Meksibelretsept bilan

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: metiletilpiridinol suktsinati – 100,0 mg; yordamchi moddalar: suvsiz natriy sulfiti, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metiletilpiridinol

Preparatning savdo nomi:

Meksibel

Farmakalogik guruhi:

nerv tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 50 mg/ml.

tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish eritma.

nerv tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar.

N07XX

Vena ichiga 400-500 mg dozada yuborilganda 0,45-0,5 soatdan keyin qon plazmasida Cmax 3,5-4,0 mkg/ml tashkil qiladi, preparat qon plazmasida 4 soat davomida aniqlanadi. A’zo va to‘qimalarga qon oqimidan tez taqsimlanadi. Organizmda preparatni ushlab qolinishini o‘rtacha vaqti – 0,7-1,3 soatni tashkil qiladi. Asosan glyukuronkon’yugatlar ko‘rinishida siydik bilan, kam miqdorda o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Quyidagi patologiyalarda patsiyentlarni majmuaviy davolash tarkibida: miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlari;tserebrovaskulyar kasalllikning surunkali shakli;vegetativ nerv tizimining buzilishlari;yengil kognitiv buzilishlar;vegetativ nerv tizimining somatoshaklli disfunktsiyasi va nevrotik buzilishlar;turli bosqichlardagi birlamchi ochiq burchakli glaukoma;nevrozga o‘xshash holatlar va vegetativ-tomir buzilishlarining ustunligi bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromni bartaraf qilish;antipsixotik vositalr bilan o‘tkir zaharlanish;qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) qo‘llaniladi.

Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborish asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Infuzion yuborish usulida preparat natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultiriladi. Dozalash tartibi shaxsiy, kasallikning og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Tavsiya etilgan doza – sutkada 5-10 mg/kg, biroq sutkada 800 mg dan ko‘p emas. Preparat bilan  davolashni sutkada 50-100 dozadan 1-3 marta, terapevtik samaraga erishish uchun asta-sekin oshirib yuboriladi. Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarini davolashda preparat majmuaviy davolash tarkibida birinchi 5-7 kunda vena ichiga 200-300 mg dozada, keyin – mushak ichiga 200 mg dan sutkada 2 marta qo‘llaniladi. Kasallikni og‘ir kechishida doza 500 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi. Bosh miya jarohati va bosh miya jarohatlarining oqibatlarida preparat majmuaviy davolash tarkibida 10-15 kun davomida vena ichiga  tomchilab 200-400 mg dozada sutkada 1-2 marta qo‘llanadi. Dekompensatsiya bosqichidagi distsirkulyator entsefalopatiyada preparatni 14 kun davomida vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 100-200 mg dozada sutkada 2 marta buyurish lozim, so‘ngra – keyingi 2 hafta davomida mushak ichiga sutkada 200 mg dan buyuriladi. Distsirkulyator entsefalopatiyaning kurslik profilaktikasi uchun preparat 10-14 kun davomida mushak ichiga 100 mg dozada sutkada 2 marta yuboriladi. Keksa yoshdagi bemorlardagi aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlarda, nerv tizimining vegetativ buzilishlarida va nevrotik buzilishlarda preparat 14-30 kun davomida mushak ichiga sutkada 100-300 mg li dozada qo‘llanadi. Ochiq burchakli glaukomada majmuaviy davolash tarkibida preparat mushak ichiga sutkada 100-300 mg dan sutkada 1-3 marta 14 kun davomida yuboriladi. Alkogolli abstinent sindromida preparat mushak ichiga 100-200 mg dozada sutkada 2-3 marta yoki 200-300 mg doza 16 ml natriy xloridning izotonik eritmasida suyultirib, 5-7 kun davomida vena ichiga  tomchilab yuboriladi. Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda preparat 7-14 kun davomida vena ichiga sutkada 100-300 mg dozada yuboriladi. Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) preparatning dozasi kasallikning shakli va og‘irligiga, jarayonning tarqalganligiga, klinik kechishining variantlariga bog‘liq. Preparatni bekor qilinishi asta-sekin, barqaror ijobiy klinik-laborator samaradan so‘ng o‘tkazilishi lozim. O‘tkir shishli (interstitsial) pankreatitda preparat 100 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab  va mushak ichiga buyuriladi. Nekrotik pankreatitning yengil og‘irlik darajasida – preparat 100-200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab;  nekrotik pankreatitning o‘rtacha og‘irlik darajasida – 200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yuboriladi. Og‘ir nekrotik pankreatitda – puls – dozalashda birinchi sutkada 800 mg, ikki marta yuborish tartibida; keyinchalik – sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan 300 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Nekrotik pankreatitning o‘ta og‘ir kechishida – boshlang‘ich doza sutkada 800 mg li boshlang‘ich dozada pankreatik shokni ko‘rinishlari barqarorlashganidan keyin – sutkalik dozani asta-sekin pasaytirilishi bilan 300- 400 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab  yuboriladi. Preparatni bekor qilinishi asta-sekin, faqat barqaror ijobiy klinik-laborator samaradan so‘ng o‘tkazilishi lozim.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi va “metall” ta’mini his qilish, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya. Boshqalar: allergik reaktsiyalar, butun tanada “issiqlikni quyilishi” hissi, tomoqni qichishi, ko‘krak qafasida diskomfort, havo yetishmovchiligi hissi (yuqori tezlikda yuborilishi bilan bog‘liq), uyquni buzilishi (uyquchanlik yoki uxlab qolish) kuzatiladi.

Preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. O‘tkir jigar va buyrak yetishmovchiligi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik. Laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Tutqanoqqa qarshi vositalar (shu jumladan karbamazepin), benzodiazepin anksiolitiklari va parkinsonizmga qarshi dori vositalari (levodopa) ning ta’sirini kuchaytiradi. Etil spirtining zaharli ta’sirini kamaytiradi.

Arterial bosimi 180/100 mm sim.ust. yuqori bo‘lgan, arterial gipertenziyaning kriz davrida bo‘lgan patsiyentlarga arterial gipertenziyani taxminiy to‘g‘rilash, shuningdek davolashni o‘tkazish davrida arterial bosimini nazorat qilish talab etiladi. Alohida hollarda, bronxial astmasi bo‘lgan moyil patsiyentlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘lanilishi. Meksibel dori vositasini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Davolanish vaqtida avtotarnsportni haydash va e’tiborning yuqori kontsentratsiyasini va tez psixomotor reaktsiyalarni talab etadigan potentsial xavfli turdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: uyquni buzilishi (uyqusizlik, uyquchanlik); arterial bosimini ahamiyatsiz va qisqa muddatga oshishi kuzatiladi. Davolash: odatda, davolash talab etilmaydi, chunki simptomlar sutka davomida o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Zarurati bo‘lsa, simptomatik davolash o‘tkazish ko‘rsatilgan.

Shifokor retsept bo‘yicha

2 ml dan ampulalar kontur uyali o‘ramda №5x2.

3 yil.