Liperoretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: glitsirrizin kislotasining monoammoniy tuzi, glitsirrizin kislotasiga qayta hisoblanganda (glitsiram) – 20,0 mg; glitsin – 200 mg; L-tsistein gidroxloridi suvsiz monogidrati tuzga qayta hisoblanganda – 10,0 mg. yordamchi moddalar: natriy xloridi – 103,0 mg; natriy metabisulfiti – 16,0 mg; suvli ammiak – 30,0 mg; inyektsiy uchun suv – 10,0 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

glitsirrizin kislotasi (monoammoniy tuzi ko‘rinishida), glitsin, L-tsistein.

Preparatning savdo nomi:

Lipero

Farmakalogik guruhi:

Gepatoprotektor

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.

Gepatoprotektor

R01AX10

Preparatni vena ichiga (v/i) yuborilganda biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.

Preparatni surunkali V va S gepatitlarda, yog‘li gepatozda, jigarning boshqa degenerativ shikastlanishlarida, dorili, alkogolli shikastlanishlarida, jigar tsirrozida, teri kasalliklarida va allergiyada (ekzemada, dermatitda, eshakemida, toksikodermiyada, psoriazda, alopetsiyada stomatitda) qo‘llanadi.

Jigarning surunkali kasalliklarida: v/i inyektsiyasi va tomchilab yuborish uchun odatdagi doza 40 ml ni tashkil qiladi. Maksimal doza 100 ml gacha. Tomchilab yuborish uchun preparat 250 ml natriy xloridining izotonik eritmasiga yoki 5% glyukoza eritmasi qo‘shiladi. Teri kasalliklarida yoki allergiyada: odatdagi kundalik doza v/i 20-40 ml ni tashkil qiladi.

Anafilaktik shok (qon bosimini pasayishi, hushsiz holat, dispnoe, yuzni qizarishi, shish va boshqalar), doza oshirilganida qon zardobida kaliyni kontsentratsiyasini kamayishi, psevdoaldosteronizm, shuningdek qon bosimini oshishi kuzatiladi.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, aldosteronizm, gipokaliyemiyasi va miopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Tarkibida qizilmiya ildizi bo‘lgan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganida preparatning tarkibiga kiruvchi glitsirrizin ta’siri kuchayishi aniqlanadi. Buning oqibatida psevdoaldosteronizm paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa dori vositalari: xalqali diuretiklar, etakrin kislotasi, furosemid, tiazid diuretiklar (trixlormetiazid, trixlortameidon) bilan qo‘llanganda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur. Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanganda ehtiyotkorlik choralari

Anafilaksiya hollarida reaktsiyaning har qanday simptomlaridan qat’iy nazar preparatni qo‘llash darhol to‘xtatilishi va muvofiq choralar qo‘llanishi kerak. Yuqori dozada yuborilgandan yoki uzoq vaqt davomida qo‘llangandan keyin og‘ir gipokaliyemiya, qon bosimini oshishi, organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi, shishlar, tana vaznini oshishi ko‘rinishidagi psevdoaldosteronizm simptomlari va ularga xos simptomlarni paydo bo‘lish ehtimoli paydo bo‘ladi va bunday holatlarda patsiyentlarni sinchkov kuzatish (xususan, qon zardobida kaliyni kontsentratsiyasini aniqlash) zarur. Har qanday simptomlarni paydo bo‘lishidan qat’iy nazar reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va muvofiq choralarni qo‘llash kerak. Keksa patsiyentlar Keksa yoshdagi patsiyentlarga preparatni yuborishni nazoratlangan sekin tezlikda patsiyentni holatini kuzatgan holda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi Bu guruh patsiyentlarda preparatni qo‘llash xavsizligi aniqlanmagan. Preparatni faqat agar potentsial foyda mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyuriladi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: shish, umumiy lohaslik, bosh og‘rig‘i, toshma, qizib ketish hissi. Davolash: preparatni qo‘llashni to‘xtatish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma, 10 ml dan ampulalarda.

2 yil.