Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Har bir ampuladagi eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oksimatrin – 600 mg; yordamchi moddalar: dinatriy edetati, xlorid kislotasi, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
oksimatrin
Preparatning savdo nomi:
Liverin
Farmakalogik guruhi:
gepatoprotektor
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish eritma.
gepatoprotektor
A05VA
Vena ichiga inyektsiya qilinganidan so‘ng oksimatrinning zardobdagi kontsentratsiyasi ikki kamerali farmakokinetik modelga mos keladi.
Preparat asosan o‘t pufagi, buyrak, jigar, va ichakka, so‘ngra esa suyak ko‘migi va taloqqa taqsimlanadi, preparat qonda uzoq vaqt davomida saqlanib turadi.
Preparat asosan jigarda va buyrakda metabolizmga uchraydi va siydik va axlat bilan organizmdan chiqariladi.
surunkali virusli gepatit V va surunkali virusli gepatit S;jigar fibrozi va tsirrozi;radioterapiya va ximioterapiya ta’sirida chaqirilgan leykopeniya;oddiy psoriazda qo‘llanadi.
Mushak ichiga: 0,6 g (1 ampula) dan kuniga bir marta yuboriladi.
Vena ichiga: 0,6 g (1 ampula) 100-250 ml 5% li glyukoza eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultiriladi.
Vena ichiga tomchilab, minutiga 60 tomchi tezlik bilan kuniga bir marta yuboriladi.
Surunkali virusli V va S gepatitlarini davolash kursi 24 hafta, jigar fibrozi va tsirrozini davolash kursi 52 haftani tashkil etadi.
Preparatni parenteral qo‘llash imkoni bo‘lmaganida, 8-12 haftalik davolash kursidan so‘ng preparatni peroral shaklda (Liverin kapsulalar) qo‘llashni davom ettiriladi.
To‘liq davolash kursi tugaganidan so‘ng patsiyentning holatini nazorat qilish va davolashni davom ettirish kerakligi haqidagi masalani xal qilish maqsadida mutaxassis ko‘ruvidan o‘tishi kerak.
Radioterapiya va ximioterapiya ta’sirida chaqirilgan leykopeniyani davolash: ximio- yoki radioterapiya boshlanishidan 3 kun oldin, 0,6 g (1 ampula) mushak ichiga yoki vena ichiga tomchilab, 10 kun davomida yuboriladi.
10 kunlik davolash kursi tugaganidan so‘ng takroriy davolash kursini buyurish kerakligi xaqidagi masalani hal qilish uchun qon formulasi nazorat qilish va shifokorning maslahati kerak.
Oddiy psoriazda davolash kursi 1 oyni tashkil etadi.
Liverin inyektsiya uchun eritmasi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Noxush reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligi past.
Ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda achchiq ta’m, diareya, qorinning yuqori qismida diskomfort va og‘riq bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda teri toshmasi, ko‘krakda siqilish va qizib ketish rivojlanadi, ular qo‘shimcha davolashsiz o‘tib ketadi.
Inyektsiya qilingan joyda qizarish yoki og‘riq kuzatilishi mumkin.
Biroq bundan mushak ichiga chuqur yuborib saqlanish mumkin.
Liverin inyektsiya uchun eritmani oksimatrin va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Oksimatrin inyektsiya uchun eritmani tsiklofosfamid bilan bir vaqtda qo‘llash Erlix o‘smasiga nisbatan sinergik davolovchi samara ko‘rsatadi va leykopeniyani bartaraf qiladi.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Liverin inyektsiya uchun eritmasini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Liverin inyektsiya uchun eritmani homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Liverin inyektsiya uchun eritmasini ayollarga laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Liverin inyektsiya uchun eritma yuqori dozalarda qo‘llanganida maxsus fizikaviy belgilar va klinik simptomlar rivojlanmagan.
Liverin inyektsiya uchun eritmaning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlar sinchkov kuzatuvda bo‘lishlari kerak.
Retseptsiz
2 ml dan shisha ampulalarda.
7 ampula tibbiyotda qo‘llash uchun davlat va rus tillaridagi yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.