Lipofundin MST/LST 10%retsept bilan

Tarkibi:

1000 ml emulsiya quyidagilarni saqlaydi: Ta’sir etuvchi moddalar: Soya dukkaklari moyi                        50,00 g O‘rtacha zanjirli triglitseridlar              50,00 g Yordamchi moddalar: Tuxum letsitini                                 8,00 g Glitserol                                            25,00 g Natriy oleati                                   0,30 g a-Tokoferol                                       0,100 g Inyektsiya uchun suv                          1000 ml gacha Almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarining miqdori: Linolen kislotasi                         24,0-29,0 g/l a-Linolen kislotasi                      2,5-5,5 g/l Energetik qiymati                         4280 kDj/l (1022 kkal/l)

Preparatning savdo nomi:

Lipofundin MST/LST 10%

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun vosita

Dori shakli:

infuziya uchun emulsiya

sut-oq rangli, ko‘rinarli yot kiritmalarsiz, suvdagi moy turidagi emulsiya.

parenteral oziqlantirish uchun vosita

V05VA02

So‘rilishi Biokiraolishligi: Lipofundin MST/LST 10% vena ichiga yuborilganligi tufayli, uning barcha komponentlarining biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi. Qon plazmasida triglitseridlarning maksimal individual kontsentratsiyasi dozaga, yuborish tezligiga, metabolizmning holati va patsiyentning holatiga (ozib ketish darajasi) bog‘liq. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga binoan dozaga rioya qilgan holda qo‘llanganida qon plazmasidagi triglitseridlarning kontsentratsiyasi odatda 4 mmol/l dan oshmaydi. Taqsimlanishi Uzun zanjirli yog‘ kislotalariga nisbatan o‘rtacha zanjirli yog‘ kislotalarining albuminga yaqinligi biroz kamroq, shunday bo‘lsada, preparatning dozasi bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinganda, o‘rtacha zanjirli yog‘ kislotalari va uzun zanjirli yog‘ kislotalari plazmadagi albuminlar bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi. Dozaga rioya qilinganda o‘rtacha zanjirli yog‘ kislotalari va uzun zanjirli yog‘ kislotalari gematoentsefatik to‘siq orqali o‘tmaydi va shu tariqa, orqa miya suyuqligiga tushmaydi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Metabolizmi Yuborilgandan keyin triglitseridlar gidrolizga uchraydi va glitserol va yog‘ kislotalari hosil bo‘ladi. Ikkala komponentlar energiya hosil qilish bilan metabolizmga uchraydi yoki biologik faol moddalar sintezi, glyukoneogenez va lipidlar resintezida ishlatiladi. Chiqarilishi Lipofundin MST/LST 10% preparatining komponentlarini plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 9 minutni tashkil etadi. Triglitseridlar yoki erkin yog‘ kislotalarini buyrak orqali chiqarilishi kuzatilmaydi. Jadallashtirilgan diurez yoki gemodializ Lipofundin MST/LST 10% preparatining komponentlarini chiqarilishiga olib kelmaydi. Lipofundin MST/LST 10% preparatini dozasini oshirib yuborilganda jadallashtirilgan diurez yoki gemodializni talab etuvchi intoksikatsiya yuzaga kelmaydi.

