Lokoid Lipokrem

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gidrokortizon 17-butirati – 1,0 mg, yordamchi moddalar: suyuq parafin – 180,00 mg, oq yumshoq parafin – 420,00 mg, tsetostearil spirti – 60,00 mg, tsetomakrogol 25 – 30,00 mg, propilparagidroksibenzoati – 0,50 mg, benzil spirti – 5,00 mg, suvsiz limon kislotasi – 1,80 mg, suvsiz natriy tsitrati – 1,20 mg, tozalangan suv – 300,50 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidrokortizon (hydrocortisone)

Preparatning savdo nomi:

Lokoid Lipokrem

Farmakalogik guruhi:

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem

oq rangli bir xil krem.

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar.

D07AB02

So‘rilishi Applikatsiyadan keyin faol modda epidermisda, asosan donador qavatda to‘planadi, gidrokortizon 17-butiratining ko‘p bo‘lmagan miqdori o‘zgarmagan holda qon aylanish tizimiga so‘riladi. Metabolizmi Teri orqali so‘rilgan gidrokortizon 17-butirati bevosita epidermisda va keyinchalik jigarda metabolizmga uchraydi va gidrokortizon va boshqa metabolitlari hosil bo‘ladi. Chiqarilishi Metabolitlari va o‘zgarmagan gidrokortizon 17-butiratining oz qismi siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Terining mahalliy glyukokortikosteroidlarga sezgir, yuza joylashgan, infektsiyalanmagan quyidagi kasalliklarda qo‘llanadi:

gidrokortizon yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;terining bakterial infektsiyalarida (strepto- va stafilodermiyada, grammanfiy follikulit va xokazo);terining virusli infektsiyalarida (oddiy gerpes, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki va xokazo);terining zamburug‘li infektsiyalari;teri tuberkulyozi yoki sifilitik shikastlanishlar;terining parazitar infektsiyalari;terining neoplastik o‘zgarishlari (xavfli va xavfsiz o‘smalar);akne, rozatsea, perioral dermatit;vaktsinadan keyingi davr;teri qoplamalari butunligini buzilishi (jarohatlar, yaralar).

Lokoidni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Glaukomani rivojlanish xavfi tufayli, Lokoid® ni periorbital sohaga surtish mumkin emas. Kon’yunktivaga muntazam tushgan hollarda ko‘z ichki bosimini oshish xavfi yuz beradi. Lokoid Lipokrem® boshning sochli qismiga, shuningdek o‘tkir yallig‘lanishda (ayniqsa ekssudativ) qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Yuz, teri burmalari, genitaliy, shuningdek ko‘p soch bo‘lgan teri sohalarida joylashgan steroidga sezgir terini shikastlanishlarini davolash uchun Lokoidning boshqa dori shakllarini (krem, krelo) qo‘llash tavsiya etiladi. Juda yaqqol infiltratsiyada, giperkeratozda surtma dori shaklini qo‘llagan afzal. Terining atrofik o‘zgarishlari bo‘lganida preparatni qo‘llamagan afzal. Mahalliy va tizimli nojo‘ya samaralarni kelib chiqish xavfi jarohatlarni katta sohalariga surtilganda, uzoq muddat qo‘llanganda, okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganda va bolalarda qo‘llanganda oshadi. Ikki xafta davomida uzluksiz davolashda samara bo‘lmasa tashxisni aniqlash lozim. Har qanday glyukokortikosteroid preparatni ishlatilganda bo‘lgani kabi, qo‘llash davomiyligini cheklash va teri hosi bo‘lish jarayonini bartaraf etish uchun yetarli bo‘lgan minimal kursli dozani qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Glyukokortikosteroidlar yo‘ldosh orqali o‘tadi. Homilaga ta’siri preparatni katta yuzalarga qo‘llanganda ayniqsa kuchli namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘krak suti bilan ajralib chiqadigan gidrokortizonning miqdori haqida ma’lumotlar yo‘q; preparat laktatsiya davrida buyurilganda o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga Lokoidning ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

Lokoidning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Uzoq muddat katta dozalarda qo‘llanilganda yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar kuchayishi mumkin. Giperkortitsizim simptomlari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish lozim.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun 0,1% li krem. 30 g krem yuqori zichlikdagi polietilen qopqoqli alyumin tubalarga joylanadi. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.