Maviksretsept bilan

Tarkibi:

Bir ampula (2 ml) da quyidagilar saqlanadi: faol modda: monsialotetrageksozilgangliozid (natriyli tuzi ko‘rinishida) – 20 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

monosialotetrageksozilgangliozid

Preparatning savdo nomi:

Maviks

Farmakalogik guruhi:

gangliozidlar va ularning hosilalari

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.

gangliozidlar va ularning hosilalari

N07XA

Monosialotetrageksozilgangliozid nerv hujayralariga yaqinlikka ega. Ekzogen monosialotetrageksozilgangliozid gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tishi mumkin. Ushbu modda yuborilganidan so‘ng 2 soatdan keyin radioaktiv nishon yordamida (radioaktivlik cho‘qqi ko‘rsatkichi bo‘yicha) bosh va orqa miyada aniqlanishi mumkin. 4-8 soatdan keyin uning miqdori teng yarmiga kamayadi. Monosialotetrageksozilgangliozid nerv hujayralarining membranalariga saflanishi va ularni o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Monosialotetrageksozilgangliozid asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi.

Markaziy nerv tizimini shikastalanishlari, shu jumladan bosh va orqa miya jarohatlari, tserebrovaskulyar buzilishlar, Parkinson kasalligida qo‘llanadi.

Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi O‘tkir fazasida Maviks preparatini 100 mg dozada 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga infuziya ko‘rinishida har kuni yuborish tavsiya etiladi. 2-3 haftadan keyin samarasini tutib turuvchi dozada – 20-40 mg dan har kuni, odatda 6 hafta davomida, mushak ichiga inyektsiya yoki vena ichiga infuziya holida yuborish maqsadga muvofiqdir. Bosh va orqa miya jarohatlarida preparatni 20-40 mg dan har kuni mushak ichiga inyektsiya ko‘rinishida va 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. Parkinson kasalligida davolashni birinchi kunida Maviksning dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga infuziya holida yuboriladi. 2-kundan boshlab preparat 200 mg dan har kuni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga infuziya holida, odatda 18 hafta davomida yuboriladi. Periferik nerv tizimining kasalliklari Diabetik periferik neyropatiyada Maviks preparatini 20-40 mg dan har kuni, kuniga bir marta 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuborish tavsiya etiladi. Keyingi 14 kun davomida preparatni 20 mg dozada mushak ichiga yuborish tavsiya etilgan. Oksaliplatin va boshqalar bilan ad’yuvant ximiyaterapiyaning neyrotoksik ta’sirida rivojlangan periferik neyropatiyada Maviks preparati 20 mg dan har kuni kuniga bir marta, 14 kun davomida vena ichiga infuziya holida yuboriladi.

Patsiyentlarning juda kam miqdorida toshma kuzatilgan. Bunday reaktsiya kuzatilganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Kam hollarda preparat yuborilgandan so‘ng toshma toshishi mumkin, bunday holatlarda davolashni to‘xtatish kerak. Juda kam hollarda patsiyentlarda et uvishishi, yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni pasayishi va boshqalar kuzatish mumkin. Infuziya vaqtida tana haroratini oshishi ko‘rinishida allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Shunday simptomlar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni va davolashni zudlik bilan to‘xtating.

Preparatga allergiyasi bo‘lgan yoki lipidlar metabolizmini genetik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas (gangliozid organizmda to‘planadi va dementsiya, oilaviy amavroz, to‘r pardani degeneratsiyasi kabi kasalliklarni og‘irlashtiradi). Preparat bilan bir vaqtda yoki yuborilgandan so‘ng 60 minut oldin va keyin boshqa dori vositalarni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

Klinika amaliyotida bu preparat vena ichiga sekin tomchilab, natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultirgandan so‘ng yuborish kerak. Ushbu preparatning kontsentratsiyasi ko‘pi bilan 0,4 mg/ml bo‘lishi kerak, ya’ni natriy xloridining 0,9% li 100 ml eritmasida suyultirilsa, ko‘pi bilan 2 ampula (40 mg) qo‘shiladi; natriy xloridining 0,9% li 250 ml eritmasida suyultirilsa, ko‘pi bilan 5 ampula (100 mg) qo‘shiladi.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Nojo‘ya ko‘rinishlarni kuchayishi kuzatiladi.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 2 ml dan shisha (1 tipi) ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.