Mastodinonretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka  quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Agnus castus Ø (Avraam daraxti)                                                  162 mg Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist)         81,0 mg Cyclamen D4 (Alp binafshasi)                                                     81,0 mg Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti)                                           81,0 mg Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar)                                          162,0 mg Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya)                                              81,0 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Mastodinon

Farmakalogik guruhi:

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar

Dori shakli:

gomeopatik tabletkalar

Dumaloq shaklli, yassi yuzali, och jigarrang rangli tabletkalar, biroz pigmentatsiyaga yo‘l qo‘yiladi.

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar

Ta’riflanmagan.

Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida: – hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren); – mastopatiyalar; – hayz tsiklini buzilishi va/yoki sariq tana yetishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo‘llanadi.

Dozalash

Allergik reaktsiyalar: yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaktsiyalari (toshma va eshakemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, me’da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riq) kabi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Eslatma: gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud bo‘lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Vitex agnus-cactus dopamin va ayollar jinsiy gormonlarining ishlab chiqarilishiga stimullovchi ta’sir etish ehtimoli mumkinligi sababli, shu ta’sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning terapevtik ta’sir samarasini to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi. Umumiy eslatma: nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek ta’sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan kofe) iste’mol qilish, gomeopatik vositalarni ta’siriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘shimcha dori preparatlarini qabul qilishda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Estrogenga-bog‘liq xavfli o‘smalar bilan kasallangan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Dopamin yoki ayollar jinsiy gormonlarini ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladigan dori vositalarini  qabul qilayotgan patsiyentlar Mastodinon® tabletkasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar kuchaysa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur. Mastodinon® tabletkasining ta’sir mexanizmi gormonal muvozanatni garmonizatsiyasini o‘z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat talab etiladi. Bu davrda hayz ko‘rish tsiklini buzilishlari bo‘lishi mumkin. Gipofizar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Agar Sizda biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokorga murojaat qiling. Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma’lumot: preparatning bir martalik dozasi o‘rtacha  0,02 “non birligi” (NB) saqlaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi me’da-ichak buzilishlariga olib kelishi mumkin yoki laktozani o‘zlashtiraolmaydigan shaxslarda surgi ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Davolash simptomatik.

Shifokor retseptisiz

20 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 ta blisterlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.