Linezolidretsept bilan

Tarkibi:

Har bir butilka quyidagilarni saqlaydi:100 ml200 ml300 mlfaol modda:linezolid, g 0,2 0,4 0,6yordamchi moddalar:suvsiz glyukoza, gnatriy tsitrati,suvsiz limon kislotasi,inyektsiya uchun suv, ml 4,57  100 gacha 9,14  200 gacha 13,71  300 gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

linezolid

Preparatning savdo nomi:

Linezolid

Farmakalogik guruhi:

tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma 2 mg/ml

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.

tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar.

J01XX08.

Linezolid biologik faol va organizmda nofaol hosilalarini hosil qilib metabolizmga uchraydi. Linezolidning suvdagi eruvchanligi taxminan 3 mg/ml ni tashkil etadi va 3-9 diapazonida rN ga bog‘liq emas. Sog‘lom ko‘ngillilarda bir marta va ko‘p marta vena ichiga yuborilgandan keyin (qonda linezolidning barqaror kontsentratsiyasiga erishish uchun) linezolidning o‘rtacha farmakokinetik ko‘rsatkichlari jadvalda keltirilgan. Linezolidni dozalash tartibiCmaxmkg/ml(SD)Cminmkg/ml(SD)Tmaxsoat(SD)AUC*mkg/ml(SD)T1|2soat(SD)Slml/min(SD)600 mg, infuziya uchun eritmaBir marta Sutkada ikki marta  12,90(1,60)15,10(2,52) ——– 3,68(2,36) 0,50(0,10)0,51(0,03) 80,20(33,30)89,70(31,00) 4,40(2,40)4,80(1,70) 138(39)123(40)*AUC bir marta yuborish uchun = AUC 0-∞                             Cmin= plazmadagi minimal kontsentratsiyasi*AUC ko‘p marta yuborish uchun = AUC 0-t                               Tmax = Cmax ga erishish uchun vaqtCmax= plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi            AUC = “kontsentratsiya – vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonSD = standart og‘ish                                                     T1|2  = yarim chiqarilish davriSl = tizimli klirensi 600 mg sutkada ikki marta dozalash tartibida linezolidning Cmin o‘rtacha ko‘rsatkichi eng sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar uchun MIC90 ning eng yuqori ko‘rsatkichlariga taxminan teng. Taqsimlanishi. Qon bilan ta’minlanishi yaxshi bo‘lgan to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Sog‘lom odamda muvozanat kontsentratsiyasiga erishilganda taqsimlanish xajmi o‘rtacha 40-50 l ni tashkil qiladi, bu organizmdagi suvning umumiy miqdoriga taxminan teng. Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi – 31% va linezolidning qondagi kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Metabolizmi. Tsitoxrom R450 izofermentlari in vitro sharoitda linezolidning metabolizmida ishtirok etmaydi. Linezolid tsitoxrom R450 ning klinik jihatdan muhim izofermentlarining (1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2E1, 3A4) faolligini ingibitsiya qilmaydi. Metabolik oksidlanish ikkita nofaol metabolitlarini – gidroksietilglitsin (odamdagi asosiy metaboliti, nofermentativ jarayon natijasida hosil bo‘ladi) va aminoetoksisirka kislotasi (kam miqdorda hosil bo‘ladi) hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek boshqa metabolitlari ham ta’riflangan. Chiqarilishi. Linezolid asosan buyraklar orqali gidroksietilglitsin metaboliti (40%), o‘zgarmagan preparat (30-35%) va aminoetoksisirka kislotasi metaboliti (10%) ko‘rinishida chiqariladi. Gidroksietilglitsin metabolitining 6% va aminoetoksisirka kislotasi metabolitining 3% axlat bilan chiqariladi. O‘zgarmagan preparat axlat bilan deyarli chiqarilmaydi.

Anaerob yoki aerob grammusbat mikroorganizmlarning sezgir shtammlari chaqirgan infektsiyalar, shu jumladan quyidagilar kabi bakteriyemiya bilan kechuvchi infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi: nozokomikal (gospital) pnevmoniya;kasalxonadan tashqari pnevmoniya;teri va yumshoq to‘qimlar infektsiyalari;enterokokklar, shuningdek Enterococcus faecium va faecalis ning vankomitsinga rezistent shtammlari chaqirgan infektsiyalar. Agar infektsiya qo‘zg‘atuvchisi grammusbat organizmlarni o‘z ichiga olsa, majmuaviy davolashni buyurish klinik jihatdan ko‘rsatilgan.

