Lokoid Krelo

Tarkibi:

1 g emulsiya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gidrokortizon 17-butirati – 1 mg, yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin – 35,00 mg, qattiq parafin – 50,00 mg, tsetomakrogol 25 – 20,00 mg, tsetostearil spirti – 20,00 mg, bodringo‘t moyi – 17,50 mg, propilenglikol – 50,00 mg, butilgidroksitoluol – 0,20 mg, propilparagidroksibenzoat – 3,00 mg, butilparagidroksibenzoat – 1,50 mg, limon kislotasi – 6,00 mg, natriy tsitrati – 5,00 mg, tozalangan suv – 790,80 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidrokortizon (hydrocortisone)

Preparatning savdo nomi:

Lokoid Krelo

Farmakalogik guruhi:

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun emulsiya

oq yoki deyarli oq rangli emulsiya.

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

D07AB02

So‘rilishi Applikatsiyadan keyin faol modda epidermisda, asosan donador qavatda to‘planadi, tizimli to‘planishi ahamiyatsiz darajada. Gidrokortizon 17-butiratining oz miqdori o‘zgarmagan shaklda tizimli qon oqimiga so‘riladi. Metabolizmi Gidrokortizon 17-butiratining ko‘p qismi bevosita epidermisda gidrokortizon va boshqa metabolitlargacha, keyinchalik jigarda metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Metabolitlari va o‘zgarmagan gidrokortizon 17-butiratning ozgina qismi buyrak va ichak orqali chiqariladi.

Terining mahalliy glyukokortikosteroidlarga sezgir yuzaki, infektsiyalanmagan quyidagi kasalliklarida qo‘llanadi: dermatitlar, shu jumladan atopik, kontaktli, seboreyali;ekzema;psoriazda qo‘llanadi .

Sirtga buyuriladi. Lokoid Krelo® ni o‘tkir yallig‘lanishda, ayniqsa namlangan sohalarga qo‘yish, shuningdek ushbu dori shakli terining sochli qoplamali sohalarida (masalan, bosh terisining sochli qismi) qo‘llash maqsadga muvofiq. Preparat yupqa qavat qilib shikastlangan teriga sutkada 1-3 marta surtiladi. Ijobiy dinamika paydo bo‘lganidan keyin surtishlar sonini haftada 2-3 martagacha kamaytirish mumkin. Preparatni yengil uqalovchi harakatlar bilan surtish mumkin, zarurati bo‘lganida namlangan yuzaga Lokoid Krelo® qo‘yilganidan keyin okkyuzion bog‘lam qo‘yiladi. Lokoid Krelo® ning qoldiqlari teri yuzasidan suv bilan yuvib tashlanadi. Hafta davomida ishlatiladigan preparatning dozasi 30-60 g dan oshmasligi kerak.

Mahalliy reaktsiyalar: Terini ta’sirlanishi, kam hollarda – sirtga qo‘llanadigan steroid davolashga xarakterli bo‘lgan boshqa mahalliy reaktsiyalar. Tizimli reaktsiyalar: Uzoq muddat qo‘llanganida, katta yuzalarga surtilganida va/yoki okklyuzion bog‘lamlar ishlatilganida, tizimli glyukokortikosteroidlarga xos nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin. Mahalliy va tizimli nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish xavfi Lokoid Krelo® qo‘llanganida, ftorlangan steroidlar ishlatilganidagiga qaraganda pastroq.

gidrokortizonga yoki preparatning yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.terining bakterial infektsiyalari (strepto- va stafilodermiya, grammanfiy follikulit va boshqalar);terining virusli infektsiyalari (oddiy gerpes, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki va boshqalar);terining zamburug‘li infektsiyalari;teri tuberkulyozi va sifilitik shikastlanishlar;terining parazitar infektsiyalari;terining neoplastik o‘zgarishlari (xavfsiz va xavfli o‘smalar);akne, rozatsea, perioral dermatit;postvaktsinal davr;teri qoplamalari butunligini buzilishida (yaralar, jarohatlar) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri.

Lokoid Krelo® ni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Glaukoma rivojlanish xavfi tufayli, Lokoid Krelo® ni periorbital sohaga qo‘yish mumkin emas. Kon’yunktivaga tizimli tushishida ko‘z ichki bosimini oshishi xavfi paydo bo‘ladi. Yaqqol lixenifikatsiyada, terini quruqligida, giperkeratozda Lokoidning surtma shaklini yoki Lipokremni qo‘llagan afzal. Preparatni terining atrofik o‘zgarishlari bo‘lganida qo‘llamagan afzal. Mahalliy va tizimli nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lish xavfi katta shikastlangan sohalarga qo‘yilganida, uzoq vaqt qo‘llanganida, okklyuzion bog‘lamlar ishlatilganida va bolalarda oshadi. Uzluksiz 2 hafta davomida davolashdan keyin samara bo‘lmaganida diagnozni aniqlashtirish lozim. Har qanday glyukokortikosteroid preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, teri hosil bo‘lish jarayonini bartaraf etish uchun yetarli davolash kursi davomiyligi va kursli dozani cheklagan afzal.

Glyukokortikosteroidlar yo‘ldosh orqali o‘tadi. Homilaga ta’siri ayniqsa preparatni katta yuzalarga surtilganda yaqqol bo‘lishi mumkin. Ko‘krak suti bilan ajraladigan gidrokortizonning miqdori haqida ma’lumotlar yo‘q; preparat laktatsiya davrida buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Lokoidni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Lokoid Krelo® ning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yuqorida ta’riflangan nojo‘ya samaralarni kuchayishi mumkin. Giperkortitsizm simptomlari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish lozim.

Retseptsiz

30 g dan emulsiya past zichlikdagi polietilen tomchilagich va polipropilen buraladigan qopqoqli past zichlikdagi polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.