Quyida sanab o‘tilgan holatlardan yoki xavf omillaridan birontasi bo‘lgan hollarda MOK ni qabul qilish afzalliklari va mumkin bo‘lgan xavflarini sinchkov baholash lozim.
Bu masalani preparatni qabul qilishdan avval patsiyent bilan muhokama qilish kerak.
Kasallik zo‘raygan hollarda, holatni yomonlashishida yoki yuqorida eslatilgan holatlarni yoki xavf omillarining birinchi simptomlari paydo bo‘lgan hollarda, patsiyent zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi lozim.
Shifokor preparatni bekor qilish kerakligini hal qilishi lozim.
Qon tomirlardagi buzilishlar Epidemiologik tadqiqotlar, MOK ni qo‘llanishi va miokard infarkti, insult, chuqur venalar trombozi va o‘pka emboliyasi kabi arterial trombotik/tromboembolik ko‘rinishlar xavfini oshishi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi.
Bu ko‘rinishlar kam hollarda ro‘y beradi.MOK ni qo‘llanishi chuqur venalar trombozi va/yoki o‘pka emboliyasi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi venoz tromboemboliya (VTE) ning yuqori xavfi bilan bog‘liqdir.
Xavf MOK ni birinchi yil qo‘llaganda eng yuqori bo‘ladi.
Xavf shuningdek aynan bir MOK ni boshlang‘ich qo‘llashni boshida yoki qo‘llash qayta boshlangandan keyin yoki boshqa MOK ni qo‘llangandagi 4 haftalik yoki undan ortiq tanaffusdan keyin ortadi.Ayrim epidemiologik tadqiqotlarda, MOK ning past dozalarini progestogenning uchinchi avlodi, shu jumladan dezogestrel bilan birga qabul qilgan ayollarda, MOK ning past dozalarini progestogen levonogestrel bilan birga qabul qilganlarga nisbatan VTE ni yuz berishining yuqori xavfi borligi aniqlandi.
Bu tadqiqotlar xavfni taxminan 2 marta o‘sishini ko‘rsatdi, bu yiliga 10 000 ayolga VTE ning qo‘shimcha 1-2 holatiga to‘g‘ri keladi.
Biroq boshqa tadqiqotlarning ma’lumotlari xavfni 2 barobar oshishini ko‘rsatmagan.MOK uchun estrogenning past dozalarini (<0,05 mg etinilestradiol) qabul qilgan ayollarda VTE holatlari chastotasi, MOK ni qabul qilmagan 10000 ayollardagi yiliga 1-5 holatlarga nisbatan, 10000 ayolda yiliga taxminan 3 dan 12 tagacha holatni tashkil etgan.
MOK ni qabul qilayotgan ayollarda VTE ni yuz berish xavfi, homiladorlik vaqtidagi VTE xavfidan pastroq (10 000 ayolda yiliga 5-10 holat).
VTE ning natijasi sifatida o‘lim holati 1-2% holatlarda qayd etilgan.Juda kam hollarda tromboz boshqa qon tomirlarda (masalan, jigar, ichak tutqichi, buyrak, miya yoki ko‘zning to‘r pardasi venalari va arteriyalarida) yuz beradi.Venoz yoki arterial trombotik/tromboembolik ko‘rinishlarning yoxud miyada qon aylanishini buzilish simptomlari: oyoqda bir tomonlama og‘riqni va/yoki shishni; chap qo‘lga beruvchi yoki bermaydigan ko‘krakda behosdan kuchli og‘riqni; to‘satdan bo‘g‘ilishni; to‘satdan yo‘talni; har qanday g‘ayri-oddiy, kuchli, davomli bosh og‘rig‘ini; ko‘rishni to‘satdan qisman yoki to‘liq yo‘qolishini; diplopiyani; tushunarsiz nutq yoki afaziyani; bosh aylanishini; fokal tutqanoq huruji bilan yoki usiz kechuvchi kollapsni; holsizlik yoki yaqqol namoyon bo‘lgan, tananing bir tomonida yoki bir qismida to‘satdan paydo bo‘lgan et jimirlashini; harakat buzilishlarini; “o‘tkir” qorin sindromini o‘z ichiga oladi.Venoz tromboz/tromboemboliya xavfi:yosh o‘tgani sayin;oilaviy anamnezda mavjud (ya’ni, tug‘ishgan aka yoki opa-singillarida yoki ota-onalarida nisbatan yoshroq vaqtida VTE bilan kasallanish holatlari) bo‘lgan patsiyentlarda oshib boradi.
Agar nasliy moyillik taxmin qilinayotgan bo‘lsa, ayol biron-bir gormonal kontratseptivni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun mutaxassisga murojaat qilishi lozim;semizlik bilan xastalangan (tana vazni indeksi 30 kg/m2 dan yuqori) patsiyentlarda;uzoq muddatli immobilizatsiyada, yirik jarrohlik aralashuvini, oyoqlarda jarrohlik aralashuvi o‘tkazgan yoki og‘ir travmasi bo‘lgan patsiyentlarda oshadi.
