Megapen

Tarkibi:

faol modda: eykozapentayen kislotasi kamida 12% (54mg), kungabokar moyi – 450 mg; jelatin kapsula qobig‘i tarkibi: farmatsevtik jelatin, glitserin, nipagin, nipazol, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

eykozapentayen kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Megapen

Farmakalogik guruhi:

Gipolipedemik preparatlar. Gipoxolesterinemik va gipotriglitseridemik preparatlar. Boshqa gipolipidemik preparatlar.

Dori shakli:

kapsulalar

och-sariqdan och jigarrang rangligacha bo‘lgan, tiniq, egiluvchan, chokli, oval shaklli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi: och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha yoki och-sariqdan jigarrang tusli to‘q sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz spetsifik (baliq moyi), taxir bo‘lmagan hidli tiniq, gomogen yog‘simon suyuqlik. Saqlash jarayonida yengil tovlanish yoki cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.

Gipolipedemik preparatlar. Gipoxolesterinemik va gipotriglitseridemik preparatlar. Boshqa gipolipidemik preparatlar.

S10AX

“Omega-3” oilasiga kiruvchi yog‘ kislotalarini so‘rilish vaqtida va undan so‘ng, metabolizmi uch yo‘l bo‘ylab boradi: – yog‘ kislotalari avval jigarga olib kelinadi, u yerda lipoproteidlarning turli toifalarining tarkibiga kiritiladi va lipidlaring periferik zahiralariga yo‘llanadi; – hujayra membranalarining fosfolipidlari lipoproteidlarning fosfolipidlari bilan almashtiriladi, shundan keyin yog‘ kislotalari turli eykozanoidlarning o‘tmishdoshi sifatida chiqishi mumkin; – ko‘pchilik yog‘ kislotalari energetik ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida oksidlanadi. Qon plazmasi fosfolipidlaridagi “Omega-3” sinfiga kiruvchi yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasi xujayra membranalarining tarkibiga kiruvchi bu yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasiga mos keladi.

Preparatni qo‘llanishi uchun asosiy ko‘rsatmalar quyidagilar: – infarktdan keyingi holat, shuningdek miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasi (statinlar, antitrombotik vositalar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari bilan majmuaviy davolash tarkibida); – endogen gipertriglitseridemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IV tur) parhezga qo‘shimcha sifatida uning samarasi yetarli bo‘lmaganida monoterapiya sifatida; – aralash giperlipidemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIb va III tur) statinlar bilan majmuada; – YUIK majmuaviy davolash va oldini olish, YUIK, gipertoniya kasalligi bo‘lgan bemorlarda behosdan o‘lim xavfini pasaytirish; – trombozlarni oldini olish (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llaniladi.

“Omega-3- LIK” kapsulalari ichga, kunning birinchi yarmida bir marta yoki 2-3 qabulga bo‘lib, ovqatdan 30 minutdan keyin, suv yoki sharbatlar (tomatli) bilan birga qabul qilinadi. Davolash maqsadida sutkada 8-12 kapsuladan, 2-3 qabulga bo‘lib buyuriladi. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi. Profilaktika maqsadida bir oy davomida sutkada 2-6 kapsuladan qabul qilish tavsiya qilinadi. Kurs yiliga ikki marta kuzgi-qishki va ayniqsa bahorgi mavsumda takrorlanadi. Tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Buyrak faoliyatining buzilishi bo‘lgani patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan reaktsiyalar: reflyuks yoki baliq hidi bilan kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya yoki qabziyat. Gipertriglitseridemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda – jigar transaminazalarining faolligini o‘rtacha oshishi. Dermatologik reaktsiyalar: kam hollarda – ekzema, akne. Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

– ekzogen gipertriglitseridemiya (giperxilomikronemiya) (Fredrikson bo‘yicha I tur); – surunkali xoletsistit, pankreatit, gepatobiliar tizim kasalliklarining zo‘rayishi; – o‘t-tosh kasalligi; – gemorragik sindrom; – homiladorlik va laktatsiya davri; – preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dori vositasi peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish vaqtining oshishini xavfi oshadi. Preparatni varfarin bilan birga buyurilishi hech qanday gemorragik asoratlarga olib kelmaydi. Biroq qabul qilish davrida va u tugaganidan keyin protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Gipertriglitseridemiyani davolashda fibratlar bilan birga qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Antikoagulyant davolashda bo‘lgan patsiyentlar Omega-3-LIK ni qabul qilish davrida doimiy shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, zarurati tug‘ilganida antikoagulyantning dozasiga muvofiq tuzatish kiritish kerak. Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda jigar faoliyatini muntazam monitoringi (AST va ALT faolligini aniqlash) kerak. Endogen gipertriglitseridemiyada preparat davolovchi oziqlanishga qo‘shimcha sifatida, faqat agar parhez chora-tadbirlari muvofiq reaktsiya uchun yetarli bo‘lmaganida qabul qilinadi. Ikkilamchi endogen gipertriglitseridemiyada (ayniqsa nazorat qilib bo‘lmaydigan diabetda) dori vositasini qo‘llash tajribasi cheklangan. Jarohatlarda va jarrohlik operatsiyalarida (qon ketishi vaqtini oshishi xavfi tufayli), keksa yoshdagi patsiyentlarga (70 yoshdan oshgan), shuningdek 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Polivitamin majmualar va A va D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Dori vositasini qabul qilish davrida sutkalik ratsionda o‘simlik moyining miqdorini 10-20 g gacha kamaytirish tavsiya qilinadi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarning ko‘rinishlari yoki ularning yaqqolligini kuchayishi. Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish.

Retseptsiz

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramda (blisterda), 5 blisterdan qutida.

3 yil.