Preparatni qo‘llashdan oldin linezolidga sezuvchanlikka teri sinamasini o‘tkazish kerak. Linezolid sutkada 2 marta buyuriladi. Infuziya uchun eritmani 30-120 minut davomida yuborish kerak. Davolash Linezolidni vena ichiga infuziya ko‘rinishida buyurish bilan boshlangan patsiyentlar Linezolidni peroral qo‘llash uchun shakllari bilan davolashga o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda dozani tanlash talab etilmaydi, chunki ichga qabul qilinganda linezolidning biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil etadi. Kattalar va 12 yosh va undan katta bolalar uchun tavsiya etiladigan dozalar

Ko‘rsatilgan ma’lumot Linezolid preparatining tavsiya etilgan dozasini 28 kun davomida qabul qilgan 2800 nafar kattalar patsiyentlar ishtirok etgan klinik tadqiqotlardan olingan. Taxminan 22% patsiyentlarda nojo‘ya reaktsiyalar rivojlangan: eng ko‘p bosh og‘rig‘i (2,1%), diareya (4,2%), ko‘ngil aynishi (3,3%) va kandidoz (shu jumladan oral 0,8% va vaginal kandidoz 1,1%, aniqroq quyida sanab o‘tilgan) haqida xabar berilgan. Preparatni bekor qilishga olib kelgan eng ko‘p uchragan nojo‘ya reaktsiyalarga bosh og‘rig‘i, diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi. Taxminan 3% patsiyentlar preparat bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiya rivojlanishi sababli davolashni to‘xtatishgan. ≥ 0,1% tez-tezlikda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar. Infektsiyalar va invaziyalar Tez-tez: kandidoz (shu jumladan oral va vaginal kandidoz) yoki zamburug‘li infektsiyalar. Tez-tez emas: vaginit. Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan Tez-tez emas: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya (klinik xabarlarga muvofiq). Nerv tizimi tomonidan Tez-tez: bosh og‘rig‘i, ta’m bilishni o‘zgarishi (metall ta’mi) Tez-tez emas: bosh aylanishi, gipersteziya, paresteziya, uyqusizlik. Ko‘rish a’zosi tomonidan Tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi. Eshitish a’zosi va muvozanat tomonidan Tez-tez emas: quloqlarda shang‘illash. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan Tez-tez emas: arterial gipertenziya, flebit/tromboflebit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan Tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish. Tez-tez emas: qorinda chegaralangan yoki umumiy og‘riq, og‘izni qurishi, gastrit, glossit, stomatit, til rangini buzilishi yoki o‘zgarishi, pankreatit, dispepsiya, qabziyat, ich kelishini susayishi. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan Tez-tez: anomal funktsional jigar sinamalari. Teri qoplamalari va teri osti kletchatkachi tomonidan: Tez-tez emas: dermatit, ko‘p terlash, qichishish, toshma, eshakemi. Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan Tez-tez emas: poliuriya. Reproduktiv tizimi tomonidan, sut bezlari kasalliklari Tez-tez emas: vulvovaginal buzilishlar. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Tez-tez emas: qaltirash, toliqish, isitma, inyektsiya joyida og‘riq, chanqoqlikni kuchayishi, mahalliy og‘riq. Laborator ko‘rsatkichlar

Linezolid yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik. Linezolid monoaminoksidaza A va V ni susaytiruvchi tibbiy preparatlar (masalan izokarboksazid, fenelzin, selegilin, moklobemid) ni qabul qilayotgan patsiyentlar yoki bunday preparatlar bekor qilingandan keyin ikki xafta davomida qabul qilmasliklari kerak. Arterial bosimni sinchkovlik bilan kuzatish va monitoringi imkoniyati bo‘lgan holatlardan tashqari, linezolid yondosh klinik holatlar va quyidagi preparatlarni yondosh qabul qilayotgan patsiyentlarga buyurilmasligi kerak: nazoratlanmagan arterial gipertenziya, feoxromatsitoma, kartsinoid, tireotoksikoz, bipolyar depressiya, shizoaffektiv buzilishlar, bosh aylanishining o‘tkir xuurjlari.Serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitori, tritsiklik antidepressantlar, serotoninning 5-NT1 retseptorlari agonistlari (triptanlar), bevosita va bilvosita simpatomimetiklar (shu jumladan adrenergik brondilatatorlar, soxtaefedrin, fenilpropanolamin), vazopressorlar (epinefrin, norepinefrin), dopaminergik birikmalar (dopamin, dobutamin), petidin yoki buspiron.