Bunday vaziyatlarda MOK ni qo‘llashni to‘xtatish (rejali jarrohlik aralashuvlarida operatsiyadan uzog‘i bilan 4 hafta oldin) va to‘liq remobilizatsiyadan keyin 2 hafta davomida ularni ishlatishni qaytadan boshlamaslik tavsiya etiladi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang);ehtimol, yuzaki tromboflebitda va venalarni varikoz kengayishida oshsa kerak.
Ushbu ko‘rinishlarni venoz tromboemboliyaning etiologiyasiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida yakdil fikr yo‘q.Arterial tromboz/tromboemboliya xavfi:yosh o‘tgani sayin;chekkanda (yosh o‘tgani sayin va kuniga chekiladigan sigaretalar soni oshgani sayin, xavf xam, ayniqsa 35 yoshdan katta ayollarda ortib boradi);dislipoproteinemiya;semizlik (tana vazni indeksi 30 kg/m2 dan yuqori);arterial gipertenziya;migren;yurak klapanlari kasalligi;yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi bilan bog‘liq ravishda oshib boradi;oilaviy anamnezda tromboembolik kasalliklarni bor (masalan, tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillarida yoki ota-onalarida nisbatan yoshroq vaqtida arterial tromboemboliya) bo‘lgan patsiyentlarda oshib boradi.
Agar nasliy moyillik taxmin qilinayotgan bo‘lsa, ayol har qanday MOK ni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun mutaxassisga murojaat qilishi lozim.Tromboemboliya bilan kasallanishni rivojlanish xavfi tug‘ruqdan keyingi davrda yuqori bo‘lishiga e’tibor berish lozim (“Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang).Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiruvchi boshqa kasalliklarga: qandli diabet, tizimli qizil yugirik, gemolitiko-uremik sindrom, ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklari (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o‘roqsimon hujayrali anemiya kiradi.MOK ni qabul qilinganda migrenlar soni va jadalligini oshishi (bu shuningdek tserebrovaskulyar buzilishlarning belgisi bo‘lishi mumkin) MOKni zudlik bilan bekor qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Venoz yoki arterial trombozga tug‘ma yoki orttirilgan moyillikning markerlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlari faollashtirilgan S proteinining rezistentligi (ARS), gipergomotsisteinemiyani, antitrombin III yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, antifosfolipid antitelolarni (kardiolipinga antitelolar, yugurikga qarshi antikoagulyant) ni o‘z ichiga oladi.MOK ni qabul qilishdan olingan ijobiy va salbiy samaralarni baholashda shifokor ushbu kasalliklarni adekvat davolaganda trombozni rivojlanish xavfi ancha pasayishini hisobga olishi lozim.
O‘smalarEpidemiologik tadqiqotlar, MOK uzoq muddat davomida qo‘llash odam papillomasi virusi (OPV-infektsiyasi) tomonidan zararlangan ayollarda bachadon bo‘yni rakini rivojlanishini asosiy xavf omili ekanligini qayd etadi.
Biroq bu samarani tarqalishi, bachadon bo‘ynini ko‘riklari sonini oshishi va jinsiy xulqdagi farqlar, shu jumladan kontratseptsiyaning to‘siqli usullari kabi aralash omillarning ta’siri yoki sababli aloqalar bilan bog‘liqdir.54 ta epidemiologik tadqiqotlarning meta-tahlili hozirgi paytda MOK ni qo‘llayotgan ayollarda sut bezi rakini nisbiy rivojlanish xavfini (1,24) biroz oshishini ko‘rsatgan.
Yuqori xavf MOK bekor qilingandan keyin 10 yil davomida asta-sekin kamayadi.
Sut bezi raki 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda ancha kam uchrashi tufayli, hozirgi vaqtda MOK ni qo‘llovchi yoki ulardan foydalanishdan yaqinda voz kechgan ayollarda sut bezi rakini rivojlanishini oshish ehtimoli, rakni rivojlanishining dastlabki xavfiga nisbatan unchalik yuqori emas.
Bu tadqiqotlarda rakning etiologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmaydi.
Sut bezi raki xavfini oshishini MOK ni qabul qilayotgan ayollarda, sut bezi raki tashxisi ancha erta muddatlarda aniqlanishi va MOK ning biologik samaralari bilan yoki har ikkala omilni birga uchrashi bilan tushuntirish mumkin.
Qachonlardir MOK ni qabul qilgan ayollarda sut bezi raki, hech qachon MOK ni qabul qilmagan ayollarga qaraganda, klinik jihatdan kamroq o‘tkazib yuborilishi to‘g‘risidagi tendentsiya mavjud.Juda kam hollarda MOK ni qo‘llaganda jigarning xavfsiz va undan kam hollarda xavfli o‘smalarining rivojlanish holatlari kuzatilgan.
