LIZINOPRIL ASTRAFARMretsept bilan

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lizinopril

Preparatning savdo nomi:

LIZINOPRIL-ASTRAFARM

Farmakalogik guruhi:

antigipertenziv vosita (AAF ingibitori).

Dori shakli:

Tabletkalar Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 mg, 10 mg yoki 20 mg lizinoprilga qayta hisoblaganda lizinopril digidrati; yordamchi moddalar: kaltsiy gidrofosfati, mannit, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, suvsiz korloid kremniy dioksidi .

oq rangli, yassitsilindrik shaklli, chetlari o‘yilgan va bir tomonida riskali tabletkalar.

antigipertenziv vosita (AAF ingibitori).

S09AA03

– arterial gipertenziya; – surunkali yurak yetishmovchiligi; – gemodinamikasi ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lgan (arterial bosim 100 mm sim. ust. dan yuqori) patsiyentlarda miokard infarkti; – qandli diabetdagi diabetik nefropatiya (insulinga qaram II tipdagi qandli diabetli bemorlar) da qo‘llanadi.

Lizinopril-Astrafarmning tabletkalarini sutkada 1 marta, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, bir xil vaqtda qabul qilgan afzal. Sutkalik doza patsiyentning reaktsiyasiga va qon bosimiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Arterial gipertenziya. Preparat monoterapiya sifatida yoki boshqa sinfdagi antigipertenziv vositalari bilan majmuada qo‘llanadi. Boshlang‘ich doza Arterial gipertenziyada tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Boshlang‘ich dozadan keyin, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faolligi yuqori bo‘lgan (xususan renovaskulyar gipertenziyada, organizmdan natriy xloridini ortiqcha chiqarilishida va/yoki degidratatsiyada, yurak dekompensatsiyasi yoki kuchli yaqqollikdagi arterial gipertenziyada) patsiyentlarda arterial bosimi haddan tashqari pasayib ketishi mumkin. Ushbu patsiyentlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi sutkada 2,5-5 mg ni tashkil etadi va davolanishning boshlanishi shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza Odatdagi samarani bir maromda saqlab turuvchi samarali doza sutkada 20 mg ni tashkil etadi. Agar preparat ko‘rsatilgan dozada 2-4 hafta davomida yetarli terapevtik samara ko‘rsatmasa, keyinchalik dozani oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza 80 mg ni tashkil etadi. Diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlar Agar patsiyent avval diuretiklar bilan davolangan bo‘lsa, u holda Lizinopril-Astrafarm preparatini qo‘llashni boshlashdan 2-3 kun oldin ularni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agar diuretiklarni bekor qilish mumkin bo‘lmasa, u holda preparatning boshlang‘ich dozasi sutkada 5 mg dan oshmasligi kerak. Bunday hollarda birinchi doza qabul qilinganidan keyin bir necha soat davomida  shifokor nazorati tavsiya qilinadi, (maksimal ta’sirga taxminan 6 soatdan keyin erishiladi) chunki AB ni yaqqol pasayishi rivojlanishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozani jadvalda ko‘rsatilgandek, kreatinin klirensi qiymatiga qarab aniqlanadi. Kreatinin klirensi (ml/minut)Boshlang‘ich doza (mg/sutka)<10 (shu jumladan, gemodializdagi bemorlar)2,5*10-302,5-531-805-10 *Doza va/yoki dozalash tartibi arterial bosimi qiymatiga qarab belgilanadi. Dozani arterial bosimi nazorati ostida sutkada 40 mg gacha oshirish mumkin. Surunkali