Linezolid MAO ning kuchsiz, qaytuvchan, noselektiv ingibitori bo‘lib hisoblanadi. MAO ni susaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlar bilan birga qabul qilayotgan patsiyentlarda bir vaqtda qo‘llaganda preparatlar bilan o‘zaro ta’siri va linezolidning xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlar cheklangan. Shuning uchun bunday holatlarda linezolid preparatini, patsiyentni sinchkovlik bilan kuzatish va monitoringi imkoniyati bo‘lgan holatlardan tashqari qo‘llash tavsiya etilmaydi. Linezolid qabul qilayotgan normotenziv sog‘lom ko‘ngillilarda soxtaefedrin gidroxloridi yoki fenilpropanolamin gidroxloridining pressor samarasini ahamiyatsiz va o‘tuvchan kuchayishi kuzatilishi mumkin. Linezolid va soxtaefedrin yoki fenilpropanolaminni bir vaqtda qo‘llash o‘rtacha sistolik arterial bosimni faqat linezolidni qo‘llaganda 11-15 mm.sim. ust. ga nisbatan 30-40 mm.sim.ust. ga, faqat soxtaefedrin yoki fenilpropanolaminni qo‘llaganda 14-18 mm.sim.ust. ga, platseboni qo‘llaganda – 8-11 mm.sim.ust. ga oshishiga olib kelgan. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda bunday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Dopamin yoki dopamin agonistlari kabi adrenergik vositalarning boshlang‘ich dozasini pasaytirish va kutilgan klinik javobga erishishgacha asta-sekin titrlash tavsiya etiladi. Linezolid va serotoninergik vositalarni bir vaqtda qo‘llaganda serotonin sindromi holatlari haqida juda kam hollarda spontan xabarlar berilgan. Antibiotiklar: aztreonam yoki gentamitsin bilan bir vaqtda qo‘llaganda linezolidning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Linezolid preparati va dekstrometorfan o‘rtasida potentsial o‘zaro ta’sir sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rganilgan. Ularga dekstrometorfan (ikkita 20 mg doza har 4 soatda alohida buyurilgan) linezolid bilan yoki usiz buyurilgan. Linezolid va dekstrometorfanni bir vaqtda qabul qilganda sog‘lom ko‘ngillilarda serotonin sindromi samaralari (ongni susayishi, deliriy, ta’sirchanlik, tremor, ko‘p terlash, giperpireksiya) kuzatilmagan. Postmarketing tajriba: linezolid va dekstrometorfan qabul qilgan patsiyentda serotonin sindromi rivojlanishining bir holati haqida xabar berilgan, u preparatlar bekor qilingandan keyin o‘tib ketgan. Linezolidni serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari bilan klinik qo‘llash jarayonida serotonin sindromi rivojlanishi haqida kam hollarda xabar berilgan. Linezolid va 100 mg dan kam tiramin qabul qilgan patsiyentlarda ahamiyatli pressor samaralar kuzatilmagan. Bu tiraminni ko‘p miqdorda saqlovchi ovqat va ichimliklarni (pishloq, achitqilar ekstrakti, distillanmagan alkogolli ichimliklar, soyali sous kabi fermentlangan soya dukkaklari saqlovchi mahsulotlar) iste’mol qilishdan saqlanish kerakligini bildiradi. Linezolid tsitoxrom R450 (CYP) tizimi orqali metabolizmga uchraydi va odamda klinik ahamiyatli CYP-izoshakllari (1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2Е1, ZA4) ni susaytirmaydi. Shunga o‘xshab linezolid kalamushlarda R450 izofermentlarini induktsiya qilmaydi. Shuning uchun linezolidni qo‘llaganda CYP 450- induktsiya qilgan o‘zaro ta’sirlar kutilmaydi. Linezolid bilan davolashga varfarin qo‘shilganda muvozanat holatida halqaro normallashgan nisbat (XNN) egri chizig‘i ostidagi maydonni 5% ga pasayishi bilan XNN ning o‘rtacha maksimal darajasini 10% ga pasayishi kuzatilgan. Varfarin va linezolidni qabul qilgan patsiyentlardagi ma’lumotlar bu kuzatishlarning klinik ahamiyatini baholash uchun yetarli emas.

