Lofoksretsept bilan

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lomefloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Lofoks

Farmakalogik guruhi:

mikroblarga qarshi vosita – ftorxinolon.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan suyuqlik.

mikroblarga qarshi vosita – ftorxinolon.

S01AX17.

2 kun davomida kuniga 5 marta 1 tomchidan va 3 kuni 5 tomchi instillyatsiyasidan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) – 90 minutni, maksimal kontsentratsiyasi ko‘rsatkichi (Smax) – 2,5 soatdan keyin 1 mkg/ml ni tashkil etadi. Shox parda, sklera, qovoq, kon’yunktiva va ko‘z ichki suyuqligidagi terapevtik kontsentratsiyasi 5 minut interval bilan 1 tomchidan 5 instillyatsiyadan keyin erishiladi. 1-2 instillyatsiyadan keyin ko‘z yoshi suyuqligidagi miqdori – 2 soatdan keyin 40-200 mkg/ml, 6 soat va undan keyin 7-27 mkg/ml, 24 soatdan keyin – 3 mkg/ml ni tashkil etadi.

Ko‘z oldingi sohalarining bakterial infektsiyalari (kon’yunktivit, blefarit, blefarokon’yunktivit, shu jumladan xlamidiya etiologiyali) da qo‘llanadi.

Kattalarga pastki kon’yunktival qopchaga 1 tomchidan sutkada 2-3 marta 7-9 kun davomida buyuriladi. Davolashni boshida tez-tez yuborish zarur: 20 minut davomida 5 tomchi (1 tomchidan 5 minut interval bilan) yoki bir soatda 1 tomchidan 6-10 soat davomida buyuriladi. Xlamidiyali kon’yunktivitlarni davolash uchun 1 tomchi preparat shikastlangan ko‘zning kon’yunktival qopchasiga 2-4 marta 1-2 oy davomida tomiziladi.

Achishish hissi, uzoq muddat qo‘llanilganida – ikkilamchi zamburug‘li infektsiyani rivojlanishi. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Dori vositasining komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik. Laktatsiya (emizish) davri, bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Ma’lumotlar yo‘q.

Davolash davrida kontakt linzalarni taqishdan saqlanish kerak. Davolash davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlikda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda. Muzlatilmasin.

Ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Ko‘z tomchilari 0,3%. 5 ml dan rezina tiqin bilan berkitilgan va qalpoqcha bilan qisilgan, yorug‘likdan himoyalovchi shisha flakonda. 1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. 1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va qopqoqcha-tomchilagich bilan karton qutiga joylanadi. 5 ml dan dozator-uchlik va plastik buraladigan qopqoq bilan ko‘z tomchilari uchun flakonda yoki tomchilagich tiqin va buraladigan qopqoq bilan polimer flakon-tomchilagichda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. 50 flakondan teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton qutiga joylanadi (statsionarlar uchun).

2 yil. Flakon ochilganidan keyin eritma 1 oy davomida qo‘llanilsin.