LIBIGRANretsept bilan

Tarkibi:

har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda:  sildenafil (sildenafil tsitrati shaklida) – 50 mg yoki 100 mg; yordamchi moddalar: mikrokristallik tsellyuloza, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, Opadry II Blue 32 K 20406: gidroksipropilmetiltsellyuloza, temir II oksidi (E172), triatsetin, laktoza monogidrati, titan dioksidi (E171), indigokarmin (E132).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sildenafil

Preparatning savdo nomi:

LIBIGRAN

Farmakalogik guruhi:

Erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun dori vositalari. Fosfodiesteraza ingibitorlari.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

50 mg tabletkalar: havo rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “50”, boshqa tomonida “LBG” gravirovkali, olti burchakli tabletkalar. 100 mg tabletkalar: havo rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “100”, boshqa tomonida “LBG” gravirovkali, olti burchakli tabletkalar.

Erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun dori vositalari. Fosfodiesteraza ingibitorlari.

G04BE03

So‘rilishi Sildenafil tez so‘riladi. Plazmadagi kontsentratsiyasining maksimumiga 30-120 minut (o‘rtacha 60 minut) davomida erishiladi. Ichga qabul qilganda mutloq biokiraolishligi 41% ni (25-63%) tashkil qiladi. Sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda ichga qabul qilinganida (25 mg -100 mg) AUC va Smax dozaga ko‘rsatkichlari oshadi. Sildenafilni ovqat bilan qabul qilganda so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax o‘rtacha 60% minutiga oshadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi. Taqsimlanishi Taqsimlanish hajmi muvozanat holatida o‘rtacha 105 l ni tashkil qiladi, bu uni to‘qimalarda taqsimlanishidan dalolat beradi. Sildenafil va uning asosiy qonda aylanib yuruvchi N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% bog‘lanadi va uning Smax 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi preparatning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Biotransformatsiyasi Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 (asosiy yo‘l) va CYP2C9 (qo‘shimcha yo‘l) yordamida metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti N-desmetilsildenafildir. Keyinchalik bu metaboliti ham metabolizmga uchraydi. FDE ga ta’sir selektivligi bo‘yicha metaboliti sildenafil bilan bir xil, uning FDE ga nisbatan faolligi esa, in vitro sharoitida sildenafilning o‘zini faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitning plazmadagi kontsentratsiyasi asosiy moddaning kontsentratsiyasini taxminan 40% ni tashkil qiladi. N-desmetil metaboliti keyingi metabolizmga uchraydi; uning T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Chiqarilishi Sildenafilning umumiy klirensi 41 l/soatni, yakuniy T1/2 esa 3-5 soatni tashkil qiladi. Sildenafil ichga qabul qilingandan keyin, metabolitlari holida  asosan ahlat bilan (taxminan 80%) va kam miqdorda – siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi.

Erektil disfunktsiyani simptomatik davolashda (jinsiy aloqaga qoniqish uchun zarur bo‘lgan erektsiyaga erishishni yoki saqlab turishni iloji bo‘lmaganda), tavsiya etilgan doza odatda rejalashtirilgan seksual faollikdan taxminan 1 soat oldin 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorligi va o‘zlashtirishni xisobga olib, doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan doza 100 mg ni tashkil qiladi va kuniga 1 marta qo‘llanadi. Preparat ichga  qabul qilinadi. Ovqat vaqtida preparatni qabul qilish, och qoringa qabul qilishga nisbatan uning ta’sirini sekinlashtirishi mumkin. Tsitoxrom R450 ning kuchli ingibitorlari SUR3A4 kuchli ingibitorlari (eritromitsin, sanikavir, ketakonazol, itrakonazol kabi) bilan bir vaqtda qo‘llash plazmada sildenafilning kontsentratsiyasini oshishiga yordam berishi mumkin. Sildenafilning yuqori kontsentratsiyasi ta’sirini ham, nojo‘ya samaralarini ham kuchaytirishi mumkinligini hisobga olib, preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 25 mg ni tashkil qiladi. Sildenafilni ritonavir bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Alfa-adrenoblokatorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda postural gipotenziyani rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun, LibigranTM  preparatini qabul qilishni faqat gemodinamika ko‘rsatgichlari turg‘un holatga erishgandan so‘ng boshlash kerak. Shuningdek, preparatning (boshlang‘ich dozasini 25 mg gacha kamaytirishning maqsadga muvofiqligini ko‘rish lozim.

Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralari: bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, dispepsiya, burunni bitishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qizish hissi, ko‘rishni buzilishi:  tsianopsiya (barcha jismlarni vaqtincha ko‘k rangda ko‘rinishi holati), ko‘rishni tumanlashishi. Klinik ahamiyatli klinik va postmarketing tadqiqotlarda platsebo bilan solishtirganda ko‘p uchraydigan noxush reaktsiyalar, uchrash tez-tezligi va tizimlar bo‘yicha quyida keltirilgan: paydo bo‘lish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholashning iloji yo‘q). Postmarketing davrda uchraydigan klinik ahamiyatli nojo‘ya samaralarning tez-tezligi noma’lum deb ko‘rsatilgan.

