Lozartanning nojo‘ya samaralari odatda o‘tuvchan va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Lozartan nazoratli tekshirishlarda essentsial gipertenziyani davolash uchun qo‘llanganida, barcha nojo‘ya samaralari ichida platsebodan faqat bosh aylanishlarini rivojlanish tez-tezligi 1% ko‘proqqa farq qilgan (4,1% qarshi 2,4%).
Antigipertenziv vositalar uchun xos bo‘lgan dozaga bog‘liq ortostatik ta’siri lozartan qo‘llanganida 1% kam bemorlarda aniqlangan.
Preparat qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralari, ularning paydo bo‘lishini tez-tezligiga qarab toifalarga tasniflangan: juda tez-tez ≥10; tez-tez > 1/100, ≤1/10; ba’zida ≥1/1000, ≤1/100; kam ≥1/10000, ≤1/1000; juda kam ≤1/10000, shu jumladan, alohida xabarlar.
Uchrash tez-tezligi 1% dan ko‘proq bo‘lgan nojo‘ya samaralari Umumiy simptomlariLozartan (n=2085)Platsebo (n=535)Asteniya, toliqish3,83,9Ko‘krak qafasi sohasida og‘riq1,12,6Periferik shishlar1,71,9Yurak qon-tomir tizimi Yurak urib ketishi1,00,4Taxikardiya1,01,7Ovqat hazm qilish tizimioQorinda og‘riq1,71,7Diareya1,91,9Dispepsik holatlar1,11,5Ko‘ngil aynishi1,82,8Tayanch-harakat apparatiBelda, oyoqlarda og‘riq1,61,1Boldir mushaklarini tirishishlari1,01,1Nevrologiya/psixiatriyaBosh aylanishi4,12,4Bosh og‘rig‘i14,117,2Uyqusizlik1,10,7Nafas tizimiYo‘tal, bronxit3,12.6Burunni bitishi1,31,1Faringit1,52,6Sinusit1,01,3Yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari6,55,6 1% dan kam tez-tezlikda uchraydigan nojo‘ya samaralari: Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya (dozaga bog‘liq), burundan qon ketishi, bradikardiya, aritmiyalar, stenokardiya, vaskulit, miokard infarkti.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlarini qurishi, tish og‘rig‘i, qusish, meteorizm, gastrit, qabziyat, gepatit, jigar faoliyatini buzilishi.
Teri qoplamalari tomonidan: terini qurishi, eritema, ekximozlar, fotosensibilizatsiya, kuchli terlash, alopetsiya.
Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish (shu jumladan nafas yo‘llari obstruktsiyasini keltirib chiqaruvchi xiqildoq va tilni shishi va/yoki yuz, lablar, tomoqni shishi).
Qon yaratish tizimi tomonidan: ba’zida – anemiya (gemoglobin va gematokrit kontsentrtsiyasini ahamiyatsiz darajada kamayishi, muvofiq o‘rtacha 0,11% va 0,09% hajm, kam hollarda – klinik ahamiyatga ega bo‘lgan), trombotsitopeniya, eozinofiliya, Shenleyn-Genox purpurasi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, artrit, yelkada, tizzada og‘riq, fibromialgiya.
Markaziy nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bezovtalik, uyquni buzilishi, uyquchanlik, xotirani buzilishi, periferik neyropatiyalar, parasteziyalar, giposteziya, tremor, ataksiya, depressiya, xushdan ketish, quloqlarda shovqin, ta’m bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, kon’yunktivit, migren.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: siyishga imperativ qistovlar, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, buyraklar faoliyatini buzilishi, libidoni susayishi, impotentsiya.
Boshqalar: podagra.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tez: giperkaliyemiya (qon plazmasidagi kaliyning darajasi 5,5% dan ko‘proq); ba’zida – qon plazmasida mochevina va qoldiq azot yoki kreatinin darajasini oshishi; juda kam hollarda – “jigar” transaminazalari: aspartataminotransferazalar (AST) va alaninaminotransferazalar (ALT), faolligini o‘rtacha oshishi giperbilirubinemiya.