Lorista N 100retsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Lorista® N 100

Lorista® N 100 preparatini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Agar Siz o‘zingizni homiladorman deb hisoblasangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa) shifokorni xabardor qilish kerak. Lorista® N 100 preparatini homiladorlikning erta muddatida tavsiya qilinmaydi va      3 oydan katta muddatdagi homiladorlikda qo‘llanmaydi, chunki uni bu davrda qo‘llash bolaga jiddiy zarar keltirishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang). Lorista® N 100 preparatini  qo‘llashni boshlashdan avval bu vaqtda shifokoringizga xabar qilishingiz muhim: agar ilgari Sizda yuz, lab, tomoq yoki tilni shishi rivojlangan bo‘lsa,agar Siz diuretiklarni (siydik haydovchi vositalar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz,agar Siz tuz cheklangan parhezda bo‘lsangiz,agar Sizda kuchli qusish va/yoki diareya bo‘lsa yoki bo‘lgan bo‘lsa,agar Siz yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan bo‘lsangiz,agar Sizda jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lsa (2. “Lorista® N 100 preparatini qo‘llamang” bo‘limiga qarang),agar Sizda buyrak arteriyalarining torayishi (buyrak arteriyalarini stenozi) yoki faqat bitta faoliyat ko‘rsatayotgan buyrak bo‘lsa, yoki yaqinda Siz buyrak ko‘chirib o‘tkazilganligini boshdan kechirgan bo‘lsangiz,agar Sizda arteriyalarni torayishi (ateroskleroz), stenokardiya (yurakni yaxshi ishlashi tufayli ko‘krakda og‘riq) bo‘lsa,agar Sizda “aortal yoki mitral klapanini stenozi” (yurak klapanlarini torayishi) yoki “gipertrofik kardiomiopatiya” (yurak mushaklarini qalinlashishini chaqiradigan kasallik) bo‘lsa,agar Sizda qandli diabet bo‘lsa,agar Sizda podagra bo‘lgan bo‘lsa,agar Sizda allergik reaktsiyalar, astma yoki bo‘g‘imlarda og‘riq chaqiradigan kasalliklar, teri toshmalari va isitma (tizimli qizil yugurik) bo‘lsa yoki bo‘lgan bo‘lsa,agar Sizda kaltsiyni yuqori darajasi va kaliyni past darajasi bo‘lsa yoki Siz kaliyni miqdori past bo‘lgan parhezda bo‘lsangiz,agar Sizda anesteziyani bajarish kerak bo‘lsa (xatto stomatologga borganda) yoki operatsiyadan oldin, yoki agar Siz qalqonsimon oldi bezining funktsiyasini tekshirish uchun tahlillarni topshirmoqchi bo‘lsangiz, Siz lozartan kaliy va gidroxlorotiazid saqlagan tabletkalarni qo‘llayotganingizni haqida shifokorga yoki tibbiyot xodimiga xabar qilishingiz kerak,agar Siz birlamchi giperaldosteronizm (buyrak usti bezlarining bu bezlardagi o‘zgarishlar chaqirgan aldosteron gormonining yuqori sekretsiyasi, bilan bog‘liq sindrom) bilan xastalangan bo‘lsangiz,agar Siz yuqori arterial bosimini davolash uchun quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz:AAF ingibitorlarini (masalan, enalapril, lizinopril, ramipril), xususan agar Sizda qandli diabet bilan bog‘liq buyraklar tomonidan buzilishlar aniqlangan bo‘lsa,aliskiren. Sizni shifokoringiz buyraklaringizni funktsiyasini, arterial bosimni va qonda elektrolitlarni miqdorini (masalan, kaliy) muntazam intervallarda tekshirish mumkin. Shuningdek “Lorista® N 100 preparatini qo‘llanmasin” sarlavhasi ostida ma’lumotga qarang.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homilador bo‘lishingiz mumkinligini taxmin qilsangiz, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Homiladorlik Agar Siz homilador bo‘lsangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa) shifokorni xabardor qilish kerak. Sizni shifokoringiz odatda Sizga Lorista® N 100 preparatini qabul qilishni homiladorlik boshlanishdan oldin yoki darhol Sizni homilador ekanligizni bilgan zahoti to‘xtatish kerakligi to‘g‘risida maslahat beradi va Sizga Lorista® N 100 preparatini o‘rniga boshqa preparatni qo‘llash to‘g‘risida maslahat beradi. Lorista® N 100 homiladorlikni erta bosqichida tavsiya qilinmaydi va Siz uni 3 oydan ko‘p muddatdagi homiladorlikda qo‘llamasligingiz kerak, chunki bu agar Siz preparatni homiladorlikni uch oyli muddatdan keyin qo‘llaydigan bo‘lsangiz, Sizni bolangizga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Emizish davri Agar Siz emizsangiz yoki emizishni boshlashni rejalashtirsangiz shifokorga xabar qiling Lorista® N 100 ni emizikli onalarga tavsiya qilinmaydi, va agar Siz emizishni hohlasangiz shifokoringiz Sizga boshqa preparatni tanlab berishi mumkin.