Loenzar Sanovelretsept bilan

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: lansoprazol 30 mg; yordamchi moddalar: magniy karbonati, mikrogranulalar aralashmasi (saxaroza, kraxmal), (NRS-31) gidroksipropil tsellyuloza, (NRS-L) gidroksipropil tsellyuloza, tozalangan suv, metakrill kislotasini sopolimeri, talk, titan dioksidi, polietilenglikol 600, polisorbat 80, kolloidli kremniy dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lansoprazol

Preparatning savdo nomi:

Loenzar-Sanovel

Farmakalogik guruhi:

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi preparat – proton nasosi ingibitori.

Dori shakli:

kapsulalar

enterik qobiq bilan qoplangan oq yoki deyarli oq rangli mikrogranulalar saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi preparat – proton nasosi ingibitori.

A02VS03

So‘rilishi: xlorid kislotasi lansoprazolga ta’sir ko‘rsatganligi tufayli, uni enterosolyubil mikrogranulalar ko‘rinishida qabul qilinadi. Preparat ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning biokiraolishligini pasaytiradi. Chiqarilishi: yarim chiqarilish davri 1,4 soatni tashkil qiladi. Davolash davomiyligiga qarab yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi. Ko‘p qismi organizmdan safro bilan, 15-30% metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

Preparat kattalarda quyidagilarda ko‘rsatilgan: o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qisqa muddatli davolash;me’daning xavfsiz yarasini qisqa muddatli davolash;NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq me’da va 12-barmoq ichak shilliq qavatini shikastlanishlarini oldini olish va davolash;reflyuks-ezofagit va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolash;gipersekretor holatlarni, shu jumladan Zollinger-Ellison sindromini uzoq vaqt davolash;Pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolashda qo‘llanadi. 1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda reflyuks-ezofagitni qisqa muddatli simptomatik davolash va eroziv ezofagitni davolash uchun preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.

Tavsiya etiladigan doza 4 xafta davomida ovqatlanish vaqtida sutkada 30 mg ni tashkil qiladi.

Lansoprazol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Qisqa (8 xaftagacha) davolash kursi davomida ko‘pincha quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanadi: diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qabziyat. Eroziv ezofagit, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kaalligini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda 12 oy davomida 15 mg yoki 30 mg lansoprazol qabul qilgan       2% dan ko‘proq patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilgan: qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, bel va ko‘krak sohasida og‘riq, infektsiyalar, to‘satdan lat yeyishlar; ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, poliplar, qusish, tish kasalliklari, ko‘ngil aynishi, gastroenteritlar, rektal buzilishlar; tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya. 1% dan kamroq holatlarda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilgan: anafilaksiya reaktsiyalari, asteniya, belda og‘riq, shish, isitma, og‘izda yoqimsiz hid, infektsiyalar, toliqish; yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak sohasida og‘riq, gipertenziya, gipotenziya, insultlar, miokardial infektsiyalar, yurak urib ketishi, shok (tomir yetishmovchiligi), vazodilatatsiya; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, kardiospazm, yot jismlar, o‘t-tosh kasalligi, qizilo‘ngach yarasi, ezofagit, rangsiz axlat, meteorizm, me’da tugunlari, ishtahani oshishi, so‘lak ajralishini kuchayishi, rektal qon ketishi, stomatit, tenezmlar, yarali kolit, qusish; endokrin tizimi tomonidan: qandli diabet, bo‘qoq, gipoglikemiya, giperglikemiya; qon yaratish va limfatik tizim tomonidan: agranulotsitoz, anemiya, aplastik anemiya, gemoliz, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura; oziqlanish va metabolizm buzilishlari: podagra, tana vaznini o‘zgarishi; tayanch-harakat apparati tomonidan: artrit/artralgiya, mialgiya, suyak-mushakda og‘riq; nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, amneziya, xavotirlik, apatiya, tirishish, depressiya, bosh aylanishi/hushdan ketish, gallyutsinatsiyalar, gemiplegiya, dushmanlik, libidoni oshishi/pasayishi, paresteziya; nafas tizimi tomonidan: bronxial astma, bronxitlar, yo‘tal, burundan qon ketishi, hiqichoq, pnevmoniya, yuqori nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari; teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan: husnbuzar, alopetsiya, toshma, qichishish, eshakemi; sezgi a’zolari tomonidan: karlik, ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘ruv maydoni nuqsoni, o‘rta quloqni yallig‘lanishi, ta’m bilishni yo‘qolishi, nutq nuqsoni. siydik tanosil tizimi tomonidan: hayz tsiklini buzilishlari, albuminuriya, ginekomastiya, ko‘krakni yuqori sezuvchanligi, gematuriya, impotentsiya, buyrakda toshlar, siydikni tutilishi.

lansoprazolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;homiladorlik;kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Lansoprazol tsitoxrom R450 tizimi tomonidan metabolizmga uchrashi ma’lum. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar lansoprazolni ushbu tizim tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar, aynan varfarin, antipirin, indometatsin, ibuprofen, fenitoin, propranolol, prednizolon, klaritromitsin yoki diazepam bilan biron-bir klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir yo‘qligini namoyish qilgan. Lansoprazol va teofillinni bir vaqtda qo‘llash teofillinning klirensi darajasini biroz (10%) oshirishi mumkin. Ushbu samarani oldini olish uchun lansoprazol va teofillinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak. Sukralfat va lansoprazolni bir vaqtda qo‘llash lansoprazolning biokiraolishligini 30% ga kamaytiradi. Shuning uchun lansoprazolni sukralfat qabul qilishdan kamida yarim oldin qabul qilish kerak. Lansoprazol me’da kislotasi sekretsiyasini ingibitsiya qiladi, buning oqibatida ketokonazol, ampitsillin efirlari, temir tuzlari va digoksin kabi biokiraolishligi me’daning rN ga bog‘liq bo‘lgan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Lansoprazolni antatsid preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin.

1 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda reflyuks-ezofagitni simptomatik davolash va eroziv ezofagitni qisqa muddatli davolaganda lansoprazolning samaradorligi va xavfsizligi aniqlangan. Preparatni keksa patsiyentlarga buyurganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Homilador va emizikli ayollarda lansoprazolning xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida lansoprazol teratogen ta’sir ko‘rsatmaganligiga qaramasdan, ehtiyotkorlik chorasi sifatida uni homiladorlik vaqtida buyurish mumkin emas. Preparat jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Bunda sutkalik doza 30 mg dan oshmaydi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilganda me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi va biokiraolishligini pasayishi mumkinligi tufayli, lansoprazolni ovqatlanishdan oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Preparatni 25°S dan yuqori bo‘lmagan hona haroratida saqlansin.

Lansoprazolga spetsifik antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborganda simptomatik davolash ko‘rsatilgan.

Preparat retsept bo‘yicha beriladi

Kapsulalar. O‘ramda mikrogranulali 14 yoki 28 kapsulalar, silikogel qopqoqchali yuqori zichlikdagi polietilen plastik flakonda.

3 yil.