Linkas

Tarkibi:

Har bir pastilka quyidagi ekstraktlarni saqlaydi: faol moddalar: 30.0 mg tomirli Adxatoda, 7.0 mg Yalang‘och chuchukmiya, 6.0 mg Uzun qalampir, 2.0 mg Xushbo‘y binafsha, 3.0 mg Dorivor issop, 3.0 mg Katta kalgan. yordamchi moddalar: yalpiz ta’mli: mentol, qand, suyuq glyukoza, evkalipt moyi, yalpiz moyi, talk qattiq parafin, asalarining sariq mumi, lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin. asal-limon ta’mli: mentol, qand, suyuq glyukoza, evkalipt moyi, suvsiz limon kislotasi, asal-limon aromatizatori, talk, qattiq parafin, asalarining sariq mumi, lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin. apelsin ta’mli: mentol, qand, suyuq glyukoza, evkalipt moyi, suvsiz limon kislotasi, apelsin aromatizatori, talk, qattiq parafin, asalarining sariq mumi, lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin.

Preparatning savdo nomi:

Linkas

Farmakalogik guruhi:

LOR a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

pastilkalar (yalpizli, apelsinli, asal-limonli).

Dumaloq, jigarrang ko‘proq yalpiz ta’mli, asal ta’mli, apelsin ta’mli pastilkalar. Pastilkalarni quyi va yuqori yuzasida notekislik aniqlanadi. Karamel massasida biroz ora-sira havo pufakchalarini bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yuzasida biroz oq dog‘lar bo‘lishi mumkin.

LOR a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

R05

Yo‘tal va tomoqdagi og‘riq bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklarida simptomatik davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.

Bir pastilkadan har ikki – uch soatda butunlay eriguncha sekin shimiladi. Maksimal sutkalik doza: 8 pastilka.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Pastilkalar saxaroza saqlaydi, qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek gipokaloriyali parhezda buni hisobga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quyosh nuridan saqlansin.

Retseptsiz

Qutida 8 pastilkadan 2 blisterli tasma. Qutida 8 pastilkadan 1 blisterli tasma.

3 yil