Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: L-ornitin-L-aspartat yordamchi modda: inyektsiya uchun suv
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
L-ornitin L-aspartat
Preparatning savdo nomi:
Livit Neo
Farmakalogik guruhi:
Gepatoprotektor.
Dori shakli:
infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat
tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.
Gepatoprotektor.
A05VA
Giperammoniyemiya bilan birga kechuvchi jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari.
Jigar entsefalopatiyasi, shu jumladan ongning buzilishlarini (prekoma va komatoz holatlar) majmuaviy davolash tartibida qo‘llanadi.
Oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda parenteral oziqlantirish uchun preparatlarga muvofiqlashtiruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi.
Ampulalarning ichidagisini 500 ml infuzion eritmada eritib, sutkada 4 ampulagacha vena ichiga yuboriladi.
Jigar entsefalopatiyasida holatning og‘irlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi.
Infuziyaning davomiyligi va soni va davolashning muddati individual belgilanadi.
Vena ichiga quyishning maksimal tezligi soatiga 5 g.
500 ml infuzion eritmada 6 ampuladan ortiq eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!
Allergik reaktsiyalar, kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar odatda o‘tuvchi hisoblanadi va preparatni to‘xtatilishini talab etmaydi.
Nojo‘ya holatlar kuzatilganda, preparatning yuborilish dozasi va tezligi muvofiqlantiriladi.
L-ornitin-Laspartatga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Kreatinin ko‘rsatgichi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Ta’riflanmagan.
Asosiy kasallik tufayli jigar entsefalopatiyasi tashxisi qo‘yilganida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparatning yuqori dozalarida qon zardobi va siydik tarkibidagi mochevinaning miqdorini nazorat qilish kerak.
Agar jigar funktsiyasi sezilarli darajada buzilgan bo‘lsa, bemorning individual holatini inobatga olgan holda, ko‘ngil aynishi va qayt qusishni oldini olish maqsadida, preparatni yuborish tezligini muvofiqlantirish mumkin.
Preparatni (infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat) homilaga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida to‘liq ma’lumot mavjud bo‘lmaganligi sababli, homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparatdagi ta’sir etuvchi modda ko‘krak sutiga o‘tishi ma’lum emas, shu sababli laktatsiya davrida qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
Agar preparat bilan davolanish shart bo‘lsa, u holda shifokorning nazorati ostida qo‘llanilishi kerak.
Bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.