Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: mebendazol – 100 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearati.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Mebendazol
Preparatning savdo nomi:
Mebendazol-S
Dori shakli:
tabletkalar
oq yoki deyarli oq rangli, yengil o‘ziga xos hidli tabletkalar.
R02SA01
Meda-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 90% ni tashkil qiladi.
A’zolarda notekis taqsimlanadi, yog‘ to‘qimasi, jigar, gelmintlarning lichinkalarida to‘planadi.
Jigarda 2-aminohosilasigacha metabolizmga uchraydi.
T1/2 – 2,5-5,5 soat.
90% dan ko‘prog‘i o‘zgarmagan holda ahlat bilan chiqariladi.
So‘rilgan qismi (5-10%) buyraklar orqali chiqariladi.
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga enteriobiozda – 100 mg dozada bir marta.
2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 25-50 mg dozada bir marta.
Takroriy invaziyani yuqori xavfi holida, qabul 2-4 xaftadan keyin xuddi shu dozada takrorlanadi.
Oilaning barcha a’zolarini davolashni bir vaqtda o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, tenioz, strongiloidoz va aralash gelmintozlarda – 100 mg dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida.
Trixinellezda – 200–400 mg dan kuniga 3 marta 3 kun davomida, 4-nchidan 10-nchi kuni – 400-500 mg dan kuniga 3 marta.
Exinokokkozda – 500 mg dan birinchi 3 kun, so‘ngra shu dozada kuniga 3 marta keyingi 3 kun.
Keyinchalik sutkada 25-30 mg/kg dozada 3-4 qabulda qo‘llanadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qorin og‘riqlari; yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanganida qusish, diareya, qon zardobida jigar transaminazalarining faolligini tranzitor oshishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh aylanishi; yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanganida – bosh og‘rig‘i.
Qon yaratish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanganida – leykopeniya, anemiya, eozinofiliya kuzatilishi mumkin.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanganida – gematuriya, tsilindruriya.
Boshqalar: yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanganida – allergik reaktsiyalar.
Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya (emizish), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, mebendazolga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Mebendazol qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinga ehtiyojni pasaytiradi.
Mebendazolni lipofil moddalar bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
Bir vaqtda buyurilganida qonda mebendazolning kontsentratsiyasini tsimetidan oshirishi, karbamazepin va metabolizmning boshqa induktorlari – pasaytirishi mumkin.
Uzoq muddat qabul qilinganida periferik qon manzarasini, jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.
Qabul qilgandan keyin bir sutka davomida etanol, yog‘li ovqat iste’mol qilish man etiladi; surgi preparatlarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Davolash tugaganidan keyin anal sohasi va ahlat mazoklarini vaqti-vaqti bilan tekshirish shart: keyingi 7 kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari bo‘lmasa, davolash samarali deb hisoblanadi.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Yuqori dozalarda uzoq muddat davomida qo‘llanganida: jigar faoliyatini qaytuvchan buzilishlari, gepatit, neytropeniya.
Davolash: spetsifik antidoti yo‘q.
100 ml suvga 20 mg hisobida kaliy permanganatining suvdagi eritmasi bilan me’dani yuvishni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash mumkin.