Rozuvastatinning yuqori dozalarini, xususan 40 mg dozasini qabul qilgan patsiyentlarda, asosan buyrak naychalari oqibatidagi proteinuriya kuzatilgan, va ko‘pchilik hollarda davriy va qisqa muddatli bo‘lgan.
Bunday proteinuriya buyraklarning o‘tkir kasalliklarini rivojlanishi yoki buyraklarning mavjud bo‘lgan kasalliklarini kuchayishidan dalolat bermaydi.
Rozuvastatin 40 mg dozada qabul qilinganida buyrak faoliyatining jiddiy buzilishlarini rivojlanish tez-tezligi ortadi.
Lipiroz preparati bilan davolanish vaqtida buyrak faoliyatining ko‘rsatgichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Rozuvastatin barcha dozalarda qo‘llanganida va, ayniqsa preparat 20 mg dan yuqori dozalarda qabul qilinganida, mialgiya, miopatiya, kam hollarda rabdomioliz aniqlangan.
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida rabdomioliz juda kam hollarda rivojlangan.
Bunday holatda preparatlarning farmakologik o‘zaro ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi, shuning uchun Lipiroz va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Rozuvastatin 40 mg dozada qabul qilinganida rabdomiolizni rivojlanish hollari oshadi.
KFK ning faolligini, KFK ni oshishiga olib keladigan jadal jismoniy harakatlardan so‘ng aniqlash mumkin emas, chunki bu olingan natijalarni talqin qilishni qiyinlashtirishi mumkin.
Preparat bilan davolash boshlanishidan oldin, KFK ning ko‘rsatkichlari normaning yuqori chegarasidan 5 marta ko‘p oshganida, 5-7 kundan keyin takroran o‘lchash kerak., Agar takroran o‘lchanganida KFK ning dastlabki ko‘rsatkichi tasdiqlansa (normaning yuqori chegarasidan 5 marta ko‘p), Lipiroz bilan davolashni boshlash mumkin emas.
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Lipiroz preparatini miopatiya / rabdomiolizning xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Bunday omillarga quyidagilar kiradi: buyrak yetishmovchiligi;gipotireoz (40 mg dozasi uchun);shaxsiy va oilaviy anamnezda mushaklarning kasalliklari (40 mg dozasi uchun);anamnezda GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida miotoksiklikni kuzatilganligi (40 mg dozasi uchun);alkogolni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish (40 mg dozasi uchun);70 yoshdan kattalar;qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini oshishi bilan kechadigan holatlar (40 mg dozasi uchun);bir vaqtda fibratlarni qabul qilish (40 mg dozasi uchun).
Bunday patsiyentlarda davolashdan kutilgan foyda va xavf nisbatini baholash kerak va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak.
Kutilmaganda mushak og‘riqlari, mushaklarni kuchsizligi yoki spazmlari, ayniqsa lohaslik yoki isitma bilan birga kechgan holatlarda, darhol shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida patsiyentlarni xabardor qilish tavsiya etiladi.
Bunday patsiyentlarda KFK ning faolligini nazorat qilish shart.
Agar KFK ning darajasi normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 martadan ko‘p oshgan bo‘lsa, yoki mushaklar tomonidan kuzatilgan simptomlar keskin ifodalangan bo‘lsa, va butun kun davomida kundalik diskomfort chaqirsa (xatto agar KFK ning darajasi normaning yuqori chegerasidan 5 marta kam bo‘lsa ham), davolash to‘xtatilishi kerak.
Agar simptomlar yo‘qolsa, va KFK ning faolligi normaga qaytsa, u holda Lipiroz preparatini takroran buyurish yoki GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorlarini kichikroq dozalarda patsiyentni sinchkov kuzatuvi ostida buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Rabdomiolizning simptomlari bo‘lmaganida patsiyentlarda KFK ning faolligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiq emas.
Biroq miozit va miopatiya hollarini oshishi, fibrat kislotasining hosilalari, shu jumladan gemifibrazil, tsiklosporin, nikotin kislotasini lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda, zamburug‘larga qarshi vositalar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarda aniqlangan.
Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan birga buyurilganida miopatiyani rivojlanish havfini oshiradi.
Shunning uchun, rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Rozuvastatin fibratlar yoki nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalari (1 g dan ortiq) bilan majmuada qo‘llanganida bo‘lishi mumkin foyda va havf nisbatin sinchiklab baholanishi kerak.
Rozuvastatinni 40 mg dozada fibratlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emasyu.
Lipiroz preparatini miopatiyaga gumon qilish imkonini beruvchi yoki ikkilamchi buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, og‘ir darajadagi kasalliklari (masalan, sepsis, arterial gipertenziya, jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, metabolik sindrom, tirishishlar, endokrin va elektrolit buzilishlar) bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Lipiroz preparatini alkogolni haddan tashqari ko‘p miqdorda iste’mol qiluvchi yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Davolash boshlanishidan oldin va boshlanganidan so‘ng 3 oydan keyin jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini aniqlash tavsiya etiladi.
Agar qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta oshsa, Lipiroz preparatini qabul qilishni to‘xtatish yoki qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak.
Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlarining rivojlanish tez-tezligi (asosan, “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi bilan bog‘liq) preparat 40 mg dozada qabul qilinganida oshadi.
Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatida giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda asosiy kasallikni davolash Lipiroz preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak.
Farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida osiyolik patsiyentlar ichida rozuvastatinning tizimli kontsentratsiyasi yevropa irqining vakillari mansub patsiyentlar ichidan olingan ma’lumotlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.
Rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.