Yengil utilizatsiya qilinadigan lipid komponentiga (o‘rtacha zanjirli triglitseridlar) ega energiya manbai;Parenteral oziqlantirish tarkibida organizmni almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari bilan ta’minlashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli Periferik va markaziy venalarga vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Yuborilayotgan emulsiya harorati hona haroratiga mos kelishi kerak. Yog‘li emulsiya to‘liq parenteral oziqlantirishning bir qismi sifatida alohida yuborilishi mumkin. Maksimal sutkalik doza infuziyani o‘zlashtiraolinishini sinchkov nazorati ostida faqat bosqichma-bosqich oshirib borish yo‘li bilan yuborilishi mumkin. Patsiyentning energetik ehtiyojlariga qarab quyidagi dozalar tavsiya etilgan: Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar Sutkada tana vazniga 1-2 g lipidlar/kg, bu sutkada tana vazniga 10-20 ml/kg ga mos keladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (28 kunlikkacha) Sutkada tana vazniga 2-3 g  (4 g gacha) lipidlar/kg, bu sutkada tana vazniga 20-30 ml (40 ml gacha)/kg ga mos keladi. Chala tug‘ilgan chaqaloqlar va tana vazni kam bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda lipidlarni chiqarish qobiliyati yetarli darajada rivojlanmagan. Shuning uchun dozalar shaxsiy ravishda tanlanishi lozim, qon plazmasidagi triglitseridlar va yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasi esa sinchkovlik bilan nazorat qilinishi lozim. 29 kunlikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar Sutkada tana vazniga 1-3 g lipidlar/kg, bu sutkada tana vazniga 10-30 ml/kg ga mos keladi. Infuziya tezligi Yog‘li emulsiyalarning infuziya tezligi maksimal darajada past bo‘lishi lozim va infuziyaning birinchi 15 minutida soatiga tana vazniga 0,05-0,1 g lipidlar/kg dan oshmasligi kerak, bu soatiga tana vazniga 0,5-1,0 ml/kg ga mos keladi. Infuziyaning maksimal tezligi Soatiga tana vazniga 0,15 g lipidlar/kg, bu soatiga tana vazniga 1,5 ml/kg ga mos keladi. Muvofiq ravishda, yuborish tezligi minutiga tana vazniga 0,5 tomchi/kg dan oshmasligi kerak. Bu, tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyent uchun infuziya tezligi taxminan soatiga 100 ml yoki minutiga 35 tomchini tashkil etishini bildiradi. Xolsizlangan patsiyentlarda va bolalarda infuziya tezligi pasaytirilishi kerak. Infuziyaning shunday tezligini tanlash kerakki, bunda hisoblangan sutkalik doza taxminan 24 soat davomida, lekin 16 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda yuborilishi lozim. Qo‘llash davomiyligi To‘liq parenteral oziqlantirish doirasida Lipofundin MST/LST 10% odatda 1-2 xafta davomida buyuriladi. Agar yog‘li emulsiyalarni qo‘llash bilan parenteral oziqlantirish uzoq vaqt davomida buyurilgan bo‘lsa, tegishli laborator nazoratni amalga oshirilganda Lipofundin MST/LST 10% preparatini yuborish muddati uzaytirilishi mumkin.

Quyida Lipofundin MST/LST 10% preparatini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli noxush nojo‘ya reaktsiyalar ko‘rsatilgan. Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilganda, ular juda kam xollarda (<1/10000) rivojlanadi.

