Maksigraretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 50 mg yoki 100 mg sildenafil (tsitrat shaklida); Yordamchi moddalar: mannitol, krospovidon, povidon, kolloid kremniy dioksidi, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, natriy laurilsulfati; Qobiqning tarkibi: gipromelloza, makrogol 6000, titan dioksidi, talk, indigotin Ye132 laki.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sildenafil

Preparatning savdo nomi:

Maksigra

Farmakalogik guruhi:

potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Maksigra 50 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, diametri 8 mm li ko‘k rangli tabletkalar. Maksigra 100 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, diametri 10 mm li ko‘k rangli tabletkalar.

potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita

G04BE03

– erektsiyani buzilishlarini davolashda (jinsiy aloqani o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan jinsiy olatning erektsiyasini tutib turish uchun) qo‘llanadi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalar: Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sildenafilning 50 mg li 1 tabletkasidir. Dori preparatini samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab, dozani 100 mg gacha oshirish yoki 50 mg gacha pasaytirish mumkin. Preparatning 100 mg dan ortiq dozalarini qabul qilish mumkin emas. Preparatni sildenafilning 100 mg dan oshiqroq dozalarda qo‘llanishi, uning samaradorligini oshirmaydi, ayni paytda nojo‘ya ta’sirlarini yuz berishini tez-tezligi va jadalligi oshadi. Preparatni sutkada bir martadan ortiq qabul qilish mumkin emas. Maksigra preparatini jinsiy faollikdan taxminan 60 minut oldin qabul qilish lozim. Tabletkani oz miqdordagi suv bilan birga butunligicha yutish lozim. Preparatni ovqat bilan birga qo‘llanishi, dori preparatining ta’sirini boshlanishini sekinlashtirishi mumkin. Keksa yoshli patsiyentlar: Keksa yoshli patsiyentlarda sildenafilning metabolizmi sekinlashgan bo‘lishi mumkin, demak, preparatning boshlang‘ich dozasini sildenafilning 50 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Navbatdagi dozalar, dori preparatining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab 50 mg va 100 mg gacha oshirilishi mumkin.

Ushbu preparat boshqa dori vositalari singari, barchada bo‘lmasa ham nojo‘ya samaralar rivojlanishini chaqirishi mumkin. Odatda sildenafilni qabul qilishda nojo‘ya samaralar kuchsiz yoki o‘rtacha bo‘ladi va o‘tuvchan xarakterga ega. Agar Sizda quyida keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi rivojlansa, Maksigrani qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling: Allergik reaktsiya (kam hollarda rivojlanadi) Simptomlari: to‘satdan xirillash, nafas olishni qiyinlashishi yoki bosh aylanishi, qovoqlarni, yuzni, lablar va tomoqni shishi. Ko‘krakda og‘riq (kam hollarda rivojlanadi): Agar ushbu simptom jinsiy aloqa vaqtida yoki undan keyin paydo bo‘lsa Yarimo‘tirgan holatiga keling va o‘zingizni bo‘sh qo‘yishga harakat qiling.Davolash uchun nitratlarni qo‘llamang.Uzoq va ba’zan og‘riqli erektsiya (tez-tezligi noma’lum): Agar erektsiya 4 soatdan ortiq davom etsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Ko‘rishni birdan pasayishi yoki ko‘rishni buzilishi (tez-tezligi noma’lum)Jiddiy teri reaktsiyalari (tez-tezligi noma’lum) Simptomlari: terini yaqqol po‘st tashlashi va shishi, og‘iz bo‘shlig‘ida, jinsiy a’zolarda va ko‘z atrofida pufaklarni hosil bo‘lishi, isitmani o‘z ichiga olishi mumkin. Tirishishlar yoki tutqanoqlar (tez-tezligi noma’lum). Boshqa nojo‘ya samaralar: Juda tez-tez (10 dan > 1 odamda rivojlanishi mumkin): bosh og‘rig‘i. Tez-tez (10 dan < 1 odamda rivojlanishi mumkin): yuzni qizarishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan, rangni ajratishni buzilishi, yorug‘likka sezuvchanlik, ko‘rish noaniqligi yoki ko‘rish o‘tkirligini pasayishi), burun bitishi hissi va bosh aylanishi. Tez­tez emas (100 dan < 1 odamda rivojlanishi mumkin): qusish, teri toshmasi, ko‘zning orqa qismiga qon quyilishi, ko‘zlarni ta’sirlanishi, ko‘zlarning giperemiyasi/qizarishi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘rishni ikkilanishi, ko‘zlarda noodatiy his, ko‘zni yoshlanishi, kuchli yurak urishi, yurak urishini tezlashishi, mushaklarda og‘riq, uyquchanlik, taktil his qilishni pasayishi, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, olatdan qon ketishi, sperma va/yoki siydikda qon, ko‘krakda og‘riq va charchoqlik xissi. Kam (1000 dan < 1 odamda rivojlanishi mumkin): yuqori arterial bosim, arterial bosimni pasayishi, hushdan ketish,  insult, infarkt, aritmiya, burundan qon ketishi va eshitishni birdan pasayishi yoki yo‘qotilishi. Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi noma’lum (tez-tezligini mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi): Qayd etilgandan keyingi kuzatuv jarayonidagi qo‘shimcha nojo‘ya samaralar: nostabil stenokardiya (yurak kasalligi), to‘satdan o‘lim holati, bosh miya qismlariga qon kelishini vaqtinchalik yomonlashishi. Ushbu nojo‘ya samaralar rivojlanganligi kuzatilgan ko‘pchilik erkaklarda (lekin barchalarida emas) sildenafilni qabul qilishdan oldin yurak bilan muammolari bo‘lgan. Shu sababli, ushbu ko‘rinishlarni rivojlanishi va sildenafilni qabul qilishni orasidagi to‘g‘ridan­to‘g‘ri bog‘liqlik borligini aniqlash imkoniyati yo‘q. Har qanday nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishida, shuningdek ushbu ilova­varaqada keltirilmagan, davolovchi shifokorga habar berish kerak.

