Likoslab

Tarkibi:

100% suvsiz moddaga hisoblanganda natriy pikosulfati sorbit (Ye420) natriy metilparaben (Ye 219), 1 mol/l rN 6,0 dan 7,0 gacha xlorid kislotasi eritmasida, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natriy pikosulfati

Preparatning savdo nomi:

Likoslab

Farmakalogik guruhi:

surgi vositasi.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tomchilar.

tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

surgi vositasi.

A06AV08

Qabziyat bilan xastalangan patsiyentlarni davolash uchun shuningdek, defekatsiyani yengillashtirish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Preparatni shuningdek onkologik kasalliklari bo‘lgan opiod analgetiklar bilan davolanayotgan patsiyentlarga surgi vositasi sifatida buyuriladi.

Peroral tomchilab ichish uchun qo‘llaniladi: Preparatni odatda kechqurun qo‘llanadi, ovqatga tomizib qo‘shish mumkin. Preparatni dozalashni maxsus dozator yordamida amalga oshiriladi. Preparatni davolash kursi davomiyligi va dozalarni davolovchi shifokor har bir patsiyent uchun individual ravishda tanlaydi. Kattalarga va 10 yoshdan katta yoshdagi patsiyentlarga odatda preparatni 13-27 tomchidan sutkada 1 martadan buyuriladi.

Preparatni patsiyentlar odatda yaxshi o‘zlashtiradi. Yakka hollarda asosan preparatni uzoq qo‘llanganda patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya samaralarini rivojlanishi aniqlangan. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ovqat hazm qilishnib uzilishi, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, meteorizm, anal teshigi sohasida og‘riq. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyqu va tetiklik tartibini buzilishlar, tirishilar, yuqori toliqish, tremor. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshayemi, Kvinke shishi. Boshqalar: gipokaliyemiya, giponatriyemiya, degidratatsiya, preparatni uzoq qo‘llanganda preparatga o‘rganib qolish va “rikoshet” samarasi chaqirgan qabziyatlar rivojlanishi mumkin. Nojo‘ya samaralarni rivojlanishini bartaraf qilish uchun preparatni bir marta yoki qisqa muddatda qo‘llash tavsiya qilinadi.

Preparatni komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik. Preparatni peroral qo‘llash uchun tomchi shakli fruktozani o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalangan patsiyentlarga qo‘llanmaydi. Preparat tabletka shaklida laktaza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktozni mal’absorbiyasi va galaktozemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llanmaydi. Preparatni ichakni obstruktiv tutilishi bilan xastalangan ko‘ngil aynishi, qusish, aniqlanmagan etiologiyali qorin og‘riqlari va og‘ir degidratatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilmaydi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini o‘tkir jarrohlik patologiyalari bo‘lgan patsiyentlarni shuningdek me’da-ichak yo‘llarida jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanmaydi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida ayollarni davolash uchun ishlatilmaydi. Tabletka shaklidagi preparatni aniq dozalashni iloji bo‘lmaganligi tufayli, 10 yoshdan kichik bolalarni davolashda preparat tabletka shaklida qo‘llanmaydi. Preparatni gipokaliyemiya, gipermagniyemiya bilan xastalangan patsiyentlarga shuningdek keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni yurak glikozidlari bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparatni glyukokortikosteroidlar va diuretik dori vositasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda suv-elektrolit muvozanatini buzilishni rivojlanish xavfi oshadi. Keng ta’sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparatlarni preparat bilan birga qo‘llanganda natriy pikosulfatining surgi samarasini pasaytiradi.

Preparatni bolalar olomaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun tomchilar 15 ml va 30 ml dan flakonlarda.

2 yil.