yurak yetishmovchiligi. Simptomatik surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun Lizinopril-Astrafarmni diuretiklar, digitalis preparatlari yoki β-blokatorlari bilan davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llanishi mumkin. Arterial bosimiga birlamchi ta’sirini aniqlash maqsadida Lizinopril-Astrafarm shifokor nazoratida sutkada boshlang‘ich 2,5 mg dozada buyuriladi. Preparatning dozasi sutkada 35 mg maksimal dozagacha kamida 2 xaftalik interval bilan 10 mg gacha oshirilishi lozim. Dozani aniqlanishi har bir patsiyentning klinik kuzatuviga asoslanishi kerak. Simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda (organizmdan natriy xloridini ortiqcha chiqarilishida) giponatriyemiyali yoki giponatriyemiyasiz, gipovolemiya, shuningdek diuretiklarni yuqori dozalarda qabul qilgan patsiyentlarda, davolanishni boshlashdan oldin yuqorida aytib o‘tilgan holatlar kompensatsiya qilinishi lozim. O‘tkir miokard infarkti Patsiyentlar Lizinopril bilan bir vaqtda trombolitik dori vositalari, atsetilsalitsil kislotasi va β-blokatorlarlar bilan odatdagi standart davolanishlari kerak. Lizinopril vena ichiga yoki transdermal yuborilgan nitroglitsirin bilan mutanosibdir. Boshlang‘ich dozasi (infarktdan keyingi birinchi 3 kun) Lizinopril bilan davolashni kasallikning simptomlari namoyon bo‘lgandan  birinchi 24 soatda boshlash kerak. Agar sistolik arterial bosim 100 mm sim. ust. dan past bo‘lsa, davolanishni boshlash mumkin emas. Lizinopril-Astrafarmning birinchi dozasi 5 mg ni tashkil etadi, 24 soatdan so‘ng 5 mg dozasi takroran buyuriladi, undan keyin sutkada 10 mg dozasi buyuriladi va keyinchalik samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Sistolik arterial bosimi past (≤120 mm sim. ust.) bo‘lgan bemorlarda miokard infarktidan keyingi birinchi 3 sutka davomida preparat 2,5 mg dozada buyurilishi kerak. Samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi Samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasi sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Arterial gipotenziya paydo bo‘lganda (sistolik AB≤100 mm sim. ust.) 5 mg samarani bir maromda saqlab turuvchi dozani vaqtincha 2,5 mg gacha kamaytiriladi. Davomli arterial gipotenziya paydo bo‘lganda (sistolik AB<90 mm sim. ust. 1 soatdan ko‘proq) davolashni to‘xtatish kerak. Davolash 6 hafta davom etishi, undan keyin patsiyentning holatini takroran baholash kerak. Yurak yetishmovchiligining simptomlari paydo bo‘lgan patsiyentlar lizinopril bilan davolanishni davom ettirishlari lozim. Diabetik nefropatiya. II tip qandli diabeti va boshlang‘ich nefropatiyasi bo‘lgan bemorlarda arterial gipertenziyani davolash uchun Lizinopril-Astrafarmning dozasi sutkada 10 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida o‘tirgan holatda diastolik arterial bosimini 90 mm sim. ust. past qiymatiga erishish maqsadida dozani sutkada 20 mg gacha oshirish mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlar Klinik tadqiqotlarda preparatning samaradorligi va xavfsizligining ko‘rsatkichlari yoshga qarab o‘zgarishi aniqlanmagan. Buyrak faoliyatini susayishi bo‘lgan keksa yoshdagi shaxslarga buyurilgan boshlang‘ich dozasiga yuqorida keltirilgan jadval bo‘yicha tuzatish kiritish kerak. Keyinchalik doza patsiyentning reaktsiya va arterial bosimiga qarab belgilanadi.