sildenafilga yoki preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlikyurak-qon tomir tizimining kasalliklaripreparatni nitratlar va azot II oksidini ajralib chiqishini chaqiruvchi boshqa dori vositalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.og‘ir jigar yetishmovchiligiarterial gipotenziyasi (AB 90/50 mm sim. ust. dan pastroq) bo‘lgan patsiyentlar, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan yoki miya insultidan keyinko‘z to‘r pardasining nasliy degenerativ kasalliklari (masalan retinitis pigmentoza)sildenafil va FDE­5 ning boshqa ingibitorlarini qabul qilishda arteriit bilan bog‘liq bo‘lmagan (NAION) ko‘rish nervining old ishemik neyropatiyasi natijasidagi ko‘zlardan birida ko‘rishni buzilishi18 gacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Sildenafil azot II oksidining ajralib chiqishini chiqaruvchi dori vositalarning (masalan, nitratlar, molsidomin, nitroprussid natriy) gipotenziv ta’sirini potentsiyalaydi. Sildenafil CYP3A4 ni susaytiruvchi dori vositalari (masalan, ketokonazol, eritromitsin, tsimetidin) bilan majmuada qo‘llanganida sildenafilning metabolizmi pasayadi. Sildenafil va CYP3A4 ingibitorlari bir vaqtda qo‘llangan holda sildenafilning boshlang‘ich dozasini 25 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Sildenafilni ritonavir (VICH proteazasi ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki sildenafilning metabolizmi ahamiyatli pasayadi. Sildenafil va VICH proteaza ingibitori sakvinavirni bir vaqtda qo‘llash, sildenafilning qon plazmasida kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin. Sildenafilni a-adrenolitik dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (ayniqsa 25 mg dan yuqori dozada), chunki sildenafil qabul qilgandan so‘ng 4 soat davomida simptomatik gipotenziya yuz berishi mumkin. Amlodipin va sildenafil 100 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida, amlodipinning gipotenziv ta’siri oshadi (sistolik va diastolik bosimni muvofiq ravishda 8 mm sim. ust. va 7 mm sim. ust. ga pasayishi).

Preparatni jinsiy olatning yo‘ldosh anatomik patologiyasi (masalan, g‘ovak tanalar fibrozi, Peyroni kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda, yurak-tomir tizimining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda (preparat tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega, bu qisqa vaqtli arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin), shuningdek priapizm (masalan, o‘roqsimon hujayrali anemiya, leykozlar, ko‘p sonli miyeloma) yuz berishiga moyillik yaratuvchi omillari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Sildenafilni erektsiyani buzilishini boshqa davolash usullari bilan bir vaqtda qo‘llash, bunday davolashning xavfsizligi va samaradorligini isbotlovchi tadqiqotlar yo‘qligi sababli, tavsiya etilmaydi. Sildenafilning terapevtik ta’siri boshlanishi uchun oldindan jinsiy rag‘batlantirish bo‘lishi lozim. Sildenafilni gemostazni buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek me’da-ichak yo‘llarining faol yarasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarning yo‘qligini hisobga olib, bunday patsiyentlarda Maksigra preparatini faqat erektsiya buzilishlarini davolashdan olinadigan foyda, qon ketishlarini yuz berishini potentsial xavfidan ustun bo‘lgandagina qo‘llash kerak. Sildenafil va FDE­5 ning boshqa ingibitorlarini qabul qilishda arteriit bilan bog‘liq bo‘lmagan (NAION, non-arteritic anterior ischemic optic neuropathy) ko‘rishni buzilishi va ko‘rish nervining old ishemik neyropatiya hollari kuzatilgan. Ko‘rishni to‘satdan buzilishi hollarida sildenafilni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash: Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda birinchi dozani 25 mg gacha pasaytirish tavsiya etiladi. Navbatdagi dozalar, dori vositasining samaradorligi va o‘zlashtiraolinishiga qarab, 50 mg va 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash: Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda (masalan, tsirrozda) sildenafilning metabolizmi pasaygan. Shuning uchun jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dastlabki dozani 25 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Homiladorlik va laktatsiya davri qo‘llanilishi Maksigra preparati ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Sildenafilni qabul qilgandan keyin bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishi rivojlanishi mumkin. Siz avtomobilni haydashdan oldin yoki mexanizmlarni boshqarishdan oldin ko‘rsatilgan buzilishlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarning simptomlarini kuchayishi. Davolash: simptomatik. Sildenafil uchun spetsifik antidot ma’lum emas. Dializ sildenafilni chiqarilishini tezlashtirmaydi.

Retsept bo‘yicha

50 mg va 100 mg li qobiq bilan qoplangan Maksigra tabletkalari 1, 4, 8 yoki 12 tabletkadan folgali blisterlarga joylangan. Blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga matn bosilgan yorlig‘i bilan litografik qutiga joylangan.

4 yil.