Preparatni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas: Tuxum oqsili yoki soya dukkaklari oqsiliga, yeryong‘oq moyiga yoki ta’sir etuvchi yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;Og‘ir giperlipidemiya;Qon ivishini yaqqol buzilishlari;Og‘ir jigar yetishmovchiligi;Jigar ichi xolestazi;Miokard infarkti yoki insultning o‘tkir fazasi;O‘tkir tromboemboliya;Yog‘ emboliyasi;Noturg‘un metabolizm (masalan, og‘ir jarohatdan keyingi sindrom, dekompensatsiyalashgan qandli diabet, og‘ir sepsis, metabolik atsidoz);Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (oligo- yoki anuriya) buyrak kasalligini o‘rinbosar davolash imkoniyati bo‘lmaganida;Gipokaliyemiya va gipotonik degidratatsiya kabi suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirilmagan buzilishlari;Dekompensatsiyalashgan yurak yetishmovchiligi;O‘tkir o‘pka shishi;Gipergidratatsiya. Ehtiyotkorlik bilan Yog‘ metabolizmini buzilishi (masalan, buyrak yetishmovchiligi, kompensatsiyalangan qandli diabet, pankreatit, jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajali buzilishi, gipertriglitseridemiya bilan kechuvchi gipotireoz va yengil va o‘rtacha darajali sepsis) bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Geparin qon plazmasida lipoproteinlarning faolligini vaqtincha oshirishi mumkin. Boshida bu plazmada lipolizni kuchayishiga olib kelishi mumkin, so‘ngra triglitseridlarning kontsentratsiyasi vaqtincha kamayadi. Soya dukkaklari moyi o‘zining tarkibida K1 vitamini saqlaydi. Ammo Lipofundin MST/LST 10% preparatidagi uning miqdori shu darajada pastki, bilvosita antikoagulyantlar – kumarin hosilalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivishi jarayonlariga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. Shunday bo‘lsada, antikoagulyantlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda koagulogrammani nazorat qilish kerak. Lipofundin MST/LST 10% elektrolit eritmalarini yoki boshqa dori preparatlarining tashuvchisi sifatida qo‘llash mumkin emas, oldindan mutanosiblikni tekshirmasdan infuziya uchun boshqa eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki bunday xollarda yog‘li emulsiyaning turg‘unligi kafolatlanmasligi mumkin. Lipofundin MST/LST 10% preparatini spirt saqlovchi inyektsion yoki infuzion eritmalar bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Lipofundin MST/LST 10% doimo aminokislota preparatlari va uglevodlar eritmalarini buyurishni o‘z ichiga oluvchi parenteral oziqlantirish tarbining bir qismi bo‘lishi kerak. Ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qligi va giperglikemiya – parenteral oziqlantirishni buyurish uchun asos bo‘luvchi simptomlar hisoblanadi yoki ko‘pincha parenteral oziqlantirish lozim bo‘lgan patsiyentlarda bu simptomlar bo‘ladi. Lipofundin MST/LST 10% preparati yuborilganda qon plazmasida triglitseridlarning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Patsiyentda yog‘ metabolizmining buzilishlari gumon qilinganda qonda triglitseridlarning kontsentratsiyasi kattalarda 3 mmol/l va bolalarda 1,7 mmol/l bo‘lgan dastlabki giperlipidemiya infuziyani boshlashdan oldin bartaraf etilishi kerak. Preparat yuborilganidan 12 soatdan keyingi gipertriglitseridemiya yog‘lar metabolizmini buzilishini ko‘rsatadi. Patsiyentdagi metabolizm holatiga qarab, o‘tkinchi gipertriglitseridemiya yoki qon plazmasida glyukoza kontsentratsiyasini oshishi rivojlanishi mumkin. Agar yog‘li emulsiyani yuborish vaqtida plazmadagi triglitseridlarning kontsentratsiyasi kattalar va bolalar uchun yuqorida ko‘rsatilgan yo‘l qo‘yiladigan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lsa, infuziya tezligini pasayirish tavsiya etiladi. Agar plazmadagi triglitseridlarning kontsentratsiyasi 3 mmol/l dan yuqori bo‘lib qolsa, qon plazmasidagi triglitseridlarning kontsentratsiyasi normallashgunigacha preparatni yuborish to‘xtatilishi kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yog‘li emulsiyalar buyurilganida bilirubin albumin bilan birikkan bog‘idan siqib chiqarilishi mumkin. Bu samara uzun zanjirli triglitseridlar bilan bog‘liq. Gipokaliyemiya va gipotonik degidratatsiya kabi suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari parenteral oziqlantirishni boshlashdan oldin zarur miqdorda suyuqlik va elektrolitlarni yuborish yo‘li bilan muvofiqlashtirilishi lozim. Elektrolitlar, suyuqlik muvozanati yoki tana vazni, kislota-asos muvozanati, qon plazmasida glyukozaning kontsentratsiyasi, uzoq muddat qo‘llaganda esa – qonning xujayraviy tarkibi, koagulogramma va jigar faoliyatini nazorat qilish lozim. Lipofundin MST/LST 10% preparatining har qanday komponentiga (masalan, soya dukkaklari moyidagi oqsil izlariga yoki tuxum letsitiniga) o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari juda kam xollarda namoyon bo‘ladi, ammo sensibilizatsiyalangan patsiyentlarda to‘liq inkor etib bo‘lmaydi. Allergik reaktsiyaning har qanday simptomida (masalan, yuqori harorat, qaltirash, toshma va hansirash) Lipofundin MST/LST 10% preparati (yoki har qanday boshqa yog‘li emulsiya) infuziyasini darhol to‘xtatish kerak. Dozani oshirib yuborilishi yog‘ miqdorini oshib ketishi sindromiga olib kelishi mumkin. Agar preparat infuziyasi vaqtida yoki tugaganidan keyin darhol qon namunalari olingan bo‘lsa, yog‘li emulsiya laborator tekshiruvlarning (masalan, bilirubin, laktatdegidrogenaza, qonni kislorod bilan to‘yinish darajasi, gemoglobin) aniqligini pasaytirishi mumkin. Ko‘pchilik patsiyentlarda lipidlar qon oqimidan infuziya tugatilganidan 5-6 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi. Energiyaning yagona manbai sifatida yog‘li emulsiyalarni qo‘llash metabolik atsidoz paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Uglevod eritmalarini bir vaqtda qo‘llash ushbu asoratni rivojlanishini oldini oladi. Shunday qilib, yog‘li emulsiya infuziyasi doimo yetarli miqdorda uglevod eritmalari yoki aminokislotalar va uglevodlarni saqlovchi preparatlar bilan birga yuborilishi kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi Ye vitamini qon ivishi omillari sintezida ishtirok etuvchi K vitaminining samaradorligiga ta’sir qiladi. Buni qon ivishini buzilishi bo‘lgan yoki K vitamini tanqisligiga shubha qilingan patsiyentlarga preparatni buyurishda e’tiborga olish kerak. Lipofundin MST/LST 10% 2,6 mmol/l natriy saqlaydi. Buni tuzsiz parhezda bo‘lgan patsiyentlarda e’tiborga olish kerak. Agar preparatni yuborishda filtrlardan foydalanilsa, ular yog‘larni o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak. Emulsiyani aminokislotalar va uglevod eritmalarini bir vaqtda yuborilganda, Y-simon yoki aylanib o‘tuvchi konnektorlar iloji boricha patsiyentga yaqinroq joylashgan bo‘lishi kerak. Yog‘li emulsiyani boshqa eritmalar bilan birga Y-simon yoki aylanib o‘tuvchi konnektorlar orqali yuborishdan oldin bu preparatlarning mutanosibligini tekshirish lozim. Ikki valentli elektrolitlarni (masalan, kaltsiy) saqlovchi eritmalar bilan birga yuborilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bir marta qo‘llash uchun butilka. Ishlatilmagan preparat qoldiqlari tashlab yuborilsin. Qo‘llashdan oldin ehtiyotkorlik bilan chayqatish kerak. Emulsiyani, faqat chayqatilgandan keyin bir xil bo‘lgandan keyin va butilka shikastlanmagan bo‘lsagina hollardagina qo‘llash mumkin. Qo‘llashdan oldin emulsiyaning bir xilligini ko‘zdan kechirish kerak. To‘satdan muzlatilgandan keyin preparatni ishlatib bo‘lmaydi.

