MayXepretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: sofosbuvira – 400 mg; yordamchi moddalar: mannitol, mikrokristall tsellyuloza (Avicel 101), natriy kroskarmelloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; qobig‘ining tarkibi: to‘q sariq Opadray II 85F 530025 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, talk, makrogol, temir (II)-oksidi, temir (III)-oksidi, temir (II-III) oksidi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sofosbuvir

Preparatning savdo nomi:

MayXep

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “SF400”, boshqa tomonida “M” gravirovkasi bo‘lgan, shaftoli rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

viruslarga qarshi preparatlar.

A05VA

So‘rilishi Sofosbuvir va asosiy qonda aylanib yuruvchi metaboliti GS-331007 ning farmakokinetik xususiyatlari sog‘lom katta ishtirokchilarda, shuningdek S gepatiti bilan xastalangan ishtirokchilarda baholangan. Sofosbuvir peroral qo‘llanganidan keyin Sofosbuvirni so‘rilishi yuz berdi, unda plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi dozadan qat’iy nazar, doza qabul qilinganidan so‘ng  0,5–2 soat o‘tgach kuzatildi. GS-331007 ning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi doza qabul qilinganidan so‘ng 2–4 soat o‘tgach kuzatildi. 1-6 genotipli VGS bilan infektsiyalangan va ribavirinni (PEG qo‘shilgan interferon bilan yoki usiz) majmuaviy ravishda qabul qilgan ishtiokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan populyatsion farmakokinetik tahlilga binoan, egri chiziq ostidagi maydon AUC0-24 ning o‘rtacha geometrik qiymati muvozanat holatida muvofiq ravishda Sofosbuvir uchun 969 ng·soat/ml ni (N=838) va GS-331007 uchun 6790 ng·soat/ml ni (N=1695) tashkil qildi. Faqat Sofosbuvir qabul qilgan sog‘lom ishtirokchilar (N=272) ga nisbatan, VGS bilan infektsiyalangan ishtirokchilarda Sofosbuvirning AUC0-24 ko‘rsatkichi taxminan 60% yuqori bo‘lgan, GS-331007 ning AUC0-24 ko‘rsatkichi esa muvofiq ravishda 39% na past bo‘lgan. Sofosbuvir va GS-331007 ning egri chizig‘i ostidagi maydoni 200 mg dan 1200 mg gacha bo‘lgan dozalar diapozonida dozalarga deyarli proportsional bo‘lgan. Ovqatning ta’siri Och qoringa qabul qilishga nisbatan, Sofosbuvirning bir dozasini yog‘larga boy standart ovqat bilan qabul qilish, Sofosbuvirning Cmaks yoki AUC0-besk ko‘rsatkichlariga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmagan. Yog‘larga boy ovqatni qabul qilishda GS-331007 ga ta’siri o‘zgarmagan. Shunday qilib, Sofosbuvir ovaqt qabul qilishdan qat’iy nazar buyurilishi mumkin. Taqsimlanishi Sofosbuvir odam plazmasi oqsillari bilan taxminan 61-65% ga bog‘langan va bu bog‘lanish 1 mkg/ml dan 20 mkg/ml gacha diapazondagi preparatning kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. GS-331007 odam plazmasi oqsillari bilan minimal bog‘lanadi. Sog‘lom ishtirokchilar tomonidan [14C]-sofosbuvirning 400 mg li bir martalik dozasi qabul qilingandan keyin qon va plazmadagi 14C-radioaktivlikning nisbati taxminan 0,7 ni tashkil qildi. Metabolizmi Sofosbuvir jigarda faol metabolizmga uchraydi, shundan so‘ng nukleozidlarga o‘xshash farmakologik faol metabolit – GS-461203 trifosfati hosil bo‘ladi. Metabolik faollashuv yo‘li, odamdagi A katepsini (CatA) yoki karboksilesteraza 1(CES1) tomonidan katalizlanuvchi karbon kislotalari efirining molekulalarini ketma-ket gidrolizini va gistidinli uch valentli nukleotidni bog‘lovchi oqsil 1 (HINT1) yordamida fosforamidatni parchalanishini o‘z ichiga oladi, undan so‘ng pirimidin nukleotidlarining biosintezi yo‘lida fosforlanish yuz beradi. Defosforlanish (fosfor guruhini yo‘qotilishi) samarali qayta fosforlanishga uchramaydigan va laborator sharoitlarda VGC ga qarshi yo‘nalgan faollik bilan xarakterlanmaydigan nukleozidli metabolit GS-331007 ni hosil bo‘lishiga olib keladi. 400 mg li [14C]-sofosbuvirning bir martalik dozasi qabul qilingandan keyin, preparatning hosilalarini tizimli ta’siri sofosbuvir va GS-331007 uchun muvofiq ravishda taxminan 4% va > 90% ga (sofosbuvir va uning metabolitlarining molekulyar vazni yordamida muvofiqlashtirilgan egri chiziq ostidagi maydonining yig‘indisi) to‘g‘ri keldi. Eliminatsiyasi 400 mg li [14C]-sofosbuvirning bir martalik dozasi peroral qabul qilinganidan keyin dozani o‘rtacha umumiy chiqarilish darajasi 92% dan oshgan; taxminan 80%, 14% va 2,5% muvofiq ravishda siydik, ahlat va chiqarilayotgan havo bilan chiqarilgan. Siydik bilan chiqarilgan sofosbuvirning dozasini katta qismini GS-331007 tashkil etdi (78%), ayni paytda 3,5% sofosbuvir ko‘rinishida chiqarilgan. Bu ma’lumotlar, GS-331007 ning asosiy chiqarilish yo‘li buyrak orqali chiqarilishi ekanini ko‘rsatadi. Sofosbuvir va GS-331007 ning o‘rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 0,4 va 27 soatni tashkil qildi.

