Liprimarretsept bilan

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkada quyidagilar saqlanadi: faol modda: atorvastatin kaltsiy (10 mg, 20 mg, 40 mg yoki 80 mg atorvastatinga ekvivalent) yordamchi moddalar: kaltsiy karbonati, mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmellezasi, polisorbat-80, giproloza, magniy stearati; parda qobig‘i: oq opadray YS-1-7040 (gipromelloza, polietilenglikol, titan dioksidi, talk saqlaydi), simetikon emulsiyasi (simetikon, stearin emulgatori, sorbin kislotasini, suv saqlaydi).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atorvastatin

Preparatning savdo nomi:

Liprimar

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

gipolipidemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori

S10AA05

So‘rilishi Ichga qabul qilinganidan keyin atorvastatin tez so‘riladi: qon plazmasida uning maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti (TSmax) 1-2 soatni tashkil etadi. Ayollarda erkaklarga nisbatan, atorvastatinning maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 20% ga yuqori, “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) esa – 10% ga past. So‘rilish darajasi va qon plazmasidagi kontsentratsiyasi dozaga proportsional ravishda oshadi. Tabletka shaklidagi atorvastatinning biokiraolishligi, eritma ko‘rinishidagi atorvastatinga nisbatan 95-99% ni tashkil etadi. Mutloq biokiraolishligi – taxminan 14% ni, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining tizimli biokiraolishligi esa – taxminan 30% ni tashkil etadi. Past darajali tizimli biokiraolishligi me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatida va/yoki jigar orqali “birlamchi o‘tish” dagi tizim oldi metabolizmi bilan bog‘liq. Ovqat iste’mol qilish preparatni so‘rilish tezligi va darajasini pasaytiradi (muvofiq ravishda 25% va 9% ga, bu haqida Smax va AUC ni aniqlash natijalari guvohlik beradi), biroq Xs-PZLP ni pasayishi atorvastatinni och qoringa qabul qilingandagi shunday pasayishi bilan bir xil bo‘lgan. Atorvastatinni kechqurun qabul qilingandan keyin, tonggi vaqtlarda qabul qilinganiga nisbatan, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi past (Smax va AUC, taxminan 30% ga past) bo‘lishiga qaramay, preparatni qabul qilish vaqtidan qat’iy nazar, Xs-PZLP ning kontsentratsiyasini pasayishi preparatni qabul qilinayotgan sutkadagi vaqtga bog‘liq emas. Taqsimlanishi Atorvastatinning o‘rtacha taqsimlanish xajmi taxminan 381 l ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi kamida 98% ni tashkil etadi. Eritrotsitlar/plazmadagi miqdorining nisbati taxminan 0,25 ni tashkil qiladi, ya’ni atorvastatin eritrotsitlarga yomon kiradi. Metabolizmi Atorvastatin orto- va para-gidroksillangan hosilalari va β-oksidlanishning turli mahsulotlarini hosil qilib, ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitida orto- va paragidroksillangan metabolitlari GMG-KoA-reduktazaga atorvastatinning ta’siri bilan bir xil ingibitsiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. GMG-KoA-reduktazaning faoligini taxminan 70% ga pasayishi, qonda aylanib yuruvchi faol metabolitlarining ta’siri hisobiga yuz beradi. In vitro sharoitlardagi tadqiqotlarning natijalari jigarning tsitoxrom CYP3A4 izofermenti atorvastatinning metabolizmida muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi. Bu faktni ushbu izofermentning ingibitori hisoblangan eritromitsinni bir vaqtda qabul qilinganda qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasi oshishini tasdiqlaydi. Shuningdek in vitro sharoitidagi tadqiqotlar atorvastatin tsitoxrom CYP3A4 izofermentining kuchsiz ingibitori ekanligini ko‘rsatdi. Atorvastatin asosan tsitoxrom CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchrovchi terfenadinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga klinik ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun uning tsitoxrom CYP3A4 izofermentining boshqa substratlarining farmakokinetikasiga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatishini ehtimoli kam (“Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Chiqarilishi Atorvastatin va uning metabolitlari asosan jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmidan (atorvastatin kuchli ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchramaydi) keyin safro bilan chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 14 soatni tashkil qiladi, preparatning GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi samarasi taxminan 70% aylanib yuruvchi metabolitlari faolligi bilan belgilanadi va ularning mavjudligi tufayli taxminan 20-30 soat saqlanadi. Ichga qabul qilinganidan keyin preparatning qabul qilingan dozasini 2% dan  kamrog‘i siydikda aniqlanadi.