Linezolid MAO ning qaytuvchan noselektiv ingibitori bo‘lib hisoblanadi, lekin antibakterial davolash uchun qo‘llanadigan dozalarda preparat antidepressiv samara namoyon qiladi. Yondosh kasalliklari yokit MAO susaytirish xavfiga olib kelishi mumkin bo‘lgan preparatlarni yondosh qabul qilayotgan patsiyentlarga buyurilganda Linezolid preparatining o‘zaro ta’siri va xavfsizligi yuzasidan ma’lumotlar cheklangan. Shuning uchun ta’riflangan hollarda patsiyentni sinchkovlik bilan kuzatish va monitoringi imkoniyati bo‘lgan holatlardan tashqari hollarda linezolidni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Patsiyentlar tiraminga boy ovqatlarni iste’mol qilishdan saqlanishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Har bir ml eritma 45,7 mg (13,7 g/300 ml) glyukoza saqlaydi. Qandli diabeti yoki glyukozaga tolerantlikni buzilishi bilan xarakterlanuvchi boshqa holatlar bo‘lgan patsiyentlarda bunga e’tibor qaratish kerak. Har bir ml eritma 0,38 mg (114 mg/300 ml) natriy saqlaydi. Linezolid qabul qilgan ayrim patsiyentlarda qaytuvchan miolosupressiya (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya) haqida xabar berilgan, uning yaqqolligi dozaga va davolash davomiyligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Natijasi ma’lum bo‘lgan hollarda linezolid bekor qilingandan keyin o‘zgarishlar kuzatilagan gematologik ko‘rsatkichlar davolashni boshlashdan oldin kuzatilgan darajagacha qaytgan. Bu samaralarni rivojlanish xavfi davolash davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Trombotsitopeniya ko‘pincha patsiyent dializda bo‘lishidan qat’iy nazar og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun: anemiya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya; periferik qonda gemoglobin darajasini yoki trombotsitlar miqdorini pasaytiruvchi yoki ularning funktsiyasini susaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan; og‘ir buyrak yetishmovchiligi; qon ketishi xavfini yuqori; avval aniqlangan miyelosupressiya; yoki linezolidni 2 xaftadan ortiq qabul qilayotgan patsiyentlarda qonning kengaytirilgan klinik tahlil nazoratini amalga oshirish kerak. Linezolid bunday patsiyentlarga faqat gemoglobin darajasi, qon va trombotsitlarning kengaytirilgan tahlil ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan monitoring qilish imkoni bo‘lganidagina buyurilishi mumkin. Linezolid bilan davolash jarayonida ahamiyatli miyelosupressiya holatlarida, davolashni davom ettirish juda zarur bo‘lgan hollardan tashqari davolashni to‘xtatish kerak. Bunday hollarda qonning kengaytirilgan tahlil ko‘rsatkichlarini jadal monitoringini olib borish va patsiyentni parvarishlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish kerak. Qonning kengaytirilgan tahlilining dastlabki natijalaridan qat’iy nazar linezolidni  xaftada bir marta qabul qilayotgan patsiyentlarda qo‘shimcha qonning kengaytirilgan tahlilini (shu jumladan gemoglobin darajasi, leykotsitlarning umumiy va differentsial miqdori) monitoringini olib borish kerak. Tadqiqotlarda qo‘llash vaqtida linezolidni tavsiya etilgan maksimal davomiylik 28 kundan ortiq qabul qilgan patsiyentlarda jiddiy anemiya rivojlanishining yuqori darajasi haqida xabar berilgan. Bu patsiyentlar gemotransfuziyaga muhtoj bo‘lganlar. Postmarketing kuzatuv vaqtida ham gemotransfuziyani talab etgan anemiya holatlari haqida ham xabar berilgan. Ko‘pgina holatlar linezolidni maksimal tavsiya etilgan davrdan uzoqroq qabul qilgan patsiyentlarda yuzaga kelgan. Linezolidni qo‘llaganda laktat atsidoz rivojlanishi haqida xabar berilgan. Linezolid qabul qilayotgan va ko‘ngil aynishi yoki qusish, noma’lum sababli atsidoz yoki qonda bikarbonatlarning