Sofosbuvir tabletkalarda preparati – bu S gepatiti virusi (VGC) ga nukleotidlariga analogik NS5B-polimeraza ingibitori bo‘lib, surunkali S gepatiti (SSG) ifektsiyasini davolashda majmuaviy antivirus davolash sxemasining tarkibiy qismi sifatida qo‘llaniladi. Sofosbuvir tabletkalarda preparatining samaradorligi 1, 2, 3 yoki 4 genotipli VGC bilan infektsiyalangan, shu jumladan Milan tasnifi mezonlariga javob beruvchi gepatoxujayrali kartsinoma bilan xastalangan (jigarni ko‘chirib o‘tkazilishini kutayotgan), shuningdek VGC/OITV-1 bilan infektsiyalangan patsiyentlarda aniqlangan. Sofosbuvir tabletkalarda preparati bilan davolashni boshlab turib, quyidagilarni e’tiborga olish lozim: SSG ni davolash uchun Sofosbuvir tabletkalarda preparati bilan monoterapiya tavsiya etilmaydi. Davolashning sxemasi va davomiyligi xam virus genotipiga, xam patsiyentlar guruhiga bog‘liq.Davolashning samaradorligi xujayin va virusning dastlabki omillariga bog‘liq.

Sofosbuvir tabletkalarda preparatining tavsiya qilingan dozasi – 400 mg li bir tabletka peroral kuniga bir marta ovqat vaqtida yoki ovqatdan alohida buyuriladi. SSG ni davolash uchun Sofosbuvir tabletkalarda preparatini ribavirin yoki peginterferon-alfa/ribavirin bilan birga qo‘llash kerak. Sofosbuvir tabletkalarda preparati bilan majmuaviy davolashning tavsiya qiligan sxemasi va davomiyligi 3-jadvalda keltirilgan.

Sofosbuvir tabletkalarda preparatini ribavirin bilan yoki peginterferon-alfa/ribavirin bilan birga buyurish kerak. Ribavirinni yoki peginterferon-alfa/ribavirinni qo‘llanishi bilan bog‘liq noxush reaktsiyalarning ta’rifi yuzasidan ularni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga qarang. Klinik sinovlar ancha o‘zgaruvchan sharoitlarda o‘tkazilayotgani tufayli, dori vositasining klinik sinovlari vaqtida kuzatiladigan noxush reaktsiyalarning tez-tezligini, boshqa dori vositasining klinik sinovlari vaqtidagi tez-tezligi bilan qiyoslab bo‘lmaydi va amaliyotda kuzatiladigan tez-tezlikka mos kelmasligi mumkin. Sofosbuvirning xavfsizligini baholash 12 hafta davomida sofosbuvir + ribavirin bilan majmuaviy davolash qabul qilgan 650 nafar ishtirokchi, 16 hafta davomida sofosbuvir + ribavirin bilan majmuaviy davolash qabul qilgan 98 nafar ishtirokchi, 24 hafta davomida sofosbuvir + ribavirin bilan majmuaviy davolash qabul qilgan 250 nafar ishtirokchi, 12 hafta davomida sofosbuvir + peginterferon-alfa + ribavirin bilan majmuaviy davolash qabul qilgan 327 nafar ishtirokchi, 24 hafta davomida peginterferon-alfa + ribavirin bilan majmuaviy davolash qabul qilgan 243 nafar ishtirokchi va 12 hafta davomida platsebo qabul qilgan 71 nafar ishtirokchi qatnashgan klinik tadqiqotlarning 3 fazasini umumlashtirilgan ma’lumotlariga (ham nazorat qilingan sharoitlarda, ham nazorat qilinmagan sharoitlardagi natijalar) asoslangan. Noxush samaralar tufayli davolashni umrbod bekor qilgan ishtirokchilarning proportsional ulushi, platsebo qabul qilgan ishtirokchilar uchun 4% ni, 12 hafta davomida sofosbuvir + ribavirin qabul qilgan ishtirokchilar uchun 1% ni, 24 hafta davomida sofosbuvir + ribavirin qabul qilgan ishtirokchilar uchun < 1% ni, 24 hafta davomida peginterferon-alfa + ribavirin qabul qilgan ishtirokchilar uchun 11% ni va 12 hafta davomida sofosbuvir + peginterferon-alfa + ribavirin qabul qilgan ishtirokchilar uchun 2% ni tashkil qilgan. Davolash boshlangandan keyin yuz bergan va klinik sinov ishtirokchilarining ≥ 15% da kuzatilgan noxush holatlar 5-jadvalda ko‘rsatilgan. Sofosbuvir + ribavirin majmuaviy davolash uchun eng keng tarqalgan noxush holatlar (≥ 20%) toliqish va bosh og‘rig‘i bo‘lgan. Sofosbuvir + peginterferon-alfa + ribavirin majmuaviy davolash uchun eng keng tarqalgan noxush holatlar (≥ 20%) toliqish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik va anemiya bo‘lgan.

