Qon va limfatik tizimi tomonidan: gemoglobinning darajasini va gemotokritni pasayishi, suyak ko‘migini susayishi, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, limfadenopatiya, autoimmun kasalliklar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kayfiyatni o‘zgarishi, vertigo, ta’m tuyg‘ularini buzilishi, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, hid sezishni buzilishi, muvozanatni buzilishi, dezoriyentatsiya, quloqlarda shovqin, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, depressiya simptomlari, sinkope.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: ortostatik samara (shu jumladan gipotoniya), miokard infarkti yoki tserebrovaskulyar insult, ehtimol, yuqori xavf guruhi patsiyentlarida haddan ziyod arterial gipotenziya oqibatida; palpitatsiya, taxikardiya, Reyno fenomeni.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak spazmlari qayd qilingan.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan: yo‘tal, bronxit, rinit, dispnoe, bronxospazm, glossit, sinusit, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya.
Yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari qayd qilingan.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, qusish, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, dispepsiya, og‘izni qurishi, ishtahani pasayishi, ta’mni o‘zgarishi, pankreatit, intestinal angionevrotik shish, qabziyat, gepatotsellyulyar yoki xolestatik gepatit, sariqlik, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish: yuz, qo‘l-oyoqlar, lablar, til, tovush boylamlari va/yoki xalqumning angionevrotik shishi, toshmalar, qichishish, eshakemi, alopetsiya, gipergidroz, pemfigus, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, terining soxta limfomasi.
Bir yoki bir necha simptomlarni o‘z ichiga oluvchi majmuaviy reaktsiya haqida xabar berilgan: isitma, vaskulit, mialgiya, artralgiya/artrit, antinuklear antitelolarga ijobiy sinama, eritrotsitlarni cho‘kish tezligini (ECHT) oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz, toshma, fotosezuvchanlik va boshqa dermatologik ko‘rinishlar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak disfunktsiyasi, uremiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, oliguriya/anuriya.
Endokrin tizimi tomonidan: antidiuretik gormonini noadekvat sekretsiyasi.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: impotentsiya, ginekomastiya.
Metabolik buzilishlar: gipoglikemiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish sharoitlarini buzilishlari: charchoqlik, asteniya.
Laboratoriya sinamalarining natijalari: qonda mochevina, qon zardobida kreatinin va jigar fermentlarining darajasini oshishi, giperkaliyemiya, qon zardobida bilirubin darajasini oshishi, giponatriyemiya, proteinuriya.