Birlamchi giperxolesterinemiya (geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiya (Frederikson bo‘yicha IIa tur)); Majmuaviy (aralash) giperlipidemiya (Frederikson bo‘yicha IIa va IIb turlari); Disbetalipoproteinemiya (Frederikson bo‘yicha III tur) (parhezga qo‘shimcha sifatida); Parhezga rezistent bo‘lgan oilaviy endogen gipertriglitseridemiya (Frederikson bo‘yicha IV tur); Parhez bilan davolash va boshqa nofarmakologik davolash usullarning samaradorligi yetarli bo‘lmagan hollarda gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya; YUIK klinik belgilari bo‘lmagan, ammo uni rivojlanish xavf omillari – nikotinga qaramlik, arterial gipertenziya, qandli diabet, qon plazmasida Xs-YUZLP ning past kontsentratsiyalari, genetik moyillik bo‘lgan patsiyentlarda, shu jumladan dislipidemiya fonida yurak-qon tomir asoratlarini birlamchi profilaktikasi; O‘lim, miokard infarkti, insult, stenokardiya va revaskulyarizatsiya zarurati tufayli qayta gospitalizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichini pasaytirish maqsadida YUIK bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir asoratlarini ikkilamchi profilaktikasida qo‘llaniladi. Pediatriya amaliyotda 10-17 yoshdagi patsiyentlarda: Liprimar® umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteid xolesterini va apolipoprotein V miqdorini geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga parhezga yordamchi vosita sifatida buyuriladi, agarda parhezga amal qilinganida quyidagi shartlar aniqlansa: a. Xs-PZLP miqdori > 190 mg/dl tashkil qiladi b. Xs-PZLP miqdori > 160 mg/dl tashkil qiladi va oilaviy anamnezida yoshdagik davrida yurak-qon tomir kasalliklarini paydo bo‘lishi hollari borligi yokipatsiyentda yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfining ikkita yoki undan ko‘p omillarini borligi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, sutkaning istalgan vaqtida qabul qilish mumkin. Liprimar® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin parhez, jismoniy mashqlar va semizlik bilan xastalangan patsiyentlarda tana vaznini kamaytirish yordamida, shuningdek asosiy kasallikni davolash bilan giperxolesterinemiyani nazorat qilishga erishishga harakat qilish kerak. Preparatni patsiyentga buyurishda davolashning butun davri davomida amal qilishi kerak bo‘lgan standart gipoxolesterinemik parhezni tavsiya qilish kerak. Preparatning dozasi sutkada 1 marta 10 mg dan 80 mg gacha o‘zgarib turadi va Xs-PZLP ning dastlabki miqdori, davolash maqsadi va o‘tkazilayotgan davolashga individual javobni hisobga olgan holda titrlanadi. Preparatning maksimal sutkalik dozasi 80 mg ni tashkil qiladi. Davolashni boshida va/yoki Liprimar® preparatining dozasini oshirish vaqtida har 2-4 xaftada qon plazmasida lipidlar miqdorini nazorat qilish va preparatning dozasiga muvofiq tarzda tuzatish kiritish kerak. Birlamchi giperxolesterinemiya va majmuaviy (aralash) giperlipidemiya. Ko‘pchilik patsiyentlar uchun Liprimar® preparatining dozasi sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil etadi; terapevtik samarasi 2 xafta davomida namoyon bo‘ladi va odatda 4 xafta davomida maksimumga erishadi. Uzoq muddatli davolashda samarasi saqlanib turadi. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya. Ko‘pchilik hollarda 80 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (Xs-PZLP miqdorini 18-45% ga kamayishi kuzatiladi). Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiya. Boshlang‘ich doza sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Dozani individual ravishda tanlash va dozaning dolzarbligini xar 4 xaftada sutkada 40 mg gacha oshirish ehtimoli bilan baholash kerak. So‘ngra doza maksimal – sutkada 80 mg gacha oshirilishi mumkin, yoki atorvastatinni 40 mg dozada qabul qilish bilan birga o‘t kislotalarining sekvestrantlarini birga qo‘shib qo‘llash mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish. Birlamchi profilaktikani o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda atorvastatinning dozasi sutkada 10 mg ni tashkil qilgan. XS-PZLP ning zamonaviy tavsiyalarga muvofiq ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida dozani oshirish talab etilishi mumkin. 10-17 yoshdagi bolalarda geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyada qo‘llanishi. Tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi – sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Doza klinik samaraga qarab, 20 mg gacha oshirilishi mumkin. 20 mg dan ortiq dozani (0,5 mg/kg dozaga muvofiq keladi) qo‘llash tajribasi cheklangan. Preparatning dozasini gipolipidemik davolash maqsadiga bog‘liq holda titrlash kerak. Dozaga tuzatish kiritish 4 xaftada 1 marta yoki undan ortiq interval bilan o‘tkazilishi kerak. Jigar funktsiyasini yetishmovchiligi Jigar funktsiyasini yetishmovchiligida “jigar” transaminazalari: aspartataminotransferaza (AST) va alaninaminotransferaza (ALT) faolligini doimiy nazorati bilan birga, Liprimar® preparatining dozasini kamaytirish kerak. Buyrak funktsiyasini yetishmovchiligi. Buyrak funktsiyasini buzilishi qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasi yoki Xs-PZLP miqdorini kamayishi darajasiga ta’sir qilmaydi, shuning uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlar. Umumiy papulyatsiyaga nisbatan, keksa yoshdagi patsiyentlarda Liprimar® preparatining samaradorligi, xavfsizligi yoki terapevtik samarasi orasida farq aniqlanmagan va dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi (“Farmakokinetikasi” bo‘limiga qarang). Boshqa dori vositalari bilan majmuada qo‘llanilishi. Tsiklosporin bilan, telaprevir va tipranavir/ritonavir majmuasi bilan birga qo‘llash zarurati bo‘lganida Liprimar® preparatining dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). OITV proteazasi ingibitorlari, S gepatiti proteazasi ingibitorlari (botseprevir), klaritromitsin va itrakonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda atorvastatinning eng past samarali dozasini qo‘llash va ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Liprimar® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi; nojo‘ya ta’sirlari odatda yengil va o‘tkinchidir. Nojo‘ya reaktsiyalar uchrash tezligiga qarab quyidagi tasnifga muvofiq taqsimlangan: tez-tez – ≥ 1/100 dan < 1/10 gacha, tez-tez emas – ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha, kam hollarda – ≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha, juda kam hollarda – ≤ 1/10000, noma’lum – mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Jigarning faol kasalligi yoki qon plazmasida “jigar” transaminazalarining faolligini noma’lum genezli, normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ortiq oshishi. Homiladorlik. Emizish davri. Kontratseptsiyaning adekvat usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar tomonidan qo‘llash. 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar (ushbu yosh guruhida preparatning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha klinik ma’lumotlar yetarli emas), geterozigot oilaviy giperxolesterinemiya bundan mustasno (10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas). Fuzidat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Tug‘ma laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoz malabsorbtsiyada qo‘llash mumkin emas.

