Lipoyevaya kislotaretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: lipoat kislotasi (tioktat kislotasi) – 12 mg yoki 25 mg, Tabletka yadrosining yordamchi moddalari: qand (saxaroza) – 52,917 mg yoki 105,22 mg, glyukoza (dekstroza) – 21,3 mg yoki 41,7 mg, kartoshka kraxmali – 10,1 mg yoki 20,7 mg, kaltsiy stearati 1-suvli (kaltsiy stearati monogidrati) – 0,5 mg yoki 1,0 mg, stearin  kislotasi – 0,5 mg yoki 1,0 mg, talk (magniy gidrosilikati) – 2,5 mg yoki 5,0 mg. Qobiqning yordamchi moddalari: aerosil (kolloid kremniy dioksidi) – 0,77 mg yoki 1,08 mg, asalari mumi – 0,021 mg yoki 0,03 mg, titan dioksidi – 1,689 mg yoki 2,35 mg, magniy karbonati asosi (magniy gidroksikarbonati) – 13,976 mg yoki 18,0 mg, vazelin moyi – 0,014 mg yoki 0,02 mg, quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon (povidon) – 0,665 mg yoki 0,93 mg, qand (saxaroza) – 57,6 mg yoki 77,24 mg, talk (magniy gidrosilikati) – 0,085 mg yoki 0,12 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye-104 – 0,18 mg yoki 0,23 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tioktat kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Lipoyevaya kislota

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

sariq yoki ko‘kimtir-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi.

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

A05BA.

Jigarning yog‘li distrofiyasi, jigar tsirrozi, surunkali gepatit, A gepatiti, intoksikatsiyalar (shu jumladan og‘ir metall tuzlari, zaharli qo‘ziqorin bilan), giperlipidemiyada qo‘llanadi.

Ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar – 50 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. 6 yoshdan oshgan bolalar – 12-24 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi – 20-30 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida shifokorning buyurishi bo‘yicha 1 oydan keyin takroriy davolash kursi o‘tkaziladi.

Dispepsiya (shu jumladan ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar), allergik reaktsiyalar (shu jumladan eshakemi, teri toshmasi, qichishish va hatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan tizimli allergik reaktsiyalar), gipoglikemiya.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, laktatsiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik.

Glyukokortikosteroidlarning yallig‘lanishga qarshi ta’sirini kuchaytiradi, Tsisplatinning samaradorligini pasaytiradi. Insulin va peroral gipoglikemik vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. Metallarni bog‘laydi, shuning uchun metall ionlarini saqlovchi preparatlar (temir, magniy, kaltsiy) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas; qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Etanol va uning metabolitlari lipoy kislotasining ta’sirini susaytiradi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda davolash davrida (ayniqsa davolashni boshida) glyukozaning kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak; alkogol iste’mol qilishdan saqlanish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 12 mg va 25 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 50, 100 tabletkadan shisha bankalarda yoki polimer material bankalarda. Har bir banka yoki 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.

3 yil.