan tuxumdonlar polikistozi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi.
Ko‘p homilali homiladorlik Ko‘p homilali homiladorlik, ayniqsa homilalar miqdori ko‘p bo‘lganida, perinatal davrda ona uchun ham, homila uchun ham asoratlarni rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi.
Ovulyatsiya gonadotrop gormoni bilan davolash natijasida kuzatiladigan patsiyent ayollarda ko‘p homilalikni rivojlanish hollari tabiiy urug‘lanish natijasida kuzatiladigan homiladorlikka nisbatan ko‘proq kuzatiladi.
Ko‘p homilalikni rivojlanish havfini minimallashtirish uchun patsiyent ayoldagi tuxumdonlarning reaktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) muolajasi o‘tkazilganidan so‘ng patsiyentda ko‘p homilali homiladorlikni rivojlanish havfi, asosan o‘tkazilgan embrionlarning miqdori, ularning sifati va patsiyentning yoshiga bog‘liq.
Davolashni boshlanishida patsiyentlar, ularda ko‘p homilali homiladorlik rivojlanishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Homilani tushishi Homiladorlikni to‘xtashi yoki spontan abortlar natijasida homilani tushish hollari follikulalarni yetilishi stimulyatsiya qilingan ayollarda yoki yordamchi reproduktiv texnologiya (YORT) dasturlarini o‘tishda, tabiiy urug‘lantirishga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Bachadondan tashqari homiladorlik Bachadon naylarini kasalliklari bo‘lgan ayollarda bachadondan tashqari homiladorlikni rivojlanish havfi tabiiy urug‘lanish yoki bepushtlikni davolash hollariga nisbatan yuqori bo‘ladi.
In vitro sharoitlarida fertilizatsiya o‘tkazilganidan so‘ng ektopik homiladorlikni uchrash chastotasi, populyatsiyadagi 1-1,5% ga nisbatan 2-5% ni tashkil etadi.
Reproduktiv a’zolarda o‘smalarni hosil bo‘lishi Bepushtlik bo‘yicha medikamentoz davolashni ko‘p marta olgan ayollarda tuxumdonlar va reproduktiv tizimning boshqa a’zolarida ham havfsiz, ham havfli o‘smalarni rivojlanishi kuzatilgan.
Hozirgi kunda bepushtlik bilan xastalangan ayollarda gonadotropin bilan davolash va o‘smalarni rivolanishiga boshlang‘ich moyillik o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Tug‘ma rivojlanish nuqsonlari YORT o‘tkazgan ayollardan tug‘ilgan homilada tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini tarqalishi, tabiiy yo‘l bilan urug‘langandagi nuqsonlar soniidan biroz ortiq bo‘lishi mumkin.
Bu ota-onalarning individual hususiyatlari (masalan, onaning yoshi, spermaning hususiyatlari va h.) va ko‘p homilali homiladorlikning natijasi bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.
Tromboembolik buzilishlar Tromboembolik holatlarni rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan ayollarda nasliy moyillik, ahamiyatli darajadagi semirish (tana vazni indeksi > 30 kg/m2) yoki trombofiliya sababli gonadotropin bilan davolanish vaqtida ham, davolash tugaganidan keyin ham venoz va arterial tromboembolik buzilishlar rivojlanishi mumkin.
Homiladorlikni o‘zi ham tromboembolik asoratlarni rivojlanish havfini oqishiga olib kelishini ta’kidlash kerak.
Menopur preparatini qo‘llash doping-sinamasini ijobiy natijasiga olib kelishi mumkin.
Menopur preparatini doping sifatida qo‘llash patsiyentning ahvolini yomonlashtirishi mumkin.
Preparat tarkibida laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o‘zlashtirolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi