Magne B6 forte rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletkada quyidagilar saqlanadi: Tabletka yadrosi: faol moddalar: magniy tsitrati – 100 mg magniy (Mg++) ga to‘g‘ri keluvchi 618,43 mg, piridoksin gidroxloridi – 10,00 mg; yordamchi moddalar: laktoza – 50,57 mg, makrogol-6000 – 120,00 mg, magniy stearati – 1,00 mg; tabletkaning qobig‘i: gipromelloza 6mPa.s – 14,08 mg, makrogol-6000 – 1,17 mg, dioksid titani (Ye 171) – 4,75 mg, talk – qoldiqlar.

Preparatning savdo nomi:

Magne B6 forte

Farmakalogik guruhi:

mineral preparat (magniy preparati)

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan oval ikkiyoqlama qavariq tabletkalar. Tabletka bo‘linganda ikki qavat ko‘rinadi: oq rangli qobiq va oq rangli tabletka massasi.

mineral preparat (magniy preparati)

Magniy tuzlarining me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi tuzning eruvchanligi alohida rol o‘ynaydigan, qisman passiv mexanizm yo‘li orqali amalga oshiriladi. Bunday so‘rilish darajasi 50% dan oshmaydi. Chiqarilishi asosan buyrak orqali sodir  bo‘ladi.

Yuqori ta’sirchanlik, uyquni biroz buzilishi, me’da-ichak spazmlari, yurakni tez urishi, kuchli toliqish, mushaklarda og‘riq va spazmlar, mushaklarda sanchilish hissi kabi simptomlar bilan kechuvchi izolyatsiya qilingan yoki boshqa tanqislik holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, aniqlangan magniy tanqisligida qo‘llanadi. Agar bir oy davolanishdan keyin ushbu belgilarni kamayishi kuzatilmasa, davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

Tabletkalarni butunligicha, 1 stakan suv bilan ichish lozim. Kattalar uchun: 2-3 qabulga bo‘lingan sutkada 3-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida. 6 yoshdan katta bolalar uchun (taxminan 20 kg vaznli): sutkada 10-30 mg/kg, ya’ni 6 yoshdan katta bolalar uchun (taxminan vazni 20 kg) 2-3 qabulga bo‘lingan holda sutkada 2-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida. Odatda davolanish davomiyligi bir oyni tashkil qiladi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda (<0,01%): allergik reaktsiyalar, jumladan teri reaktsiyalari; Me’da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha paydo bo‘lish tez-tezligini baholash mumkin emas): diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.Og‘ir buyrak yetishmovchioligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).Fenilkentonuriya.6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).Nasliy galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning malabsorbtsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli).Levodopa bilan bir vaqtda qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” ga qarang).

Levodopa bilan: levodopani faolligi piridoksin yordamida ingibitsiya qilinadi (agar bu preparatni aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilish to‘g‘ri kelmasa). Agar levodopa L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa, piridoksinni har qanday miqdorini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik Yetarlicha homilador ayollarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar preparatning homila rivojlanishidagi nuqsonlar kelib chiqishiga nojo‘ya ta’siri yoki fetotoksik ta’sirini  aniqlanmadi. Magne V6® forte preparati homiladorlik vaqtida faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha zarur bo‘lganda qo‘llanilishi mumkin. Emizish davri Magniyning ona sutiga o‘tishini e’tiborga olib, preparatni qabul qilish zarurati vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari Buyrakning normal funktsiyasida magniyning ichga qabul qilish vaqtida dozaning oshirib yuborilishi toksik reaktsiyalarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi. Ammo buraklarning yetishmovchiligi holatida magniy bilan zaharlanish rivojlanishi mumkin. Qonda magniy kontsentratsiyasiga bog‘liq dozaning oshirib yuborilish simptomlarini yaqqolligi: arterial bosimning pasayishi; ko‘ngil aynishi, qusish; markaziy nerv tizimining susayishi, reflekslarning pasayishi; elektrokardiogrammada o‘zgarishlar kuzatilishi; nafasning susayishi, koma, yurakning to‘xtab qolishi va nafasning falaji; anurik sindrom. Davolash

Retseptsiz beriladi

15 tabletkadan PVX-PE-PVDX/alyumin folgali blisterlarda. 2 yoki 4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.