Loroben

Tarkibi:

30 ml sprey quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 45 mg benzidamin gidroxloridi, 36 mg xlorgeksidin glyukonati; yordamchi moddalar: polisorbat 20, sorbitol 70%, propilenglikol, xinolin sarig‘i, yalpizli essentsiya, saxaroza, Ecocool MP, Patent V Blue, limon kislotasi monogidrati, natriy tsitrati digidrati, tozalangan suv. Har bir purkalma (~0,13 ml) 0,156 mg benzidamin gidroxloridi, 0,195 mg  xlorgeksidin glyukonati saqlaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

benzidamin gidroxloridi, xlorgeksidin glyukonati

Preparatning savdo nomi:

Loroben

Farmakalogik guruhi:

mahalliy peroral qo‘llash uchun dori vositalari.

Dori shakli:

oral sprey

yashil rangli tiniq suyuqlik

mahalliy peroral qo‘llash uchun dori vositalari.

A01AD02

Benzidamin yallig‘langan shilliq qavatda yaxshi absorbtsiyalanadi va yallig‘lanishga qarshi hamda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Chayilganidan keyin taxminan 30% xlorgeksidin og‘iz bo‘shlig‘ida ushlanib turadi va 24 soat davomida u asta-sekin so‘lakka ajraladi. Xlorgeksidin glyukonati me’da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi; qonda aniqlanadigan kontsentratsiyalari topilmaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘ida va tomoqda og‘riqli holatlarni (angina, faringit, tonzillit, aftoz stomatit, glossitni), tomoqda va og‘iz bo‘shlig‘ida jarrohlik aralashuvlarida og‘riqlarni vaqtincha bartaraf etish uchun. Kimyoterapiya, radioterapiya, boshqa aralashuvlar (shu jumladan traxeya intubatsiyasi) va shikastlanishlar oqibatida hosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash uchun. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, asoratlari, paradont kasalliklarini davolash uchun. Gingivitlarni davolash va oldini olish uchun. Tish ustida qoplanmalar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini saqlab turish uchun qo‘llaniladi.

Spreyning applikatoriga, muntazam oqimga erishilmagunga qadar bosib turish kerak4. Applikatorning uchligini, uchlik og‘iz bo‘shlig‘ida yaxshi o‘rnashmaguncha ko‘tarish, va shundan so‘nggina applikatorga bosish kerak. Purkashni turli sohalarga 4 marta takrorlash kerak. Xlorgeksidin Loroben™ preparatining tarkibida tish qoplanmasi hosil bo‘lishini va davolash jarayonida gingivitni kamayishiga yordam beradi. Loroben™ preparatining tarkibidagi xlorgeksidin keltirib chiqargan rangli dog‘lar hosil bo‘lishini kamaytirish uchun tishlarni oldindan tish cho‘tkasi bilan tozalash lozim. Spreyli flakonni vertikal ushlash kerak. Eritmani yutish mumkin emas. Ishlatib bo‘linganidan keyin eritmani tuflab tashlash lozim.

Loroben™ oral sprey ta’siri odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va kam nojo‘ya ta’sirlarga ega.

Benzidamin, xlorgeksidin yoki preparatning biror-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Xlorgeksidin tuzlari sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosibdir. Xlorgeksidin tuzlari kationli va noionli sirt tarangligi bo‘yicha faol substantsiyalari bilan mutanosibdir, biroq yuqori kontsentratsiyalarda birga ishlatilishi xlorgeksidinni mitseliy bilan bog‘lanishi oqibatida preparatning faolligini pasaytiradi. Tsetrimid va lissapol NX kabi sirt tarangligi bo‘yicha faol moddalar eruvchanlikni oshishini keltirib chiqarishi mumkin. Natriy alginati, natriy karboksimetiltsellyulozasi, gummiarabik, kraxmal kabi anionli polielektrolitlar bilan nomutanosib; ularni bir vaqtda qo‘llash samaradorlikni pasaytiradi. Brilliant ko‘ki, xloramfenikol, natriy flyuorestsini, formaldegid, kumush nitrati, rux sulfati, mis sulfati bilan nomutanosibdir. Qattiq suv bilan suyultirilganida kaltsiy va magniy kationlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishi natijasida erimaydigan tuzlar ko‘rinishida cho‘kma hosil qilish mumkin. Agar xlorgeksidinni benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar, sulfatlar bilan hosil qilingan tuzlarining kontsentratsiyasi 0,05% dan ko‘p bo‘lsa, u holda past darajada eriydigan tuzlar shakllanadi va cho‘kmaga tushadi. Tsetrimid ushbu tuzlar eruvchanligini oshiradi, kombinatsiyada bunday pretsipitantlar uchramaydi. Xlorgeksidin glyukonatini tsetrimid va benzalkoniy xloridi bilan mos kelishi bakteritsid faollikni sinergik oshishida namoyon bo‘ladi. Tsetrimid xlorgeksidinni qattiq suvda cho‘kishini so‘ndiradi. Xlorgeksidin glyukonatidan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari suvga nisbatan spirtda yaxshi eriydi. Xlorgeksidin glyukonati eritmasi spirt qo‘shilganida cho‘kmaga tushishi mumkin. Eritmada 7% spirtni ishtirok etishi uni grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi samaraliroq qiladi, chunki eritma tsellyuloza filtrlari orqali filtrlanadi; so‘rilish ehtimoli bor. Benzidaminning dorilar bilan ma’lum o‘zaro ta’siri yo‘q.

Faqat sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi. Faqat og‘iz bo‘shlig‘i uchun qo‘llanilsin. Yutilmasin. Og‘iz bo‘shlig‘ida, ayniqsa til va tishlarda qaytuvchan rangli iz qoldirishi mumkin. Agar tomoqda og‘riq bakterial infektsiya bilan bog‘liq bo‘lsa, Loroben™ preparati bilan birga antibakterial terapiyani buyurish mumkin. Tizimli ta’sir ehtimoli buyrak kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e’tiborga olinadi, chunki benzidamin va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Tizimli ta’sir ehtimoli jigar kasalliklari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilganida e’tiborga olinadi, chunki benzidamin jigarda metabolizmga uchraydi. Loroben™ oral spreyni klinik qo‘llash tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Xlorgeksidin glyukonatini homilador ayollarga ta’siri yuzasidan nazoratli tadqiqotlar yo‘q hamda benzidaminni hayvonlar va homilador ayollarga ta’siri yuzasidan adekvat tadqiqotlar xam yo‘q. Preparatning tarkibiga kiruvchi faol moddalar kombinatsiyasini hayvonlar va homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan; shu boisdan preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Adekvat tadqiqotlar yo‘qligi tufayli, preparatni ayollarda laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Preparatni qo‘llash usulini inobatga olgan holda dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Tasodifan katta dozalar yutib yuborilganida simptomatik davolash buyuriladi. Maxsus antidot mavjud emas.

Retseptsiz beriladi

Loroben™ oral sprey oq flakonda. 1 flakon (30 ml) va applikator komplektda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga solingan.

2 yil.