darajasini takroran pasayishi kuzatilgan patsiyentlarga shoshilinch tibbiy tekshiruv talab etiladi. Grammusbat qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kateterli septik infektsiyalari bo‘lgan jiddiy kasallangan patsiyentlarda ochiq randomizatsiya qilingan klinik tadqiqot doirasida vankomitsin/diklosatsillin/oksatsillin majmuasiga nisbatan linezolid bilan davolangan patsiyentlarda o‘lim darajasini oshishi kuzatilgan. Davolash davomiyligi 7 sutkadan 28 sutkagacha bo‘lganda linezolid (600 mg har 12 soatda vena ichiga/peroral) va vankomitsin (1 g har 12 soatda) yoki oksatsillin (2 g har 6 soatda)/diklosatsilin (500 mg har 6 soatda) qo‘llash bilan davolash baholangan. Linezolid va qiyosiy preparat qo‘llanilganda o‘lim holatlari tez-tezligi muvofiq ravishda 78/363 (21,5%) va 58/363 (16,0%) ni tashkil qilgan. Logistik regressiya natijalari asosida kutilgan nisbiy xavf 1,426 [95% ishonch intervali — 0,970; 2,098] ni tashkil qilgan. Garchi bog‘liqlik aniqlanmagan bo‘lsada, kuzatilgan disbalans asosan linezolid qabul qilgan va davolashdan oldin grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar yoki aralash grammanfiy va grammusbat infektsiya aniqlangan yoki qo‘zg‘atuvchi aniqlanmagan patsiyentlarda yuzaga kelgan. Nazoratli klinik tadqiqotlar oyoq panjasini diabetik shikastlanishi, yotoq yaralar, ishemik shikastlanishlar, og‘ir kuyishlar yoki gangrenasi bo‘lgan patsiyentlarni o‘z ichiga olmagan. Shuning uchun bu holatlarni davolash uchun linezolidni qo‘llash tajribasi cheklangan. Linezolid bilan davolash uchun randomizatsiya orqali tanlab olingan va davolashni boshlashdan oldin faqat grammusbat qo‘zg‘atuvchilar aniqlangan patsiyentlarda, shu jumladan grammusbat bakteriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarning kichik guruhlarida qiyosiy preparat guruhiga mansub patsiyentlardagi yashab qolish tez-tezligi kuzatilgan. Linezolid grammanfiy qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan klinik faollikni namoyon qilmaydi, shuning uchun bu mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarda qo‘llash mumkin emas. Agar yondosh grammanfiy infektsiya aniqlansa yoki gumon qilinsa, grammanfiy mikroorganizmlarni nisbatan spetsifik mikroblarga qarshi davolash ko‘rsatilgan. Linezolidni hayot uchun xavf soluvchi tizimli infektsiyalarning yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda, xususan jadal davolash bo‘limidagi markaziy venoz kateteri o‘rnatilgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘rnatilgan venoz kateteri chaqirgan septik infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda linezolidni qo‘llash mumkin emas. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda linezolidni ehtiyotkorlik bilan va faqat preparatdan kutilayotgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash kerak. Jigarni og‘ir shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda linezolidni faqat preparatdan kutilayotgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash kerak. Deyarli barcha antibakterial preparatlarni, shu jumladan linezolidni qo‘llaganda soxtamembranoz kolit holatlari haqida xabar berilgan, uning og‘irlik darajasi ahamiyatsiz darajadan hayotga xavf soluvchi darajagacha o‘zgarishi mumkin. Deyarli barcha antibakterial preparatlarni, shu jumladan linezolidni qo‘llaganda Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya haqida xabar berilgan, uning og‘irlik darajasi ahamiyatsiz diareyadan fatal kolitgacha o‘zgarishi mumkin. Antibakterial vositalar bilan davolash yo‘g‘on ichakning normal mikroflorasining tarkibini o‘zgartiradi, bu C.difficile ni haddan tashqari o‘sishiga olib keladi. C.difficile diareya rivojlanishiga olib