Medaminretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: medamin (karbendatsim) – 100 mg; yordamchi moddalar: sut qandi, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

medamin (2-metoksikarbonilaminobenzimidazol)

Preparatning savdo nomi:

Medamin

Farmakalogik guruhi:

Antigelmint vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli yoki oq sarg‘ish yoki qizg‘ish tusli bo‘lgan tabletkalar.

Antigelmint vosita.

Qo‘llanganda me’da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi va axlat orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Preparat askaridalar (askaridoz), ankilostomidlar (ankilostomidoz), ostritsalar (enterobioz), trixotsefalyoz, strongiloidozlar chaqirgan ichak nematodozalarini davolash uchun qo‘llanadi.

Kattalar va bolalarga ovqatdan keyin, sutkada tana massasining 10 mg/kg nisbatida ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Davolash kursi enterobiozda bir kun va boshqa nematodozalarda uch kun. Tabletkalar chaynaladi va ozgina miqdordagi suv bilan ichiladi. Preparat qabul qilingandan keyin surgi vositasi buyurilmaydi. Maxsus parhez talab etilmaydi. Tana vazniga ko‘ra quyidagi dozalar buyuriladi: Bemorning tanavazni (kg)Sutkada tabletkalarsoni           Sutkadagi miqdori (mg)10110020220030330040440050550060 va yuqori6600

Ko‘ngil aynishi, kuchsiz holsizlik, terida qichishish va toshma ko‘rinishidagi allergik holatlar bo‘lishi mumkin. Odatda, nojo‘ya reaktsiyalari sust seziladi va maxsus davolashni talab qilmaydi. Allergik holatlar yuz berganda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Yuqori intensiv invaziyada, kam hollarda askaridalarni retrograd migratsiyasi kuzatilishi mumkin.

Jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya (emizish), preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, medaminga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Uzoq muddat qo‘llanganda periferik qon manzarasini, jigar funktsiyasini nazorat qilish lozim. Medamin qabul qilingandan keyin bir sutka davomida alkogol iste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Medamin qabul qilingandan keyin surgi vositasi qo‘llanilmasin. Davolash tugagandan keyin  anal sohasidan olingan surtmalar va axlatni vaqti-vaqti bilan tekshirish zarur (oxirgi yetti kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari yo‘q bo‘lganda davolash samarali hisoblanadi). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach  ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 6 311 Views

100 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyasiz, kontur uyali o‘ramda.

3 yil.