Litsefretsept bilan

Tarkibi:

1 flakon 1000 mg tseftriakson (tseftriakson natriy ko‘rinishida) saqlaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tseftriakson

Preparatning savdo nomi:

Litsef

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

oq rangli kukun.

antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).

J01DD04.

Mushak ichiga/vena ichiga yuborilganida Litsef organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Mushak ichiga yuborilganida biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga mushak ichiga yuborilganida 2-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma albuminlari bilan 85-95% ga qaytuvchan bog‘lanadi va bu bog‘lanish uning qondagi kontsentratsiyasiga teskari proportsionaldir. Litsef interstitsial suyuqlikka tez diffuziya bo‘ladi, u yerda unga sezgir mikroorganizmlarga nisbatan o‘zining bakteritsid ta’sirini 24 soat davomida saqlab turadi. Yarim chiqarilish davri uzoq davom etadi, va kattalarda kattalarda 8 soatni tashkil etadi, 75 yoshdan oshgan keksa yoshdagi odamlarda taxminan ikki marta uzayadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda esa 6,5-8 kunni tashkil etadi. Kattalarda Litsefning 50-60% siydik bilan o‘zgarmagan holda, 40-50% safro bilan chiqariladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda Litsefning yuborilgan dozasini taxminan 70% buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlarida kattalarda jigar va buyrak faoliyatini qayta taqsimlanishi: agar buyrak faoliyati buzilgan bo‘lsa, safro bilan chiqarilishi oshadi, agar jigarda patologiya bo‘lsa, buyraklar orqali chiqarilishi kuchayadi, shu sababli Litsefning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi (yarim chiqarilish davri biroz uzayishi mumkin. Tseftriakson gematoentsefalik to‘siq orqali yaxshi o‘tadi.

Litsef unga sezgir bakteriyalarning shtammlari chaqirgan barcha infektsiyalarga nisbatan samaralidir: sepsis;bosh miya pardalarini yallig‘lanishi (bakterial meningit, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlangan bakterial meningit);qorin bo‘shlig‘i a’zolarining infektsiyalari (peritonit, o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, shu jumladan xolangit, o‘t pufagi empiyemasi va me’da-ichak yo‘llarining boshqa infektsiyalari);suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, yuz-jag‘ sohasining infektsiyalari;teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, infektsiyalangan jarohatlar va kuyishlar;immuniteti kuchsiz (shu jumladan, neytropeniyasi va onkologik kasalliklari) bo‘lgan bemorlarda infektsiyani oldini olish va davolash;buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (asoratlanmagan va asoratlangan, shu jumladan piyelit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, tsistit, prostatit, epididimit);nafas yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi, bronxoektazlar va boshq.);LOR-a’zolarining infektsiyalari (mastoidit, o‘rta quloq otiti va boshq.);jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infektsiyalar (shu jumladan, gonoreya);jarrohlik aralashuvlaridan oldin infektsiyani oldini olish maqsadida.

Litsef mushak ichiga va vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi.

Litsef aksariyat hollarda yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya samaralari, odatda qaytuvchan bo‘ladi va preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, abdominal og‘riqlar, ta’m bilishni buzilishi, stomatit, glossit, soxta membranoz kolit, jigar transaminazalari (kam hollarda – ishqoriy fosfataza, bilirubin, xolestatik sariqlik) faolligini oshishi, disbakterioz. Tseftriaksonni yuqori dozalarda qo‘llash soxta xolelitiazni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Gematologik o‘zgarishlar: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, limfotsitopeniya, trombotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, qon ivishini buzilishi, protrombin vaqtini uzayishi, kam hollarda – eozonofiliya, yakka hollarda agranulotsitoz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: glyukozuriya, qon plazmasida mochevina va kreatininning miqdorini oshishi, tsilinduriya, gematuriya, oliguriya, anuriya. Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, qichishish, kam hollarda – bronxospazm, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson eritema, toksik epidermal nekroliz, zardob kasalligi, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Mahalliy reaktsiyalar: preparat vena ichiga yuborilganidan so‘ng flebit rivojlanishi mumkin. Preparatni sekin (2-4 minut davomida) yuborish yo‘li bilan undan saqlanish mumkin; lidokainni qo‘llamasdan preparatni mushak ichiga yuborish og‘riqli bo‘ladi, yuborilgan joyda infiltrat hosil bo‘lishi mumkin. Boshqalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, burundan qon ketishlar, kandidoz.

tsefalosporinlar va penitsillinlarga ma’lum yuqori sezuvchanlik;cho‘kma holida tseftriakson kaltsiy hosil bo‘lish havfi borligi sababli, tarkibida kaltsiy saqlovchi infuziyalar bilan bir vaqtda qo‘llash;giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar;41 haftalikkacha (homiladorlik haftasi + hayotining birinchi haftasi) bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlar;sariqlik, gipoalbuminemiya yoki atsidoz bilan tug‘ilgan 28 kunlikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘llash mumkin emas. Lidokain erituvchi sifatida (mushak ichiga inyektsiya qilish uchun) qo‘llanganida lidokain uchun qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni inobatga olish kerak.

Halqali diuretiklar (masalan, furosemid) bilan bir vaqtda qo‘llanganida buyrak faoliyatini buzilishi kuzatilmaydi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va trombotsitlar agregatsiyasining boshqa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish ehtimoli oshadi. Litsef va aminoglikozidlar ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan sinergizmga ega. Bunday majmua og‘ir darajadagi va hayot uchun havf tug‘diruvchi infektsiyalar (masalan, Pseudomonas aeruginosa kabi qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infektsiyalar) ni davolashda isbotini topgan. Litsef preparatini bir flakon yoki shpritsda boshqa antibiotiklar bilan aralashtirish mumkin emas.

Boshqa tsefalosporinlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Litsef preparati bilan davolashda ham anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak. Preparat bilan uzoq vaqt davomida davolanganda periferik qon manzarasini muntazam ravishda ravishda nazorat qilish kerak. Kam hollarda ultratovush diagnostikasida o‘t pufagini soyasi paydo bo‘lishi mumkin, u preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi. Hatto agar bu holat o‘ng qovurg‘a osti sohasidagi og‘riqlar bilan kechsa, simptomatik davolash fonida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya etiladi. Litsefning har bir grammida 3,6 mmol natriy mavjud. Preparat, tuzning miqdori cheklangan parhezga rioya qiluvchi bemorlarga qo‘llanganida yuqoridagini e’tiborga olish kerak.

Homiladorlik vaqtida, ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina Litsef preparatini qo‘llash mumkin (tseftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi). Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish xaqidagi masalani hal qilish kerak, chunki tseftriakson ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.

15oS-25oS haroratda saqlansin. Tayyor bo‘lgan eritma 2oS-8oS haroratda 24 soat davomida yoki 15oS-25oS haroratda 6 soat davomida barqarordir.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma’lumotlar mavjud emas.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun bo‘lgan 10 flakon kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.