Lidokain mahalliy qo‘llash uchun (sprey)retsept bilan

Tarkibi:

Har bir ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: lidokain – 50 mg; yordamchi moddalar: yengil suyuq parafin, izopropilli, miristat, propilparaben. 1 doza 5.0 mg lidokain saqlaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lidokain (lidocaine)

Preparatning savdo nomi:

Lidokain mahalliy qo‘llash uchun (sprey)

Farmakalogik guruhi:

mahalliy anestetik.

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun (sprey).

tiniq rangsiz eritma.

mahalliy anestetik.

N01VV02.

So‘rilishi: shilliq pardalarga mahalliy qo‘llanganida lidokain dozasi va qo‘yilgan joyiga qarab turli darajada so‘riladi. Shilliq pardalardagi perfuziya tezligi so‘rilishiga ta’sir etadi. Taqsimlanishi: Lidokain yaxshi perfuziyalanadigan a’zolarda taqsimlanadi, shu jumladan buyraklarda, o‘pkada, jigarda, yurakda, shuningdek yog‘ to‘qimasiga o‘tadi. Yo‘ldoshga passiv diffuziya yo‘li bilan o‘tadi. Yo‘ldoshdagi taqsimlanishi preparatni homilaga kirishi va zaharli darajaga yetishi uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Lidokain onada qo‘llanganidan so‘ng bir necha minut davomida yo‘ldoshdan tez o‘tib homilaning qon oqimida paydo bo‘ladi. Lidokain plazma oqsillari bilan bog‘lanishi plazmadagi uning va alfa-1-atsid glikoproteinini (AAG) kontsentratsiyasiga ko‘p darajada bog‘liq. Ma’lumotlarga qaraganda lidokain 33-80% ga oqsillar bilan bog‘lanadi. Bu uremiyasi bo‘lgan bemorlarda, buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda va o‘tkir miokard infarktidan keyin preparatni oqsillar bilan bog‘lanishni kuchayishiga ishora qiladi. Oxirgisi shuningdek AAG darajasini oshishi bilan xarakterlanadi. Oqsillar bilan yuqori bog‘lanishi erkin lidokain ta’sirini kamaytirishi yoki hatto preparatning qon plazmasidagi umumiy kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Metabolizmi: Lidokain jigarning mikrosomal fermentlari ishtirokida metabollanadi, oksidlanish oqibatida bir necha minut davomida ishqoriylikni pasayishi yuz beradi. Metabolizmning tezligi jigardagi qon oqimi bilan cheklanadi, va natija sifatida patsiyentlarda miokard infarktidan keyin va/yoki dimlangan yurak yetishmovchiligida buzilgan bo‘lishi mumkin. Lidokainning biotransformatsiyasi natijasida hosil bo‘ladigan metabolitlari – monoetilglitsineksilidid (MEGKS) va glitsineksilidid, ular kam darajada antiaritmik faollikka ega. Chiqarilishi: Taxminan 90% metabolitlar shaklida va 10% o‘zgarmagan shaklda buyraklar orqali chiqariladi. ¡zgarmagan preparatni siydik bilan chiqarilishi qisman siydikning rN ga bog‘liq. Nordon siydik preparatni siydik bilan chiqariladigan qismini oshishiga olib kelishi haqida xabar berilgan. Jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda lidokainni T ½ davri davomiyroq bo‘ladi.

