Davolashdan oldin va davolash vaqtida magniyning zardobdagi darajalarini nazorat qilish zarur.
Magniy sulfatining dozasi shaxsiy ravishda patsiyentning ehtiyojlari va davolashga nisbatan javobiga bog‘liq ravishda tanlanishi kerak.
Magniyning zardobdagi darajasi > 2,5 mmol/l dan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Magniy sulfatining dozalari grammlarda ko‘rsatilgan.
Ularga eritmaning quyidagi miqdori mos keladi: 1 g – 4 ml (25%), 2 g – 8 ml (25%), 3 g – 12 ml (25%), 4 g – 16 ml (25%), 5 g – 20 ml (25%), 10 g – 40 ml (25%), 15 g – 60 ml (25%), 20 g – 80 ml (25%), 30 g – 120 ml (25%), 40 g – 160 ml (25%).
25% li magniy sulfati eritmasining 1 ml 1 mmol magniy saqlaydi.
Magniy sulfatining ampulalardagi eritmasini natriy xloridining 0,9% li yoki dekstrozaning (glyukozaning) 5% li eritmalari bilan suyultirish mumkin.
Magniyning o‘rtacha tanqisligini davolashda kattalar uchun bir martalik doza 1 g ni (25% li eritmaning 4 ml ni) tashkil etadi.
Mushak ichiga har olti soatda sutkada 4 marta yuboriladi.
Og‘ir gipomagniyemiyani davolashda doza tana vaznining har kilogrammiga 250 mg ni (1 kg massaga 25% li eritmaning 1,0 ml ni) tashkil etadi va mushak ichiga to‘rt soat davomida, agar bu zarur bo‘lsa, yuborilishi mumkin.
Bundan tashqari, 5 g vena ichiga sekin uch soat davomida qo‘shimcha yuborilishi mumkin.
Tanqislik holatlarini davolashda magniyni buyrak ekskretsiyasi quvvati oshishiga va gipermagniyemiya yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Parenteral oziqlantirishda profilaktik qo‘llanilishi Kattalarda qo‘llaniladigan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza kuniga 1 g dan 3 g gacha oralig‘ida bo‘ladi; chaqaloqlar va bolalar uchun mazkur oraliq sutkasiga 0,25 g dan 1,25 g gachani tashkil etadi.
Yurak ritmini buzilishida 1-2 g magniy sulfati 5 minut davomida yuboriladi.
Takroran yuborilishi mumkin.
Paroksizmal bo‘lmachalar taxikardiyasida magniy sulfatidan faqat, agar odatdagi choralar samarasiz bo‘lganida va miokardda shikastlanish mavjud bo‘lmaganda foydalanish lozim.
Odatdagi doza 3 g dan 4 g gachani (25% li eritmaning 12 ml dan 16 ml gachani) tashkil etadi va o‘ta ehtiyotkorlik bilan vena ichiga asta-sekin yuboriladi.
Bariy bilan zaharlanganda magniy sulfatining odatdagi dozasi vena ichiga 1 g dan 2 g gachani tashkil etadi.
Antidot sifatida magniy sulfatidan simob, mishyak, tetraetilqo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda 5 ml 25% li eritmani vena ichiga oqim bilan yuborish orqali foydalaniladi.
Tokoliz: boshlang‘ich doza 4 g magniy sulfati vena ichiga, so‘ngra esa soatiga 1-2 g magniy sulfat yuboriladi.
Tutqanoq, glomerulonefrit bilan bog‘liq tirishishlarni bartaraf etish uchun kattalarga odatdagi doza 1 g ni tashkil etadi va u mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi.
Aritmiyalarni bartaraf etish uchun 2,0-4,0 g magniy sulfati (8-16 ml 25% li eritma) vena ichiga 1-2 minut davomida asta-sekin yuboriladi, so‘ngra 2 soat davomida samarani bir maromda ushlab infuzion yuborilishga o‘tiladi.
Buning uchun 10 ml 25% li eritma 200 ml 5% li glyukoza eritmasida yoki kaliy-qutblantiruvchi aralashmada eritiladi va minutiga 3-20 mg (minutiga 5-30 tomchi) tezligida yuboriladi.
Kechki toksikoz, preeklampsiya va eklampsiyani davolashda magniy sulfatini Richard sxemasi bo‘yicha: dastlab 4,0 g (16 ml 25% li eritma) 3-4 minut davomida asta-sekin vena ichiga yuboriladi, 4 soatdan keyin vena ichiga yuborish aynan o‘sha dozada takrorlanadi va qo‘shimcha ravishda 5,0 g (20 ml 25% li eritma) yuboriladi.
Undan keyin har 4 soatda magniy sulfatini 4,0-5,0 g (16-20 ml 25% li eritma) dozada mushak ichiga yuborish takrorlanadi.
Richard sxemasining o‘rniga 5,0 g magniy sulfatini (20 ml 25% li eritma) 400 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza eritmasida eritilgan holda minutiga 9-25 mg (minutiga 15-40 tomchi) tezlikda vena ichiga tomchilab yuborish mumkin.
Preeklampsiya va eklampsiyani davolashda mushak tirishishlarga qarshi samarali ta’siriga magniyning zardobdagi darajasi 1,6 dan 3,3 mmol/l gacha bo‘lganida erishiladi.
Magniyning zardobdagi darajasi 2,64 mmol/l bo‘lganida tirishishlarni nazorat qilish uchun eng optimal hisoblanadi.
Magniy sulfatining maksimal sutkalik dozasi 30-40 g dan oshmasligi kerak.
Buyrak faoliyati buzilishida 20 g ortiq bo‘lmagan magniy sulfati 48 soat davomida yuboriladi.