keluvchi A va V toksinlarini ishlab chiqaradi. C.difficile shtammlari ishlab chiqargan gipertoksin kasallanish va o‘lim holatlari oshishiga olib keladi, chunki bu infektsiyalar mikroblarga qarshi davolashga refrakter bo‘lishi va kolektomiya o‘tkazishni talab etishi mumkin. C.difficile bilan bog‘liq diareya antibiotiklarni qo‘llagandan keyin yuzaga kelgan diareyasi bo‘lgan barcha patsiyentlarda gumon qilinishi kerak. Anamnezni diqqat bilan to‘plash kerak, chunki C.difficile bilan bog‘liq diareya holatlari antibakterial vositalar qo‘llanilgandan keyin 2 oy o‘tgach rivojlanishi mumkin. Linezolidni qabul qilgan, ko‘pincha maksimal tavsiya etilgan 28 kundan ortiq qo‘llanilganda periferik va optik nevropatiya holatlari haqida xabar berilgan. Ko‘rishni yo‘qolishiga avj olgan optik neyropatiya holatlarida patsiyentlar preparatni maksimal tavsiya etilgan davrdan uzoqroq qabul qilganlar. Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, rang ajratishni o‘zgarishi, ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘rish maydoni nuqsonlari kabi simptomlar yuzaga kelgan hollarda darhol oftalmologik tekshiruv tavsiya etiladi. Linezolidni uzoq vaqt (3 oy va undan ko‘p) qabul qilayotgan barcha patsiyentlarda va linezolid bilan davolash davomiyligidan qat’iy nazar ko‘rish a’zosi tomonidan yangi simptomlarni yuzaga kelishidan shikoyat qilayotgan barcha patsiyentlarda ko‘rish funktsiyasini nazorat qilish kerak. Periferik nevropatiya yoki ko‘ruv nervi nevropatiyasi rivojlangan hollarda linezolidni keyinchalik qo‘llashni maqsadga muvofiqligini va u bilan bog‘liq potentsial xavfni baholash kerak. Kam hollarda linezolid qabul qilgan patsiyentla tirishish yuzaga kelishi haqida xabar berilgan. Ko‘pgina hollarda – anamnezida tirishish xurujlarini yoki tirishish yuzaga kelishining xavf omillari bo‘lgan. Linezolid va serotoninergik vositalar, shu jumladan antidepressantlar, xususan serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitolarini (SSRIs) bir vaqtda qo‘llash bilan bog‘liq serotonin sindromi holatlari haqida spontan xabarlar berilgan. Linezolid va serotoninergik vositalarni bir vaqtda qo‘llash klinik jihatdan zarur bo‘lsa, patsiyent kognitiv disfunktsiya, giperpireksiya, giperrefleksiya va koordinatsiyani buzilishi kabi serotonin sindromining belgilari va simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Ko‘rstilgan belgilar va simptomlar yuzaga kelgan hollarda shifokor ikkala preparatdan bittasi yoki ikkalasini qo‘llashni to‘xtatish zarurligi haqida masalani ko‘rib chiqishi kerak. Serotoninergik preparat bekor qilingandan keyin ko‘rsatilgan simptomatika o‘tib ketishi mumkin. Linezolid fertillikni qaytuvchan pasaytiradi va taxminan odamdagiga teng ekspozitsiya darajadarida erkak kalamushlarda spermaning anomal morfologiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Preparatning odamning reproduktiv tizimiga ta’siri noma’lum.

Linezolidni homilador ayollarda qo‘llashning adekvat va yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparatni bu davrda faqat kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina buyurish kerak. Linezolid ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma’lum, shuning uchun emizish davrida linezolidni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dozani oshirib yuborilgan holda kalavalar filtratsiyasi darajasini tutib turishga qaratilgan choralarni amalga oshirish bilan simptomatik davolash ko‘rsatilgan. Gemodializ o‘tkazilganda qabul qilingan dozaning taxminan 30% chiqariladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

100 ml, 200 ml yoki 300 ml dan shisha butilkalarda. Har bir butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.