Lipideks srretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: fenofibrat 250 mg; Yordamchi moddalar: neytral granulalar, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Fenofibrat (mikronlashtirilgan)

Preparatning savdo nomi:

Lipideks sr

Farmakalogik guruhi:

Gipolipidemik vosita.

Dori shakli:

Kapsulalar

Och-sariq rangli, hidsiz sferik mikropelletlar saqlovchi pushti-sariq/tiniq to‘q sariq, №1 qattiq jelatinli kapsulalar.

Gipolipidemik vosita.

C10AB05

Plazmada faol modda fenofibrin kislotasi ko‘rinishida aniqlanadi, uning maksimal kontsentratsiyasi preparat qabul qilingandan o‘rtacha 5 soatdan keyin kuzatiladi. Sutkada bir kapsula qabul qilish fonida plazmadagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 15 mkg/ml ni tashkil qiladi. Fenofibrin kislotasi plazma albuminlari bilan yuqori darajada bog‘lanish xususiyatiga ega. Uzoq muddat qabul qilinganda faol moddani to‘planib qolishi kuzatilmaydi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari – fenofibrin kislotasi va uning glyukuron kislotasi bilan konyugatidir. Fenofibrin kislotasini plazmadan yarim chiqarilish davri 20 soatni tashkil qiladi. Organizmdan asosan siydik orqali va kam darajada axlat bilan chiqariladi. 24 soat davomida siydik bilan preparatni 70% chiqariladi; 6 kun davomida 88% gacha chiqariladi.

Giperlipoproteinemiyalarning parhez bilan muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan IIa, IIb, III, IV, V turlari (Fredrikson tasnifi bo‘yicha), hamda II tip qandli diabetni metabolik sindromida qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Preparat ovqat bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga preparat 250 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida preparatni sutkada 500 mg dan 2 marta qabul qilishga bo‘lib buyurish mumkin.

Dispeptik ko‘rinishlar, jigar fermentlari faolligini oshishi; kam hollarda – og‘riq bilan kechuvchi miopatiyalar, kreatinfosfokinaza faolligini oshishi, terining allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.

Jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya, bolalar, preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish natijasidagi qandaydir samaralar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Spetsifik antidoti yo‘q va o‘tkir dozani oshirib yuborilishni davolash simptomatik hisoblanadi. Zarurati bo‘lgan hollarda me’dani yuvish va tutib turuvchi davolash qo‘llanadi. Fenofibrin kislotasi gemodializ orqali chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

«Lipideks® SR», kapsulalar №10, №30.

3 yil.