Meldoniyretsept bilan

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: meldoniy – 250 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy stearati,  kartoshka kraxmali. Qattiq jelatinli kapsula tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy lauril sufati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

meldoniy

Preparatning savdo nomi:

Meldoniy

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

oq rangli qattiq jelatinli, 1 raqamli kapsulalar.

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

A13A.

Quyidagi kasalliklarni kompleks davolash uchun: ish qobiliyatini pasayishi bilan kechadigan jismoniy va ruhiy-emotsional zo‘riqishlarda;tserebrovaskulyar kasalliklar, bosh miya jarohatlari va entsefalit kasaliklaridan keyingi tiklanish davrida (shifokor tavsiyasiga ko‘ra) qo‘llaniladi.

Ichga buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik doza 500 mg (2 kapsula) ni tashkil qiladi.  Barcha dozani ertalab bir marta, yoki 2 qabulga bo‘lib (1 kapsuladan) qo‘llash mumkin. Qo‘zg‘atuvchi samarasini rivojlanishi ehtimolini nazarda tutib, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi. Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi. Keksa yoshli patsiyentlar. Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyning dozasi kamaytirilishi lozim. Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar. Meldoniyning dozasi kamaytirilishi lozim. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda xavfsizligi va samarasi haqidagi ma’lumotlar yo‘qligi tufayli meldoniy qo‘llanilmaydi. Agar Siz preparatning navbatdagi dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Shifokor tavsiyalariga muvofiq preparatni qabul qilishni davom ettiring.

Meldoniy odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Biroq, sezgir patsiyentlarda, shuningdek doza oshirib yuborilganida nojo‘ya samaralar kelib chiqishi mumkin. Yurak–qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, gipotenziya, gipertenziya, qorin sohasida diskomfort va ko‘krak qafasida og‘riq, sovuq ter  chiqishi, oqarish. Qon va limfa tizimi tomonidan: eozinofiliya. Nafas a’zolari tomonidan: hansirash. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, jizzakilik, uyquni buzilishi, quloqlarda shovqin, sezish va xarakat koordinatsiyasini buzilishi, tremor, ko‘rishni buzilishi, xushdan ketish. Immun tizimi tomonidan: angionevrotik shish, terining allergik reaktsiyalari (terini qizarishi, toshmalar, qichishish, shish) Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, qabziyat, qorinda og‘riq,  og‘izni qurishi, og‘izda metall ta’mi. Umumiy buzilishlar: umumiy holsizlik, ko‘p terlash, qizib ketish hissi, teri giperemiyasi, mushak kuchsizligi, artralgiya, belda og‘riq. Tana vaznini oshishi, tomoqda qichishish hissi va quruq yo‘tal keyinchalik kuzatuvni talab etadi, chunki virusli kasallik simptomlari bo‘lishi mumkin. Keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada qayd etib o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.

preparatning har qanday yordamchi komponentlariga щta yuqori sezuvchanlik;bosh miya ichki bosimini oshishi (venada qon o‘tishi buzilganida, bosh miya ichidagi shishlarda);buyrak va jigar yetishmovchiligi (qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli emas);homiladorlik, laktatsiya davri;18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli emas) qo‘llash mumkin emas.

Meldoniyni uzoq ta’sirga ega bo‘lgan nitratlar va boshqa antianginal vositalar, yurak glikozidlari, diuretik preparatlar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda  qo‘llash mumkin. Meldoniy glitseriltrinitratlar, nifedipin, beta adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatorlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Meldoniy saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki nojo‘ya ta’sirlarning namoyon bo‘lish xavfi oshishi mumkin.

Anamnezida jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya etishlari lozim (jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish). Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Meldoniyni  homiladorlikka, embrion/homila rivojlanishiga, tug‘ruqlar va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga ta’siri haqida hayvonlardagi o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Insonlar uchun potentsial xavfi noma’lum, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparat qo‘llanilmaydi. Meldoniyni ona ko‘krak sutiga ajralib chiqishi tufayli, preparatni laktatsiya davrida qo‘llanganda emizishni to‘xtatish lozim. Avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siriga oid tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozasini oshirib yuborish holatlari to‘g‘risida xabar berilmagan. Preparat kam zaharli va xavf soluvchi nojo‘ya ta’sirlarni chaqirmaydi. Simptomlari: arterial qon bosimi past bo‘lganida bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy holsizlik yuz berishi mumkin. Davolash: simptomatik. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir holatlarida jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim. Qon bosimi ahamiyatli darajada tushib ketganida bosimni me’yorlashtiruvchi dori vositalarini qo‘llash lozim.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.