Sildenafilga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. NO/tsGMF almashinuviga ma’lum samarasi tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun uni organik nitratlar (amilnitrat, butilnitrat kabi) yoki nitratlarning boshqa shakllar (nitroglitserin, izosorbid mononitrati, peptaeritritol tetranitrati, eritritol tetranitrati, izosorbid dinitrati kabi) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Ko‘ruv nervining arteriit bo‘lmagan, oldingi ishemik nevropatiyasi. Erektil disfunktsiyada qo‘llanadigan dori vositalarni (shu jumladan sildenafil) seksual faollik kerak bo‘lmagan patsiyentlarga (masalan, turg‘un bo‘lmagan stenokardiya kabi yurak-qon tomir tizimi tomonidan jiddiy buzilishlarda) buyurilmaydi. Sildenafilni quyidagi guruh patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, chunki uning xavfsizligi bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan: Og‘ir jigar yetishmovchiligiArterial gipotenziya (AB <90/50 mm sim. ust.).Yaqinda o‘tkazilgan insult yoki miokard infarkti. Pigmentli retinit kabi to‘r pardaning nasliy degenerativ buzilishlari (ko‘p bo‘lmagan bemorlarda to‘r pardaning fosfodiesterazalarining faolligini genetik buzilishlari mavjud bo‘ladi).

In vitro tadqiqotlar: Sildenafilning metabolizmi tsitoxroma R450 (SYP) ning asosan  3A4 izoformasi (asosiy yo‘li) va 2S9 (kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘li) ta’siri ostida yuz beradi, demak, bu izofermentlarning ingibitorlari sildenafilning klirensini pasaytirishi, induktorlari esa – oshirishi mumkin. In vivo tadqiqotlar: Farmakokinetikaning yig‘indi taxlili ketokonazol, eritromitsin, tsimetidin kabi CYP3A4 ingibitorlari bir vaqtda qo‘llanganida, sildenafilning klirensini pasayishini ko‘rsatdi. Patsiyentlarda nohush ko‘rinishlarning tez-tezligi oshmagan bo‘lsada, bu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sildenafilning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 25 mg ni tashkil qiladi. Sildenafil 100 mg dozada bir marta va tsitoxroma P450  ning kuchli ingibitori proteazalar ingibitori  rionavir bir vaqtda qo‘llanganda, ritonavirning (500 mg kuniga 2 marta) plazmadagi muvozanatli kontsentratsiyasiga erishish fonida, sildenafilning Smax  4 marta (300%) ga va AUC ni esa 11 marta, 1000% ga oshishi kuzatilgan. Sildenafil qabul qilgandan 24 soatdan so‘ng plazmada uning bir o‘zining kontsentratsiyasi 5 mg/mlni, birgalikda qo‘llanganda esa – 200 mg/ml ni tashkil etadi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq yuqorida ko‘rsatilgan farmakokinetikaning xususiyatlarini hisobga olib, sildenafil va ritonavirni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. OITV – proteaza ingibitori sakvinavirning (1200 mg dan kuniga 3 marta) muvozanatli plazmali kontsentratsiyasi fonida 100 mg doza qo‘llanganida sildenafilning Smax ini (140%) va AUC ni (210%) oshishi kuzatilgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ketokonazol yoki itrakonazol kabi CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari sildenafilning farmakokinetik parametrlarini yaqqolroq o‘zgarishlarini chaqirishi mumkin. Sildenafil 100 mg dozada bir marta va tsitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan proteazalar ingibitori ritonavir bir vaqtda qo‘llanganda, ritonavirning muvozanatli plazma kontsentratsiyasi fonida (500 mg dan kuniga 2 marta) sildenafilning Smax ni 4 marta oshishi (300%) va AUC – 11 marta (1000%) oshishi kuzatilgan. CYP3A4 kuchsiz ingibitori eritromitsinning muvozanatli plazmali kontsentratsiyasi fonida  (500 mg dan kuniga 2 marta 5 kun davomida) va bir vaqtda sildenafilni 100 mg dozada bir marta qo‘llanganida, sildenafilning AUC ni 182% ga oshishi kuzatilgan. Kuniga 500 mg dozada 3 kun davomida qo‘llanganida azitromitsinni sildenafilning, Smax, Tmax, chiqarilish tezligining konstantasi, uning asosiy aylanib yuruvchi metabolitining T1/2 ga, ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Sog‘lom ko‘ngillilarda SYP3A4 ning nospetsifik ingibitori va tsitoxrom R450 ingibitori tsimetidin (800 mg) bilan birga qo‘llanganda, plazmada sildenafilning kontsentratsiyasi (50 mg dozada qo‘llanganda) 56% ga oshgan. Ichak devorida metabolizmining kuchsiz ingibitori hisoblangan greypfrut sharbati, qon plazmasida sildenafilning darajasini ahamiyatsiz oshishiga olib kelishi mumkin. Antatsidni (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish sildenafilning biokiraolishiga ta’sir qilmaydi. CYP2S9 (tolbutamid, varfarin, fenitoin kabi), CYP2D6 (serotoninning qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar kabi), ingibitorlari, diuretiklar, APF ingibitorlari, kaltsiy kanallarining blokatorlari, beta-adrenoretseptorlarning antagonistlari, CYP450 metabolizmining induktorlari (rifampitsin, barbituratlar kabi) sildenafilning farmakokinetik parametrlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rifampitsin kabi CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari sildenafilning plazmali kontsentratsiyasini ahamiyatli pasaytirishi mumkin. Nikorandil nitrat gibridi va kaliy kanallarining faollantiruvchisidan iborat. Nitratning borligi tufayli sildenafil bilan o‘zaro ta’sirining ehtimoli mavjud.