Shilliq pardalarni mahalliy anesteziyasi uchun stomatologiya amaliyotida, og‘iz boshlig‘i xirurgiyasida va LOR amaliyotida, shu jumladan: – yuza abtsesslarni yorish; – qimirlab turgan tishlarni sug‘irib tashlash; – shilliq pardalardagi jaroxatlarda suyak bo‘laklari va choklarni olib tashlash; – tish qoplamalari yoki ko‘priksimon protezlarni o‘rnatish uchun milkni anesteziyasi; – tish orasidagi kattalashgan milk sœrјichni qo‘l yoki asbob bilan olib tashlash (yoki kesish); – rengenologik tekshiruvlarga tayyorlashda oshgan tomoq refleksini pasaytirishi yoki bostirish uchun; – bolalarda – frenuloektomiya va so‘lak bezlarning kistalarini yorish; LOR amaliyotida: – burundan qon ketishini davolashda elektr toki bilan kuydirish, septektomiya va burin poliplarini rezektsiyasi; – tonzilektomiya qilishdan avval tomoq refleksni kamaytirish va inyektsiya joyni og‘riqsizlantirish; – peritonzillyar abtsessini yorish oldidan yoki yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini teshish oldida qo‘shimcha anesteziya sifatida; – sinuslarni yuvish oldidan anesteziya; Endoskopiya va instrumental ko‘riklarda: – burun yoki og‘iz orqali turli zondlarni kiritish oldidan anasteziya (duodenal zond, bo‘lingan ovqat testlari oldida); – rektoskopiya oldidan va kanyulyani almashtirishdagi anesteziya; Akusherlik va ginekologiyada: – davolash va/yoki epiziotomiyani o‘tkazilishida chotni anesteziyasi; – vaginal xirurgiya yoki bachadon qismini xirurgiyasida operatsiya maydonini anesteziyasi; – qizlik pardasini kesish uchun va uni yirtilishini davolashda anesteziya; – abtsesslarda chok qo‘yishdagi anesteziya; Dermatologiyada: – mayda xirurgik aralashuvlarda shillik pardalarni anesteziyasi.

Sprey shilliq pardalarga purkaladi. Har bir portsiya sprey purkalishida yuzaga 5 mg lidokain ajralib chiqadi. Dozasi ko‘rsatilishi va anesteziya qilinadigan yuzaga bog‘liq. Lidokainni qon plazmadagi miqdori kontsentratsiyasini oshib ketishini oldini olish uchun qoniqarli samara beradigan eng kichik dozani qo‘llash lozim. Odatda 1-3 purkash yetarli bo‘ladi, akusherlik amaliyotida esa 15-29 purkashgacha qo‘llanadi. Maksimal doza – 70 kg tana vazniga 40 purkash. Turli ko‘rsatilishlardagi taxminiy dozalari:

– Keksa yoshdagi bemorlarda sinus tugunini zaifligi sindromi (STZS) – Yaqqol bradikardiya – II va III darajali AV blokada (yurak qorinchalarni rag‘batlantirish uchun zond kiritilgan xollardan tashqari) – Kardiogen shok – Gipovolemiya – Anamnezda tutqanoqsimon tirishishlarning bo‘lishi – Jigar va buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari – Lidokainga bo‘lgan yuqori sezuvchanlk Stomatologiyada qolip olish maqsadida gips ishlatilganida aspiratsiya xavfi tufayli spreyni qo‘llash mumkin emas.

Jigar faolliyati buzilgan, qon aylanishining yetishmovchiligi, arterial gipotenziyasi, buyrak yetishmovchiligi, tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Bunday hollarda preparatning dozasini kamaytirish lozim. Shilliq pardalar, juda qari va/yoki holsizlangan patsiyentlar lidokain turidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsalar, preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Stomatologiya va ortopediyada preparat faqat elastik qolip materiallari bilan qo‘llanishi lozim. Spreyni ichga kirishiga yoki ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, nafas yo‘llariga tushishini oldini olish kerak (aspiratsiya rivojlanishi xavfi). Tomoqqa purkash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, teri qoplamlarini oqarishi, psixomotor qo‘zg‘alish, tremor, kloniko-tonik tirishishlar, kollaps, markaziy nerv tizimini susayishi. Davolash: markaziy nerv tizimi va yurak-tomir tizimi tomonidan namoyon bo‘lgan simptomlarda toza havo bilan ta’minlash, kislorod berish va/yoki sun’iy nafas o‘tkazish lozim. Tirishishlarni yo‘qotish uchun suktsinilxollinni 50-100 mg va/yoki diazepamni 5-15 mg dozada yuborish kerak. Shuningdek qisqa muddatli ta’sir etuvchi barbituratlarni (natriy tiopental) qo‘llash lozim. Lidokain dozasini oshirib yuborilishini o‘tkir fazasida gemodializ samara bermaydi. Bradikardiyada, o‘tkazuvchanlik buzilishlarida vena ichiga 0,5-1 mg dozada atropin, simptomimetik preparatlari yuboriladi. Yurak to‘xtab qolganida darhol yurakni ušalash kerak.

Mahalliy qo‘llash uchun eritma (sprey), 15 ml plastmassa flakonda, mexanik purkagich bilan komplektda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida chiqariladi.

3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retsept bo‘yicha. Ulashish: 7 779 Views