GMK-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolash vaqtida tsiklosporin, fibratlar, va lipidlar miqdorini pasaytiruvchi dozada nikotin kislotasi (sutkada 1 g dan ortiq dozada) yoki CYP3A4 izofermenti ingibitorlari (masalan, eritromitsin, klaritromitsin, zamburug‘larga qarshi vositalar – azol hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida miopatiya xavfi oshadi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Tsitoxrom CYP3A4 izofermenti ingibitorlari Atorvastatin tsitoxrom CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchragani tufayli, atorvastatinni tsitoxrom CYP3A4 izofermenti ingibitorlari bilan birga qo‘llanilishi qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. O‘zaro ta’sir va potentsiya qilish samarasining darajasi tsitoxrom CYP3A4 izofermentiga ta’sirning o‘zgaruvchanligi bilan aniqlanadi. CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini ancha sezilarli oshishiga olib kelishi aniqlangan. CYP3A4 izofermentining kuchli  ingibitorlari (masalan, tsiklosporin, telitromitsin, klaritromitsin, delavirdin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, pozakonazol va OITV proteazasi ingibitorlari, shu jumladan ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir, va boshq.) bilan bir vaqtda qo‘llanishidan iloji boricha saqlanish kerak. Agar bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lsa, davolashni minimal dozadan boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqish, shuningdek atorvastatinning maksimal dozasini pasaytirish imkoniyatini baholash kerak. CYP3A4 izofermentining o‘rtacha ingibitorlari (masalan, eritromitsin, diltiazem, verapamil va flukonazol) qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. GMK-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) va eritromitsinni bir vaqtda qo‘llash fonida miopatiyani rivojlanishining yuqori xavfi aniqlangan. Amiodaron yoki verapamilni va atorvastatinni o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma’lumki, ham amiodaron ham verapamil CYP3A4 izofermentining faolligini ingibitsiya qiladi va bu preparatlarni atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llanishi atorvastatinning ekspozitsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan, CYP3A4 izofermentining o‘rtacha ingibitorlari bir vaqtda qo‘llanganda atorvastatinning maksimal dozasini pasaytirish va patsiyentning holatini tegishli monitoringini o‘tkazish kerak. Nazoratni davolash boshlangandan keyin va ingibitorning dozasini o‘zgartirish fonida amalga oshirish kerak. OATR1V1 transport oqsilining ingibitorlari. Atorvastatin va uning metabolitlari OATR1V1 tashuvchi oqsilining substratlari hisoblanadi. OATR1V1 ingibitorlari (masalan, tsiklosporin) atorvastatinning biokiraolishligini oshirishi mumkin. Xususan, atorvastatinni 10 mg dozada va tsiklosporinni sutkada 5,2 mg/kg dozada birga qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini 7,7 marta oshishiga olib keladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Gepatotsitlarda jigar tomonidan qamrab olinishi tranporterlarining funktsiyasini susayishini atorvastatinning kontsentratsiyasiga ta’siri noma’lum. Agar bunday preparatlarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, dozalarni kamaytirish va davolashning samaradorligini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Gemfibrozil / fibratlar Fibratlarni monoterapiyada qo‘llash fonida vaqti-vaqti bilan nohush reaktsiyalarni, shu jumladan, skelet-mushak tizimiga taalluqli bo‘lgan rabdomioliz aniqlangan. Bunday reaktsiyalarning xavfi fibratlar va atorvastatinni bir vaqtda qo‘llanganda oshadi. Agar bunday preparatlarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, unda atorvastatinning minimal samarali dozasini qo‘llash, shuningdek patsiyentning holatini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak. Ezetimib Ezetimibni qo‘llanishi noxush reaktsiyalar, shu jumladan skelet-mushak tizimi tomonidan rabdomiolizga olib kelishi mumkin. Bunday reaktsiyalarning xavfi ezetimib va atorvastatinni bir vaqtda qo‘llanganda oshadi. Bunday patsiyentlar uchun sinchkov kuzatuv tavsiya etiladi. Eritromitsin/klaritromitsin Atorvastatin va CYP3A4 izofermentining ingibitorlari eritromitsin (500 mg dan sutkada 4 marta) yoki klaritromitsinni (500 mg dan sutkada 2 marta) bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Proteaza ingibitorlari Atorvastatin va CYP3A4 izofermentining ingibitorlari sifatida ma’lum proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi bilan kechadi. Diltiazem Atorvastatinni 40 mg dozada 240 mg dozada diltiazem bilan birga qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Tsimetidin Atorvastatinni tsimetidin bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Itrakonazol Atorvastatinni 20 mg dan 40 mg gacha dozada va itrakonazolni 200 mg doza bir vaqtda qo‘llash atorvastatinning AUC ko‘rsatkichini oshishiga olib kelgan. Greypfrut sharbati Greypfrut sharbati CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qiluvchi bitta va undan ortiq komponentlar saqlagani tufayli, uni haddan tashqari ko‘p (kuniga 1,2 l dan ortiq) iste’mol qilinishi qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin. CYP3A4 izofermentining induktorlari Atorvastatinni tsitoxrom CYP3A4 izofermentining induktorlari (masalan, efavirenz, rifampitsin bilan yoki teshik dalachoy preparatlari) bilan birga qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Rifampitsin bilan o‘zaro ta’sirning ikki yoqlama mexanizmi (CYP3A4 izofermentining induktori va gepatotsitlarning OATR1V1 transporter oqsilining ingibitori) tufayli, atorvastatin va rifampitsinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinadi, chunki rifampitsinni qabul qilgandan keyin atorvastatinni kechiktirilgan qabul qilinishi qon zardobida atorvastatinning kontsentratsiyasini ahamiyatli darajada kamayishiga olib keladi. Antatsidlar. Magniy gidroksidi va alyuminiy gidroksidini saqlovchi suspenziyani bir vaqtda ichga qabul qilish qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini taxminan 35% ga kamaytirgan, ammo bunda Xs-PZLP miqdorini kamayish darajasi o‘zgarmagan. Fenazon. Atorvastatin fenazonning farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi, shuning uchun tsitoxromning xuddi shu izofermentlari tomonidan metabolizmga uchrovchi boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri kutilmaydi.