Sofosbuvirni ribavirin bilan yoki peginterferon-alfa/ribavirin bilan birga qo‘llanganda, bu moddalarga tarqalgan qarshi ko‘rsatmalar majmuaviy davolashga xam taalluqlidir. Peginterferon-alfa va ribavirinni qo‘llash mukin bo‘lmagan holatlar – ularni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga qarang. Sofosbuvir tabletkalarda preparatini peginterferon-alfa/ribavirin bilan birga majmuaviy davolash homilador ayollarda yoki homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollarda, shuningdek homilador sheriklari bo‘lgan erkaklarda, ribavirin bilan bog‘liq homilani tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini rivojlanishi va homilani nobud bo‘lishi xavfini hisobga olib, qo‘llash mumkin emas.

Sofosbuvir tabletkalarda peroral qabul qilingandan keyin sofosbuvir, preparatning hosilalari tizimli ta’sirining 90% dan ortig‘ini ta’minlovchi asosiy aylanib yuruvchi metabolit – GS-331007 ga tez aylanadi, ayni paytda dastlabki sofosbuvir preparatning hosilalari ta’sirining taxminan 4% ni ta’minlaydi. Klinik-farmakologik tadqiqotlarda farmakokinetik tahlillar maqsadida ham sofosbuvirning, ham GS-331007 ning monitoringi o‘tkazilgan. Sofosbuvir dori vositasini tashuvchisi P-glikoprotein va sut bezi rakining rezistentligi oqsilining substratidir, ayni paytda GS-331007 esa unday emas. Ichakda P-glikoproteinning kuchli stimulyatorlari bo‘lgan dori vositalari (masalan, rifampin yoki dalachoy), sofosbuvirning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin, bu Sofosbuvirning terapevtik samarasini pasayishiga olib keladi va shuning uchun ularni Sofosbuvir bilan birga qo‘llab bo‘lmaydi. Sofosbuvirni P-glikoprotein va/yoki sut bezi rakining rezistentligi oqsilini ingibitsiya qiluvchi dori vositalari majmuada buyurilishi, plazmada GS-331007 ning kontsentratsiyasini oshirmay, sofosbuvirning kontsentratsiyasini muvofiq ravishda oshirishi mumkin. Sofosbuvir P-glikoprotein va/yoki sut bezi rakining rezistentligi oqsilining ingibitorlari bilan majmuada buyurilishi mumkin. Sofosbuvir va GS-331007 P-glikoprotein va sut bezi rakining rezistentligi oqsilining ingibitori emas va shuning uchun Sofosbuvir va GS-331007 ta’sirida bu tashuvchilarning substratlari bo‘lgan dori vositalarining ta’sirini oshishi kuzatilmaydi.

