Loperamid Nika

Tarkibi:

faol modda: loperamid gidroxloridi – 2 mg; yordamchi moddasi: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

): loperamid

Preparatning savdo nomi:

Loperamid-Nika

Farmakalogik guruhi:

Diareyaga qarshi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

oq jelatinli qattiq kapsulalar. Kapsula tarkibi – oq yoki sariq tusdagi oq rangli kukun.

Diareyaga qarshi vosita.

Ichga qabul qilinganida so‘rilishi 40% tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga kapsula qabul qilinganidan keyin 2,5 soat o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi (ko‘proq albuminlar bilan) – 97%. Gematoentsefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Jigardan kon’yugatsiya yo‘li bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 9-14 soat (o‘rtacha 9,8 soat). Ko‘proq safro orqali, oz qismi buyraklar orqali chiqariladi (kon’yugatsiya bo‘lgan metabolitlari ko‘rinishida).

Kelib chiqish sabablari turli bo‘lgan (allergik, emotsional, dorili, nurli; ovqatlanish tartibini va ovqatning tarkibini sifati o‘zgarganida, metabolizm va so‘rilish buzilganida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida) o‘tkir va surunkali diareyani simtomatik davolashda qo‘llanadi. Ileostomali patsiyentlarda ich kelishini boshqarishda qo‘llanadi.

Ichga, chaynamasdan, suv bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga o‘tkir diareyada dastlab 2 kapsula (4 mg) loperamid buyuriladi, so‘ngra suyuq ahlat ajralishi davom etgan holda 1 kapsuladan (2 mg) har defekatsiyadan keyin buyuriladi, yuqori sutkalik doza – 8 kapsulani (16 mg) tashkil qiladi. Kattalarga surunkali diareyada sutkada 4 mg dan buyuriladi. Maksimal sutkalik doza –    16 mg ni tashkil qiladi. 6 yoshdan oshgan bolalarga o‘tkir diareyada boshlang‘ich doza 2 mg, so‘ngra suyuq ahlat ajralishi davom etgan holda 2 mg dan har defekatsiyadan keyin. Maksimal sutkalik doza – 4 kapsulani (8 mg) tashkil qiladi. 6 yoshdan oshgan bolalarga surunkali diareyada loperamid 2 mg sutkalik dozada buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – tana vazni 20 kg ga 6 mg dan. Ich kelishi normallashganidan keyin yoki ich kelishi 12 soatdan ko‘proq vaqt ichida kuzatilmasa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Odatda, faqat dori vositasi uzoq vaqt qabul qilinganida kuzatiladi. Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), uyquchanlik, bosh aylanishi, gipovolemiya, elektrolit buzilishlar, og‘izni qurishi, ichak sanchig‘i, gastralgiya, qorinda og‘riq yoki diskomfort, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm kuzatilishi mumkin. Kam hollarda – siydik tutilishi, juda kam hollarada– ichak tutilishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, o‘tkir yarali kolit, divertikulez, o‘tkir soxtamembranoz enterokolit fonidagi diareya, dizenteriya va me’da-ichak yo‘llarining boshqa infektsiyalarida. Homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (loperamid kapsulalari 6 yoshgacha bolalarga buyurilmaydi) qo‘llash mumkin emas.

Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan.

Loperamid 2 sutka qo‘llanganidan keyin samara bo‘lmaganida tashxisni aniqlash va diareyaning infektsion kelib chiqishiga ega emasligini  istisno qilish kerak. 6 yoshdan kichik bolalarga kapsulalarda buyurish tavsiya qilinmaydi. Agarda davolayotganda qabziyat yoki qorin dam bo‘lishi rivojlansa, loperamidni bekor qilish kerak. Jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda markaziy nerv tizimining zaharli shikastlanish belgilarini diqqat bilan nazorat qilish kerak. Diareyaning davolash davrida suyuqlik va elektrolitlarning yo‘qotilishini to‘ldirish kerak. Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli, diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishini belgilari (stupor, harakat koordinatsiyasini buzilishi, uyquchanlik, ko‘z qorachig‘ini torayishi (mioz), skelet mushaklarining tonusini oshishi, nafasni susayishi), ichakni tutilishi. Davolash: maxsus antidoti sifatida nalokson ishlatiladi. Loperamidning ta’sir qilish vaqti naloksonga qaraganda uzoqroqligini hisobga olib, naloksonni takror yuborish mumkin. Simptomatik davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish (preparat qabul qilinganidan keyingi birinchi 3 soatda), o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi.

Retseptsiz

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.