M/i, v/i sekin yoki v/i infuziya ko‘rinishida buyuriladi.
Yuborishlar soni va dozalari ko‘rsatma va terapevtik samaraga ko‘ra shaxsiy ravishda belgilanadi.
Infuzion yuborishda preparatni 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li glyukoza eritmalarida suyultiriladi.
V/i inyektsiyasida yuborish tezligi, aritmiyalar va homiladorlar eklampsiyasini davolashdan tashqari hollarda, odatda minutiga 150 mg (minutiga 0,6 ml dan) oshmasligi kerak.
Preeklampsiya va eklampsiya: doza klinik vaziyatga qarab belgilanadi.
To‘yinish dozasi 2-4 g (8-16 ml) 5-20 minut davomidagi v/i infuziyasida yuboriladi.
Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza soatiga 1-2 g (4-8 ml) ni tashkil qiladi.
Bachadon tetaniyasi: to‘yinish dozasi 4 g (16 ml) 20 minutlik infuziyada yuboriladi.
Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza avval soatiga 1-2 g ni (4-8 ml), so‘ngra soatiga 1 g (4 ml) (24-72 soat davomida tomchilab yuborsa ham bo‘ladi) tashkil qiladi.
Gipomagniyemiya: O‘rtacha og‘irlikdagi gipomagniyemiyada (0,5-0,7 mmol/l) kattalarga 1 g (4 ml) dan har 6 soatda yuboriladi.
Og‘ir gipomagnemiyada (<0,5 mmol/l) m/i yuborilganda yig‘indi dozani 1 ml/kg (250 mg/kg) gacha oshiriladi va 4 soat davomida bo‘lib-bo‘lib yuboriladi.
Og‘ir gipomagniyemiyada v/i infuziya ko‘rinishida 5 g preparatni (20 ml) 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li glyukoza eritmasining 1 l gacha qo‘shiladi va kamida 3 soat davomida yuboriladi.
V/i yuborilganda maksimal sutkalik doza 18 g (72 ml) ni tashkil qiladi.
Zarurat bo‘lganida infuziya bir necha sutka davomida takrorlanadi.
Keyinchalik magniyning qon zardobdagi kontsentratsiyasiga ko‘ra dozalanadi.
Faqat parenteral ravishda oziqlanayotgan bemorlarda gipomagnemiyani oldini olish: agar oziqlantiruvchi eritmalarida magniy bo‘lmasa, uni qo‘shimcha ravishda qo‘shiladi.
Sutkalik doza 1,5-4,0 (6-16 ml), odatda 1 l parenteral ozuqlantirish eritmasiga 1 g (4 ml) magniy sulfati qo‘shiladi.
Gipertonik kriz: 2-4 g (8-16 ml) m/i yoki v/i (sekin!) yuboriladi.
Qo‘rg‘oshin to‘planishi oqibatidagi sanchiq yoki siyishni o‘tkir tutilishi: 0,5 g (2 ml) m/i yoki v/i yuboriladi.
Tutqanoq holati, simob, margimush yoki tetraetilqo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda: 0,5-1,0 g (2-4 ml) v/i yuboriladi.
Homiladorlar toksikozi: 2,5-5,0 g dan (10-20 ml) sutkada 1 marta m/i yuboriladi (neyroleptiklar bilan birga bir vaqtda qabul qilish mumkin).
Preeklampsiyada yoki eklampsiyada: m/i yoki v/i yuboriladi.
Avval 2,5 g dan (10 ml) m/i bir marta har bir yonboshga yoki v/i 4 g (16 ml) 3-4 minut davomida yuboriladi.
Keyinchalik m/i 4-5 g (16-20 ml) dan har 4 soatda yoki v/i tomchilab soatiga 1-2 g (soatiga 4-8 ml) dan pay reflekslarini va nafas faoliyatini doimiy nazorati ostida yuborish davom ettiriladi.
Davolash xurujlar to‘xtagunicha davom ettiriladi.
Tug‘ruqlarni og‘riqsizlantirish: 1,25-5,0 g (5-20 ml) dan m/i, zarur bo‘lgan hollarda magniy sulfatini analgetiklar bilan majmuaviy qo‘llanadi.
Siyishni tutilishi: siyishni tutilishida va qo‘rg‘oshinni to‘planishi oqibatidagi sanchiq 1,25-2,5 g (5-10 ml) preparatni m/i yoki 1,25-2,5 g (5-10 ml 25% li magniy sulfati eritmasini 5 marta suyultirilgan holda, shuningdek ho‘qna ko‘rinishida ham buyuriladi) v/i yuboriladi.
Antidot sifatida: simob, margimush, tetraetilqo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda 1,25- 2,5 g ni (5-10 ml 25% li magniy sulfati eritmasini 2,5-5 marta suyultirilgan holda) v/i yuboriladi.
Eruvchan bariy tuzlari bilan zaharlanganda 4-8 ml ni v/i yuboriladi yoki me’da 1% li magniy sulfati eritmasi bilan yuviladi.
Chaqaloqlar: chaqaloqlarda bosh miya ichki gipertenziyasida va og‘ir asfiksiyada preparatni m/i sutkada 0,05 g/kg (0,2 ml/kg) dozadan boshlab (majmuaviy davolash tarkibida 3-8 kun davomida) yuboriladi, 3-4 kunda dozani sutkada 0,2 g/kg gacha (0,8 ml/kg) oshiriladi.
Chaqaloqlarda magniy tanqisligini yo‘qotish uchun 0,125-0,2 g/kg (0,5-0,8 ml/kg) dan kuniga 1 marta 5-8 kun davomida buyuriladi.