Homiladorlikda xavfsizlik toifasi X: ribavirin yoki peginterferon-alfa/ribavirin bilan birga qo‘llanishi Bu majmuani qabul qilish vaqtida patsiyentkalarda va erkak jinsiga mansub patsiyentlarning sheriklarida homiladorlikdan saqlanish maqsadida maxsus ehtiyotkorlik choralariga amal qilish lozim. Reproduktiv yoshdagi ayollar va ularning erkak jinsiga mansub sheriklari ribavirin bilan davolanish vaqtida va davolanish tugaganidan keyin kamida 6 oy davomida samarali kontratseptsiyaning ikkita shaklini qo‘llamasdan ribavirinni qabul qilmasliklari lozim. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma’lumotlari Ribavirinning ta’siriga duchor bo‘lgan barcha turdagi hayvonlarda sezilarli teratogen va/yoki embriotsid samaralar namoyon bo‘lgan; shuning uchun ribavirinni homilador ayollarda va ularning erkak jinsiga mansub sheriklarida qo‘llash mumkin emas. Interferonlar hayvonlarga abortiv ta’sir ko‘rsatadi, va shu boisdan ular odamga nisbatan xam abortiv potentsialga egaligini taxmin qilish kerak. Homiladorlikda xavfsizlik toifasi B: Sofosbuvir tabletkalarda Sofosbuvirni homilador ayollarga ta’siri yuzasidan aniq va qat’iy nazorat qilingan tadqiqotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma’lumotlari Maksimal sinalgan dozalarda kalamushlar va quyonlarda homilani rivojlanishiga ta’siri kuzatilmagan. Kalamushlar va quyonlarda qonda aylanib yurgan asosiy metabolit GS-331007 ning egri chiziq ostidagi ta’siri,  odamlar uchun tavsiya etilgan klinik dozasidan muvofiq ravishda 5 barobardan 10 barobargacha va 12 barobardan 28 barobargacha yuqori dozada homilani yetilishi davomida oshib borgan.

Homiladorlikda xavfsizlik toifasi X: ribavirin yoki peginterferon-alfa/ribavirin bilan birga qo‘llanishi Bu majmuani qabul qilish vaqtida patsiyentkalarda va erkak jinsiga mansub patsiyentlarning sheriklarida homiladorlikdan saqlanish maqsadida maxsus ehtiyotkorlik choralariga amal qilish lozim. Reproduktiv yoshdagi ayollar va ularning erkak jinsiga mansub sheriklari ribavirin bilan davolanish vaqtida va davolanish tugaganidan keyin kamida 6 oy davomida samarali kontratseptsiyaning ikkita shaklini qo‘llamasdan ribavirinni qabul qilmasliklari lozim. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma’lumotlari Ribavirinning ta’siriga duchor bo‘lgan barcha turdagi hayvonlarda sezilarli teratogen va/yoki embriotsid samaralar namoyon bo‘lgan; shuning uchun ribavirinni homilador ayollarda va ularning erkak jinsiga mansub sheriklarida qo‘llash mumkin emas. Interferonlar hayvonlarga abortiv ta’sir ko‘rsatadi, va shu boisdan ular odamga nisbatan xam abortiv potentsialga egaligini taxmin qilish kerak. Homiladorlikda xavfsizlik toifasi B: Sofosbuvir tabletkalarda Sofosbuvirni homilador ayollarga ta’siri yuzasidan aniq va qat’iy nazorat qilingan tadqiqotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma’lumotlari Maksimal sinalgan dozalarda kalamushlar va quyonlarda homilani rivojlanishiga ta’siri kuzatilmagan. Kalamushlar va quyonlarda qonda aylanib yurgan asosiy metabolit GS-331007 ning egri chiziq ostidagi ta’siri,  odamlar uchun tavsiya etilgan klinik dozasidan muvofiq ravishda 5 barobardan 10 barobargacha va 12 barobardan 28 barobargacha yuqori dozada homilani yetilishi davomida oshib borgan.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratd0a saqlansin. Original o‘ramida saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sofosbuvirning maksimal xujjatlashtirilgan dozasi isnovlarning sog‘lom ishtirokchilariga berilgan bir martalik 1200 mg li yuqori terapevtik dozasi bo‘lgan. Bu sinov vaqtida dozaning bu darajasida noxush samaralar kuzatilmagan, noxush ko‘rinishlarning tez-tezligi va og‘irligi esa, platsebo va 400 mg sofosbuvir qabul qilgan guruhlar bo‘yicha qayd etilgan holatlarga o‘xshash bo‘lgan. Yuqoriroq dozalarning ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘q. Sofosbuvir tabletkalarda preparatining dozasini oshirib yuborilishini davolash uchun konkret antidotlar mavjud emas. Doza oshirib yuborilgan hollarda toksik holatlarning belgilari yuzasidan patsiyentni tekshirish kerak. Sofosbuvirning dozasini oshirib yuborilishini davolash hayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini nazoratini, shuningdek patsiyentning klinik holatini kuzatishni o‘z ichiga olgan umumiy tutib turuvchi choralardan iboratdir. 4 soatlik gemodializ seansi natijasida buyurilgan dozaning 18% chiqarilgan.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 400 mg. 28 tabletkadan yuqori zichlikdagi polietilen konteynerga joylangan. 1 konteynerdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.