Lotosed ATM

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

majmuaviy preparat

Preparatning savdo nomi:

Lotosed ATM

Farmakalogik guruhi:

Sedativ vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki yoqlama qavariq, moviy rangli tabletkalar.

Sedativ vosita.

turli etiologiya nevrozlari;vahima, qo‘rqish, yuqori toliqish, parishonlik bilan kechadigan nevrasteniyani yengil ko‘rinishlari;yuqori nerv quzg‘aluvchanligi;ta’sirchanlik;kayfiyatni o‘zgaruvchanligi;emotsional va jismoniy jarohatlar;doimiy ruhiy zo‘riqish holatlari;kuchli charchoq (“menedjer sindromi”);uyqusizlik (yengil ko‘rinishlari);gipertonik va kardial turdagi neyrotsirkulyator distoniya;asteniya sindromida (giperstatik ko‘rinishi) qo‘llaniladi.

Kattalarga ichga 1 tabletkadan kuniga 2 marta; uyqusizlikda – 1 tabletkadan uyqudan 1 soat oldin. Davolash kursi 30 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.

Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;homiladorlik;emizish davri;yosh (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi (shu jumladan uxlatuvchi), gipotenziv vositalarning, analgetik preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi (ularning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinadi).

Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlash va tezkor harakat va ruhiy reaktsiyalarni talab qiladigan faoliyat (transportni haydash, mexanizmlarni boshqarish) turlaridan saqlanish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: uyquchanlik, lanjlik, tushkunlikka tushish hissi, ko‘ngil aynishi. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

10 tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylaniladi.

3 yil.