Jigarga ta’siri Ushbu sinfning boshqa gipolipidemik vositalarini qo‘llaganda bo‘lgani kabi, Liprimar® preparati bilan davolashdan keyin “jigar” transaminazalari AST va ALT faolligini o‘rtacha (normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ortiqroq) oshishi aniqlangan. Zardobda “jigar” transaminazalarining miqdorini (normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 martadan ortiqroq) oshishi, Liprimar® preparatini qabul qilgan patsiyentlarning 0,7% da kuzatilgan. Bunday o‘zgarishlarning tezligi preparatni 10 mg, 20 mg, 40 mg va 80 mg dozalarda qo‘llaganda muvofiq ravishda 0,2%, 0,2%, 0,6% va 2,3% ni tashkil qilgan. “Jigar” transaminazalarining faolligini oshishi odatda sariqlik yoki boshqa klinik ko‘rinishlar bilan kechmagan. Liprimar® preparatining dozasi pasaytirilganda, preparat vaqtincha yoki to‘liq bekor qilinganda “jigar” transaminazalarining faolligi dastlabki darajasiga qaytgan. Ko‘pchilik patsiyentlar hech qanday klinik oqibatlarsiz, Liprimar® preparatini kamaytirilgan dozada qabul qilishni davom ettirganlar. Davolashni boshlashdan oldin, Liprimar® preparatini qo‘llash boshlanganidan 6 xafta va 12 xaftadan keyin yoki uning dozasi oshirilganidan keyin, shuningdek davolashning butun kursi vaqtida jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Jigar funktsiyasini, shuningdek jigarni shikastlanishi belgilari paydo bo‘lganida ham tekshirish kerak. “Jigar” transaminazalari faolligi oshgan hollarda ularning faolligi normallashgunigacha nazorat qilish kerak. Agar AST va ALT faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 martadan ortiqroq oshishi saqlansa, dozani pasaytirish yoki Liprimar® preparatini bekor qilish tavsiya qilinadi (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Liprimar® ni alkogolni ko‘p miqdorda iste’mol qiluvchi va/yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigarning faol kasalligi yoki qon plazmasida “jigar” transaminazalari faolligini noma’lum genezli doimiy oshishi, Liprimar® preparatini qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Skelet mushaklariga ta’siri Liprimar® preparatini qabul qilgan patsiyentlarda mialgiya aniqlangan (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Miopatiya (KFK faolligini normaning yuqori chegarasidan 10 martadan ortiqroq oshishi bilan kechuvchi mushaklarda og‘riq yoki mushak kuchsizligi) tashhisini diffuz mialgiya, mushaklarda og‘riq yoki mushak kuchsizligi va/yoki KFK faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan patsiyentlarda taxmin qilish mumkin. KFK faolligini yaqqol oshishi, tasdiqlangan miopatiya mavjudligida yoki taxmin qilingan hollarda Liprimar® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak. Ushbu sinfning boshqa preparatlari bilan davolaganda miopatiya xavfi, CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, tsiklosporin, telitromitsin, klaritromitsin, delavirdin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, pozakonazol va OITV proteaza ingibitorlari, shu jumladan ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir va boshqalar), gemfibrozil yoki boshqa fibratlar, botseprevir, eritromitsin, nikotin kislotasi lipidlar miqdorini pasaytiruvchi dozada (sutkada 1 g dan ortiq dozada), ezetimib, azol zamburug‘larga qarshi vositalar, kolxitsin, telaprevir, botseprevir yoki tipranavir/ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llaganda oshgan. Bu preparatlarning ko‘pchiligi CYP3A4 izofermenti bilan bog‘liq metabolizmni va/yoki dori vositalarini tashilishini ingibitsiya qiladi. Ma’lumki, CYP3A4 izofermenti – atorvastatinning biotransformatsiyasida ishtirok etuvchi jigarning asosiy izofermentidir. Liprimar® preparatini fibratlar, eritromitsin, immunodepressantlar, azol zamburug‘larga qarshi vositalari yoki lipidlar miqdorini pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g dan ortiq dozada) nikotin kislotasi bilan birga buyurilganda, shifokor davolashdan kutilayotgan foyda va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni sinchiklab baholashi kerak. Mushaklarda og‘riq va kuchsizlikni aniqlash maqsadida, ayniqsa davolashning birinchi oylari davomida va ko‘rsatilgan vositalarning birontasining dozasini oshirishda patsiyentlarni muntazam kuzatish kerak. Majmuaviy davolashga zarurat bo‘lgan hollarda