Alohida holatlarda bu o‘smalar hayot uchun xavf soluvchi qorin ichi qon ketishlariga olib kelgan.
Agar simptomlar qorinning yuqori qismida o‘tkir og‘riqni, jigarni kattalashishi yoki qorin ichida qon ketishini o‘z ichiga olsa, shifokor MOK ni qabul qilayotgan ayollarda kasalliklarni differentsial diagnostikasida jigar o‘smasi bo‘lishi mumkinligini hisobga olishi kerak.
S gepatiti Klinik tadqiqotlar vaqtida HCV (S gepatiti virusi) ga qarshi preparatlarni ombitasvir/paritaprevir/ritonavirni dasabuvir bilan majmuasi yoki usiz qo‘llanganda ALT darajasini normaning yuqori chegarasi (NYUCh) dan besh marta oshishi MGK (majmuaviy gormonal kontratseptivlar) kabi etinilestradiol saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ancha ko‘p bo‘lgan.
Marvelon 28 ni ombitasvir/paritaprevir/ritonavir preparatlarini dasabuvir bilan majmuada yoki usiz qo‘llash tartibi bilan davolash boshlanishidan oldin to‘xtatish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limlariga qarang).
Marvelon 28 ni preparatlar majmuasi bilan davolash tugaganidan keyin taxminan 2 haftadan so‘ng davom ettirish mumkin.
Boshqa kasalliklar Agar ayolda yoki uning oila a’zolarida gipertriglitseridemiya aniqlangan bo‘lsa, unda MOK qabul qilinganda pankreatit xavfi ortishi mumkin.MOK qabul qilayotgan ko‘pchilik ayollarda arterial bosimni birozgina oshish holatlari qayd qilinganligiga qaramay, klinik jihatdan sezilarli holatlar anchagina kam.
MOK ni qabul qilish bilan gipertenziyani rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Ammo MOK dan foydalanuvchi ayollarda turg‘un, klinik jihatdan ahamiyatli arterial gipertenziya rivojlansa, shifokor MOK ni bekor qilishi va arterial gipertenziyani davolashni buyurishi kerak.
Antigipertenziv davolash yordamida arterial bosimining normal qiymatlariga erishishga muvaffaq bo‘lingan hollarda, shifokor, patsiyent MOK ni qabul qilishni qayta boshlashi mumkinligini hisobga olishi mumkin.Xolestaz sababli chaqirilgan sariqlik va/yoki qichishish; o‘t pufagida toshlarni hosil bo‘lishi, porfiriya, tizimli qizil yugurik, gemolitik-uremik sindrom, Sidengam xoreyasi (kichik xoreya), homiladorlar gerpesi, otoskleroz natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotilishi (irsiy), angionevrotik shishning homiladorlikda ham, MOK ni qabul qilinganda ham rivojlanishi yoki zo‘rayishi to‘g‘risidagi xabarlar mavjud, ammo bularni MOK ni qabul qilinishiga taalluqli ekanligi yuzasidan dalillar ishonchli emas.Jigar funktsiyasini o‘tkir yoki surunkali buzilishlari MOK ni jigar funktsiyasini ko‘rsatkichlarini normaga kelgunicha bekor qilinish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ilgari homiladorlik davrida yoki jinsiy steroid preparatlardan foydalanilganda kuzatilgan xolestatik sariqlikni qaytalanishi MOK ni bekor qilinishini talab qiladi.Garchi MOK periferik to‘qimalarning insulinga va glyukozaga bo‘lgan tolerantligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsada, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda <0,05 mg etinilestradiol saqlovchi MOK ning kichik dozalarini qabul qilish bo‘yicha terapevtik sxemani o‘zgartirish lozimligi to‘g‘risida dalillar yo‘q.
Har qanday holatda ham, qandli diabet bilan og‘rigan ayollar MOK ni qabul qilish vaqtida shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.MOK ni qabul qilish hamda Kron kasalligi va yarali kolitlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligiga oid ma’lumotlar mavjud.Ba’zida, ayniqsa ayol avvalroq homilador bo‘lgan bo‘lsa, MOK ni qabul qilganida yuz terisini pigmentatsiyasi (xloazma) kuzatilishi mumkin.
Xloazma moyilligi bo‘lgan ayollar MOK ni qabul qilish vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh yoki ultrabinafsha nurlaridan saqlanishlari lozim.Marvelon 28 ning har bir tabletkasi <80 mg laktoza saqlaydi.
Galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtira olmasligi, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan, laktozasiz parhezga rioya qiluvchi patsiyentlar yuqoridagilarni e’tiborga olishlari kerak.
Shuningdek kontratseptsiyaning biron-bir usulidan foydalanish tavsiya qilinganda ham, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni hisobga olish lozim.