Homiladorlik Lipofundin MST/LST 10% preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi haqida ma’lumotlar yetarli emas. Mavjud ma’lumotlar homiladorlikni kechishi va homilani rivojlanishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda bevosita yoki bilvosita ta’siri mavjudligini ko‘rsatmaydi. Preparatni homiladorlik vaqtida, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Emizish davri Lipofundin MST/LST 10% preparatini emizish davrida qo‘llash tajribasi yo‘q. Hozirgi vaqtda Lipofundin MST/LST 10% preparatini ko‘krak suti bilan ajralishi mumkinligi haqida ma’lumotlar yetarli emas. Odatda, parenteral oziqlantirish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari Yog‘ miqdorini oshib ketishi sindromi triglitseridlarni chiqarilishi buzilgan patsiyentlarda yog‘li emulsiyani uzoq vaqt davomida yuborishning natijasi bo‘lishi mumkin. O‘rtacha zanjirli triglitseridlarni saqlovchi yog‘li emulsiyaning dozasini oshirib yuborilishi, ayniqsa uglevod eritmalarini yondosh ravishda yuborilmaganda ham metabolik atsidozga olib kelishi mumkin. Davolash Doza oshirib yuborilganda infuziyani darhol to‘xtatish kerak. Keyinchalik terapevtik muolajalar muayyan simptomlar va ularning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Simptomlar bartaraf etilgandan keyin infuziyani qayta boshlangan hollarda yuborish tezligi patsiyentning xolatini doimiy kuzatuvi ostida oshirilishi kerak.

10% li infuziya uchun emulsiya. 100 ml, 2550 ml va 500 ml dan flantsli qizil rangli alyumin qalpoqcha va kulrang rangli rezina tiqin bilan berkitilgan 2 sinf gidrolitik butilkada (Yevropa farmakopeyasi). 10 butilkadan teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida (statsionarlar uchun).

2 yil.