Lizinoprilga, preparatning boshqa komponentlariga yoki boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik; Anamnezidagi angionevrotik shish (shu jumladan AAF ingibitorlari qo‘llanganidan keyin, idiopatik va nasliy shish). Aortal yoki mitral stenoz yoki gipertrofik kardiomiopatiya. Buyrak arteriyaning bilateral stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi; gemodinimikasi barqaror bo‘lmagan o‘tkir miokard infarkti; kardiogen shok; zardobdagi kreatininning darajasi ≥ 220 mkmol/l bo‘lgan patsiyentlar. Homiladorlik va laktatsiya davri. Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Diuretiklar Diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda antigipertenziv samarasini qo‘shilishi aniqlanadi. Diuretiklarni, ayniqsa yaqinda buyurilib qabul qilayotgan patsiyentlarda lizinoprilni qabul qilish, ba’zida arterial bosimini haddan ziyod pasayishini chaqirishi mumkin. Agar lizinopril bilan davolash oldidan diuretikni qabul qilish bekor qilinsa, simptomatik arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi kamayadi. Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari yoki tuz o‘rnini bosuvchilar. AAF ingibitorlari klinik tadqiqotlarida qon zardobidagi kaliy darajasi norma chegarasida qolsada, ba’zi patsiyentlarda giperkaliyemiya rivojlangan. Giperkaliyemiya xavfini buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, kaliy tejovchi diuretiklarni (masalan spironolakton, triamteren yoki amilorid) va kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari yoki tuz o‘rnini bosuvchilarni bir vaqtda qabul qilish kabi omillar bilan bog‘liq. Kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalar, kaliyni tejovchi diuretiklarlar yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni qo‘llash, kaliyning qon zardobidagi darajasini, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ahamiyatli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Lizinoprilni kaliyni chiqaruvchi diuretiklar fonida qo‘llanganda, ularni qabul qilish oqibatidagi gipoglikemiya susayishi mumkin. Litiy. AAF ingibitorlari litiy bilan birga qo‘llanganida, litiyning qon zardobidagi darajasi qaytuvchan oshadi va toksik samaralar rivojlanadi. Tiazid duretiklarini qo‘llash litiy intoksikatsiyasi xavfini, agar u AAF ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish oqibatida yuz bergan bo‘lsa uni oshirishi va uni kuchaytirishi mumkin. Lizinoprilni litiy bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, ammo agar bunday birga qo‘llash zarurati tug‘ilsa, litiyni qon zardobidagi darajasini sinchkovlik bilan nazoratini ta’minlash kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), shu jumladan sutkada ≥ 3 g dozadagi atsetilsalitsil kislotasi. NYAQV uzoq vaqt qabul qilinishi AAF ingibitorlarni gipotenziv samarasini susaytirishi mumkin. NYAQV va AAF ingibitorlarining kaliyni qon zardobidagi darajasini oshishiga nisbatan samarasi qo‘shiladi, bu buyrak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Odatda bu samaralar kaytuvchandir. Alohida xolatlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishida, masalan, keksa yoshdagi patsiyentlarda yoki organizmi suvsizlangan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Oltin. Ko‘pincha AAF ingibitorlari bilan davolangan patsiyentlarda oltin preparatlari bilan inyektsiya kilingandan keyin (masalan, natriy aurotiomalati) nitritoid reaktsiyalar (qizish hissi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, arterial gipertenziyani o‘z ichiga oluvchi vazodilatatsiya simptomlari kuzatiladi, ular juda og‘ir bo‘lishi mumkin) aniqlangan. Boshqa antigipertenziv vositalar Lizinoprilni boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziv samarasini kuchayishi kuzatilishi mumkin. Nitroglitserinni va boshqa organik nitratlarni yoki vazodilatatorlarni bir vaqtda qo‘llash, lizinoprilning gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar, anestetiklar va antipsixotik vositalar Ba’zi bir anestetiklarni, tritsiklik antidepressantlarni va antipsixotik vositalarni AAF ingibitorlari fonida qabul qilinishi arterial gipotenziyani kuchaytirishi mumkin. Simpatomimetiklar. AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasini pasaytirishi mumkin. Gipoglikemik vositalar. Epidemiologik tadqiqotlar, AAF ingibitorlarni va gipoglikemik vositalarni (insulinlar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar) bir vaqtda qo‘llash gipoglikemik vositalarning ta’sirini gipoglikemiya rivojlanishigacha quchaytirishi mumkin. Bunday holatlarni paydo bo‘lish ehtimoli, ayniqsa bir vaqtda davolashning birinchi haftasi davomida, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishida yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. Atsetilsalitsil kislotasi, trombolitiklar, β-adrenoblokatorlar va nitratlar Lizinoprilni atsetilsalitsil kislotasi (kardiologiyada qo‘llanadigan dozalarda), trombolitik vositalar, β-adrenoblokatorlar va nitratlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: arterial gipotenziya, tsirkulyator shok, elektrolit buzilishlar, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyatsiya, taxikardiya, yurak urishini his qilish, bradikardiya, bosh aylanishi, xavotirlik va yo‘tal. Davolash: vena ichiga tuzli eritmalarni yuborish. Arterial gipotenziyada patsiyentni chalqanchasiga, oyoqlarni tepaga ko‘tarib yotqizish lozim. Mumkin bo‘lsa, katexolaminlarni vena ichiga yuboriladi va/yoki angiotenzin II infuziyasi buyuriladi. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me’dani yuvish, absorbentlarni va natriy sulfatini qabul qilish tavsiya qilinadi. Lizinopril gemodializda qondan chiqariladi. Turg‘un bradikardiyani davolash uchun kardiostimulyatorni qo‘llash ko‘rsatilgan. Hayotiy faoliyatlarni va laboratoriya ko‘rsatkichlarini (qon zardobida kreatinin va elektrolitlar darajasini aniqlash) muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan  PVX\alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. Kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.