Mebendazolretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mebendazol (mebendazole)

Preparatning savdo nomi:

Mebendazol

Farmakalogik guruhi:

antigelmint vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, oq rangli yoki deyarli oq rangli, bir tomonida riskali tabletkalar

antigelmint vosita.

R02SA01

Ichga qabul qilinganidan keyin mebendazol kam so‘riladi. Yuqori birlamchi metabolizmi tufayli past biokiraolishlikka va juda past eruvchanlikka ega. Uning ko‘p bo‘lmagan qismi qonga tushib, 90% ga plazma oqsillari bilan bog‘lanadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Deyarli to‘liq ahlat bilan chiqariladi.

Enterobioz, askaridoz, trixostrongilidoz, trixuriaz, trixinellez, tenioz, aralash gelmintozlarda qo‘llanadi.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga enterobiozda – 100 mg dozada bir marta. Takroriy invaziyaning yuqori ehtimoli holida, qabul qilish shu dozada 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi. Oilaning barcha a’zolarini bir vaqtda davolash tavsiya qilinadi. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga askaridozda, ankilostomidozda, trixuriazda, aralash gelmintlarda – 100 mg dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida yoki 500 mg bir marta.

Kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i. Yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanganida qusish, diareya, bosh og‘rig‘i, allergik reaktsiyalar, xolsizlik, qon zardobida jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini tranzitor oshishi, leykopeniya, neytropeniya, anemiya, eozinofiliya, sochlarni to‘kilishi, gematuriya, tsilindruriya.

Jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari.Mebendazolga yuqori sezuvchanlik.Homiladorlik, emizish davrida.2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tsimetidin bilan bir vaqtda buyurish mebendazolning samarasini kuchayishiga, karbamazepin va fenitoin bilan esa – pasayishiga olib kelishi mumkin.

Takroriy infektsiyalanish yoki kasallikni yuqtirishdan saqlanish uchun davolanish vaqtida shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, shuningdek oilaning barcha a’zolarini bir vaqtda davolashni o‘tkazish kerak. Uzoq muddatli qo‘llashda periferik qon manzarasini, jigar va buyraklarning faoliyatini nazorat qilish kerak. Mebendazol qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda insulinga talabni pasaytiradi. Mebendazolni lipofil moddalar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Mebendazol qo‘llanganida parhezga rioya qilish talab qilinmaydi. Mebendazol qabul qilinganidan keyin bir sutka davomida alkogol iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasin. Mebendazol qabul qilinganidan keyin surgi qabul qilinmasin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak.

Simptomlari: qorin bo‘shlig‘ida spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: permanganat kaliy (20 mg/100ml) bilan me’dani yuvishni o‘tkazish. Faollantirilgan ko‘mir qabul qilish mumkin. Spetsifik antidoti mavjud emas.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.