Makrovitretsept bilan

Tarkibi:

1 pastilka quyidagilarni  saqlaydi Faol moddalar Retinol palmitati sintetik moyli shakli (A vitamini) 1,7 mln.XB/g)                                                          0,88 mg Kolekaltsiferol kontsentrati, moyli shakli (1 mln.XB /g) (D3 vitamini)                                              0,10 mg Askorbin kislotasi (S vitamini)                                  80,0 mg Tiamin nitrati (V1 vitamini)                                        0,50 mg Riboflavin (V2 vitamini)                                               0,60 mg Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                     1,00 mg Tsianokobalamin 0,1% mannitolda (Ye 421) (V12 vitamini)                                                                    2,00 mg Nikotinamid (RR vitamini)                                            5,00 mg Kaltsiy pantotenati (V5 vitamini)                               5,00 mg α-tokoferol atsetati (Ye vitamini)                                   5,00 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mandarin aromatizatori 61105, shaftoli aromatizatori 78123-33, polisorbat 80, glitserol, kanakunjut moyi, sorbitol, suyuq dekstroza (quruq modda), magniy stearati, quyosh shafaqi bo‘yovchisi (Ye110), titan dioksidi, kapol 600 farma, saxaroza, povidon, ko‘pikni so‘ndiruvchi 1510.

Preparatning savdo nomi:

Makrovit

Farmakalogik guruhi:

polivitaminlar.

Dori shakli:

pastilkalar

dumaloq, ikki tomonlama qavariq zarg‘aldoq rangli pastilkalar.

polivitaminlar.

A11VA.

6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 pastilkadan kuniga 1-2 marta. 10 yoshdan katta bolalar va kattalar: 1 pastilkadan kuniga 2-3 marta. Makrovit® pastilkalarini ovqat qabul qilgandan keyin shimish afzalroq.

Qabul qilishni boshlashdan oldin, Siz birorta dori vositalarini qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar berish kerak. Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri kuzatilmagan.

Preparat 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. Boshqa vitaminlar, vitamin-mineralli va/yoki mineral majmualari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar Makrovit®ni qabul qilishlari mumkin, lekin bir pastilka 0,61 g saxaroza va 0,15 g glyukoza saqlashini, sutkalik dozada 0,61 g dan to 1,8 g gacha saxaroza va 0,15 g dan 0,45 g gacha glyukoza bo‘lishini yodda saqlashlari kerak. Yordamchi moddalariga nisbatan maxsus ogohlantirishlar

Homilador ayollar va emizuvchi ayollar vitaminlarni shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan, yorug‘lik va namlikdan ximoyalangan joyda saqlansin.

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida darhol shifokorga murojaat qiling. Tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida intoksikatsiya kuzatilmaydi.

Shifokor retseptisiz beriladi

10 pastilkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.