Liraretsept bilan

Tarkibi:

1 ampula (4 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 500 mg yoki 1000 mg tsitikolin natriy; yordamchi moddalar: kontsentratsiyalangan xlorid kislotasi yoki natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsitikolin (citicoline)

Preparatning savdo nomi:

Lira

Farmakalogik guruhi:

psixostimulyatsiyalovchi va nootrop vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

psixostimulyatsiyalovchi va nootrop vositalar.

N06BX06.

Insult, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir fazasi va asoratlarni va bosh miyada qon aylanishi buzilishining oqibatlarini davolash;Bosh-miya jarohati va uning oqibatlari;Surunkali qon tomir va degenerativ tserebral buzilishlar oqibatida kognitiv buzilishlar va hulq atvorni buzilishlarida qo‘llanadi.

Vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish uchun buyuriladi. Kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi bemorning og‘irlik holatiga qarab, sutkada 500 mg dan 2000 mg gachani tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza – 2000 mg ni tashkil qiladi. O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga preparatni qo‘llashning birinchi 24 soatda erishiladi. Preparatning dozasi va davolash muddati bosh miyaning shikastlanish darajasiga bog‘liq shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi. Vena ichiga sekin inyektsiya (yuboriladigan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) ko‘rinishida yuboriladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Preparat vena ichiga yuboriladigan izotonik eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib. Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ishlatilmagan eritmani yo‘q qilish kerak. Zarurati bo‘lganida davolashni peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi tsitikolin bilan davom ettiriladi.

Nojo‘ya reaktsiyalar kam hollarda (<1/10000), shu jumladan yakka hollarda yuzaga keladi. Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar. Nerv tizimi tomonidan: kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, taxikardiya. Nafas tizimi tomonidan: hansirash. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan: toshma, giperemiya, ekzantema, eshakemi, purpura, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Umumiy buzilishlar: qaltirash, yuborish joyida reaktsiyalar.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo‘llash mumkin emas.

Tsitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Preparatni meklofenoksat bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Bosh miyaga turg‘un qon quyilishida sutkada 1000 mg dozani va vena ichiga yuborish tezligini minutiga 30 tomchidan oshirish mumkin emas.

Homilador ayollarda tsitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar mavjud emas. Tsitikolinni ko‘krak sutiga ajralishi va uning homilaga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish davrida preparat faqat ona uchun kutilayotgan foydi homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina buyuriladi.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha

4 ml dan ampulada. 5 ampuladan qutida.

2 yil.