Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: magniya sulfata – 2,5 g; yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv 10 ml gacha.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
magniy sulfati
Preparatning savdo nomi:
Magniy sulfati
Farmakalogik guruhi:
Antigepertenziv vositalari.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
tiniq, rangsiz suyuqlik.
Antigepertenziv vositalari.
B05XA05
Parenteral yuborilganidan keyin qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 25-30% ni tashkil etadi.
Barcha organ va to‘qimalarga o‘tadi, gematoentsefalik va platsentar to‘siqlar orqali o‘tadi.
Asosan buyraklar orqali, shuningdek ahlat, so‘lak va sut bilan chiqariladi.
Eklampsiya va og‘ir preeklampsiyadagi tirishish sindromi, bachadon tetanusi, siyishni tutilishi, qo‘rg‘oshin sanchig‘i, gipomagniyemiya, shuningdek faqat parenteral ozuqa olayotgan bemorlardagi, gipertonik kriz, tutqanok xolati, simob, margumush va tetraetilqo‘rg‘oshin bilan zaxarlanish (majmuaviy davolash tarkibida).
Preeklampsiya va eklampsiya: doza klinik xolatga qarab shaxsiy belgilanadi.
To‘yinish dozasi: 2-4 g 5-20 minut davomida vena ichiga infuziya.
Tutib turuvchi doza: 1-2 g – 1 soatda.
Bachadon tetaniyasi: To‘yinish dozasi 20 minutda 4 g infuziya.
Tutib turuvchi doza dastlab 1 soatda 1-2 g, so‘ngra 1 soatda 1 g (24-72 soat davomida tomchilab yuborsa xam bo‘ladi).
Gipomagniyemiya: yengil – sutkalik dozasi 1-2 g mushak orasiga.
Bu doza bir martda yoki 2-3 ga bo‘lib yuboriladi.
Yuborish joylarini almashtirib turish lozim.
Og‘iri – boshlangich doza 5 g vena ichiga (sekin!) 1 l infuzion eritmada.
So‘ngra qon zardobidagi magniy kontsentratsiyasiga qarab belgilanadi.
Faqat parenteral oziqlanuvchi bemorlar gipomagniyemiyasining oldini olish: agar ozuqa eritmalarda magniy bo‘lmasa, uni qo‘shimcha qilinadi.
Sutkalik doza 1,5-4 g, odatda 1 l parenteral oziqlanish eritmasi uchun 1g magniy sulfat qo‘shiladi, Gipertonik kriz: 2-4 g mushak orasiga yoki vena ichiga (sekin!).
Qo‘rg‘oshin sanchig‘i yoki o‘tkir peshob tutilishi: 0,5 g mushak orasiga yoki tomir ichiga.
qo‘rg‘oshin sanchig‘i, yeki o‘tkir siyishni tutilishi: 0,5g mushak orasiga yeki vena ichiga.
Tutqanok xolati, simob, margumush va tetraetilqo‘rg‘oshin bilan zaxarlanish: 0,5-1,0 g vena ichiga.
Terida nuqta-nuqta toshmalar ko‘rinishidagi o‘ta sezuvchanlik reaktsiyasi.
Gipermagniyemiya: ko‘ngil aynishi, qusish, teri qoplamalarini qizarishi, chanqash, uyquchanlik, ongni chalkashishi, gipotenziya, gipotermiya, mushak tonusini susayishi, pay reflekslarini susayishi, nafas tezligining sekinlashishi, yurak urishining kamayishi va yurak aritmiyasi, yurak to‘xtashi.
Preparat birga yuborilganida sedativ vositalar, narkotiklar, analgetiklar va miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi, kaltsiy tuzlari ta’sirini susaytiradi.
Nifedipin(Korinfar, Adalat, Nifekard v.b.) bilan qo‘shish og‘ir gipotenziya va nerv-muskul o‘tkazuvchanligini blokadasiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar Nafas markazini falajiga osonlikcha olib keladigan zaxarli kontsentratsiya xosil bo‘lmasligi uchun preparat extiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.
Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar va qariyalarda preparatni kamroq dozalarda extiyotkorlik bilan ko‘llash lozim.
Magniy sulfat qo‘llanilganida texnetsiy yuborilib o‘tkaziladigan radiologik tadqiqotlarning natijalari o‘zgarishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati utgach ishlatilmasin.
Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saklansin.
Dozani oshirib yuborilganida gipermagniyemiya yuzaga keladi uning belgilari «Nojo‘ya ta’sirlari» bo‘limida ta’riflangan.
Nafasni susayishi 5-10ml 10% kaltsiy xlorid eritmasini vena ichiga yuborish, kislorod yoki karbogen bilan nafas oldirish, sun’iy nafas oldirish orqali bartaraf qilinadi.
Agar buyrak faoliyati me’yorida bo‘lsa, vena ichiga fiziologik eritma tomchilab yuboriladi va diurez mannitol bilan kuchaytiriladi.
Buyrak faoliyatini yetishmovchiligi yoki og‘ir gipermagniyemiyada gemodializ zarur.
Retsept bo‘yicha
Inyektsiya uchun 25% li eritma ampulalarda 5 ml, 10 ml dan.
5 ampuladan polivinilxlorid plyonkadan kontur uyali o‘ramga joylanadi.
Ikkita kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi