Magne V.

Tarkibi:

1 tabletkada quyidagilar saqlanadi Tabletkaning yadrosi: faol moddalar: magniy laktat digidrati* – 470 mg, piridoksin gidroxloridi – 5 mg; yordamchi moddalar: saxaroza – 115,6 mg, og‘ir kaolin – 40,0 mg, akatsiya kamedi – 20,0 mg, karboksipolimetilen 934 – 10,0 mg, talk (magniy gidroksilati) – 42,7 mg, magniy stearati – 6.7 mg. Tabletkaning qobig‘i: akatsiya kamedi – 3,615 mg, saxaroza – 214,969 mg, dioksid titani – 1,416 mg, talk (magniya gidrosilikat) – qoldiqlar, karnaub mumi (kukun) – qoldiqlar. * – saqlash bo‘yicha 48 mg magniy (Mg++) ga 48 mg ekvivalent.

Preparatning savdo nomi:

Magne V.

Farmakalogik guruhi:

magniy preparati.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan oval ikki yoqlama qavariq silliq yaltiroq yuzali tabletkalar.

magniy preparati.

Alohida yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan magniy tanqisligi, quyidagi belgilar bilan kechuvchi holatlar: yuqori ta’sirchanlik, uyquni biroz buzilishi, me’da-ichak spazmlari, yurakning tez urishi, tez charchash, mushaklarda og‘riq va sanchilish hissi kuzatilganda.

Tabletkalarni butunligicha, bir stakan suv bilan ichish lozim.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda (<0.01%): allergik reaktsiyalar, shu jumladan teri reaktsiyalari; Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Tez-tezligi noma’lum (yuzaga chiqish tezligini baholash mavjud ma’lumotlarga ko‘ra mumkin emas): diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm.

Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).Fenilkentonuriya.6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).Nasliy galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning malabsorbtsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli).Bir vaqtda levodopa bilan qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” ga qarang) mumkin emas.

Levodopa bilan: levodopa faolligi piridoksin yordamida ingibitsiya qilinishi (agarda bu preparat aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa). Shuning uchun levodopa preparati aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birgalikda qabul qilinmasa, shu vaqtda istalgan miqdordagi piridoksinni qabul qilishdan saqlaning.

Homiladorlik Yetarlicha miqdordagi homilador ayollarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar preparatning  homila rivojlanishidagi nuqsonlarni kelib chiqishiga nojo‘ya ta’siri yoki fetotoksik ta’sirini aniqlamadi. Magne V6® preparati homiladorlik vaqtida faqat shifokorning tavsiyasi bilan zarur holatlarda qo‘llanilishi mumkin. Emizish davri Magniyning ko‘krak sutiga o‘tishini hisobga olib, preparatni qabul qilish zarurati bo‘lgan vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Original o‘ramida 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz beriladi

10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterlarda. 5 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.