yuqorida sanab o‘tilgan vositalarning pastroq boshlang‘ich va samarani bir maromda saqlab turuvchi dozalarini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Atorvastatin va fuzidat kislotasini bir vaqtda ishlatish tavsiya etilmaydi, shuning uchun fuzidat kislotasi bilan davolanish vaqtida atorvastatinni bekor qilish tavsiya etilgan. Bunga o‘xshash vaziyatlarda KFK faolligini vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni tavsiya qilish mumkin, lekin bunday kuzatish og‘ir darajali miopatiyani rivojlanishini oldini olish imkonini bermaydi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Davolashni boshlashdan oldin Atorvastatinni rabdomiolizni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. KFK faolligining nazoratini atorvastatin bilan davolashni boshlashdan oldin quyidagi hollarda o‘zkazish kerak: buyrak funktsiyasini buzilishi,gipotireoz,anamnezda yoki oilaviy anamnezda patsiyentda nasliy mushak buzilishlari,avval o‘tkazilgan GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) yoki fibratlarning mushak to‘qimasiga toksik ta’siri,anamnezda jigar kasalliklari va/yoki alkogolni ancha ko‘p miqdorlarda iste’mol qiluvchi patsiyentlar,70 yoshdan oshgan patsiyentlarda, bu patsiyentlarda rabdomiolizni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar allaqachondan borligini hisobga olib, KFK nazorat qilish zaruratini baholash kerak,qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi kutilgan vaziyatlar, masalan, boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri («Dorilarning o‘zaro ta’siri» bo‘limiga qarang). Bunday vaziyatlarda xavf/foyda nisbatini baholash va patsiyentning holatini tibbiy kuzatuvini amalga oshirish kerak. KFK faolligi ancha oshgan (normaning yuqori chegarasidan 5 martadan ortiq oshgan) hollarda, atorvastatin bilan davolashni boshlamaslik kerak. Boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qo‘llaganda bo‘lgani kabi, Liprimar® preparatini qo‘llaganda ham mioglobinuriya bilan bog‘liq o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomiolizning kam hollari ta’riflangan. Rabdomiolizni rivojlanish xavf omili bo‘lib, undan oldin yuz beruvchi buyrak funktsiyasini buzilishi hisoblanishi mumkin. Bunday patsiyentlarda skelet-mushak tizimi holatini yanada sinchkov nazoratini ta’minlash lozim. Miopatiya simptomlari paydo bo‘lganida yoki rabdomioliz fonida buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavf omillari (masalan, og‘ir darajali o‘tkir infektsiya, arterial gipotenziya, katta jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, metabolik, endokrin va elektrolit buzilishlari va nazorat qilib bo‘lmaydigan tirishishlar) bo‘lgan hollarda, Liprimar® preparati bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish yoki to‘liq bekor qilish kerak.

Liprimar® ni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ayollar davolash vaqtida kontratseptsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak. Liprimar® preparatini kontratseptsiyaning adekvat usullarini qo‘llmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollarda qo‘llash mumkin emas. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarining (statinlarning) homilaga ona qornida ta’siridan so‘ng tug‘ma anomaliyalarning kam hollari aniqlangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv funktsiyaga toksik ta’siri ko‘rsatilgan. Liprimar® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Atorvastatin ko‘krak suti bilan chiqariladimi, yoki yo‘qmi ma’lum emas. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganida emizikli bolalarda nohush ko‘rinishlar xavfidan saqlanish maqsadida emizishni to‘xtatish kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Liprimar® preparatining dozasini oshirib yuborilishini davolash uchun spetsifik antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda zaruratga qarab, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Jigarning funktsional sinamalarini o‘tkazish va KFK faolligini aniqlash kerak. Preparat qon plazmasi oqsillari bilan faol bog‘langanligi sababli, gemodializ samarasizdir.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg, 20 mg, 40 mg va 80 mg. 10 tabletkadan polivinilxlorid va alyumin folgali blisterda. 10 tabletkadan 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.