Proteaza ingibitori ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash plazmadagi kontsentratsiyasini ahamiyatli oshishiga olib keladi (AUC 11 marta oshadi). Ritonavir qabul qilayotgan patsiyentlarga sildenafil ehtiyotkorlik bilan, past dozalarda buyuriladi. Sildenafilning yuqori tizimli darajasi bilan bog‘liq ma’lumotlar cheklangan. 200-800 mg preparatni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngilliklarda arterial bosimni pasayishi, xushdan ketish va uzoq muddatli erektsiya to‘g‘risida xabar berilgan. LibigranTM preparatini buyurishdan oldin quyidagilarga e’tibor berish kerak: 5-10 mg amlodipin qabul qilayotgan gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganda 100 mg sildenafil sistolik va diastolik bosimni muvofiq o‘rtacha 8 mm sim. ust. va 7 mm sim. ust. ga pasayishini chaqirgan (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” ga qarang). Sildenafilni boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llashni o‘rganish bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Sildenafilni qon ketishlari yoki me’da yara kasalligini zo‘rayishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Sildenafilni erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Shuning uchun bunday majmualarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Odamlarda sildenafil qon ketish vaqtiga, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada buyurilganda, ta’sir qilmaydi. Davolashni boshlashdan avval erektsiyaning buzilishlarini sababini aniqlash uchun to‘liq tibbiy anamnezni yig‘ish va patsiyentni sinchkov fizikal tekshiruvini o‘tkazish kerak. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlar Seksual faollik yurak kasalligi bo‘lganida ma’lum xavf tug‘diradi. Shuning uchun sildenafil bilan davolashni boshlashdan oldin, yurak-tomir tizimini sinchiklab tekshirish kerak. Sildenafil vazodilatatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega, bu AB ni o‘tkinchi va ahamiyatsiz pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, preparatni buyurishdan avval, shifokor muvofiq kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda vazodilatatsiyalovchi ta’sirining nohush ko‘rinishlarining xavfini sinchklab baholash lozim, ayniqsa seksual faolllik fonida. Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorinchaning chiqarish yo‘lining obstruktsiyasi (masalan aorta stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya), shuningdek kam uchraydigan vegetativ nerv tizimi tomonidan AB boshqarilishining og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘luvchi ko‘p sonli tizimli atrofiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi. Preparat nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Sildenafilni postmarketing qo‘llash davomida miokard infarkti, noturg‘un stenokardiya, to‘satdan yurakli o‘lim, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik xujum, arterial giper- va gipotenziya kabi yurak-tomir tizimi tomonidan jiddiy asoratlar xaqida xabar berilgan. Ushbu patsiyentlarning ko‘pchiligida yurak-tomir tizimi tomonidan asoratlarning xavf omillari mavjud bo‘lgan. Ko‘rsatilgan ko‘rinishlarning ko‘pchiligi seksual faollik vaqtida yoki darhol undan keyin kuzatilgan, ulardan ayrimlari sildenafil qabul qilgandan keyin seksual faolliksiz ham aniqlanadi. Aniqlangan ko‘rinish va ko‘rsatilgan yoki boshqa omillar orasida bevosita aloqa mavjudligini aniqlashning iloji yo‘q. Priapizm Erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun preparatlarni jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyronye kasalligi) bo‘lgan bemorlarda yoki priapizmni rivojlanishiga moyillik bo‘lgan holatlarda (o‘roqsimon-xujayrali anemiya, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiya) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Sildenafilni postmarketing qo‘llash davomida uzoq muddatli erektsiyalar va priapizm to‘g‘risida xabar berilgan. Erektsiya 4 soatdan ortiq davom etsa, patsiyent darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak. Agar darhol priapizmning oldi olinmasa, jinsiy olat to‘qimasining qaytmas shikastlanishi va impotentsiya rivojlanishi mumkin. Boshqa FDE 5 ingibitorlari yoki erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun vositalar bilan birgalikda qo‘llanilishi Sildenafilni FED-5 ning boshqa ingibitorlari yoki o‘pka gipertenziyasini davolash uchun boshqa preparatlar, sildenafil saqlovchi yoki erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun boshqa vositalar bilan birga qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun bunday majmualarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ko‘rishga ta’siri sildenafil va FDE5 ning boshqa ingibitorlari qo‘llash vaqtida ko‘rishni spontan buzilishlari xaqida xabar berilgan. Juda kam hollarda ko‘ruv nervining arteriit bo‘lmagan oldingi ishemik nevropatiyasi (KNAOIN) xaqida xabar berilgan. Ko‘rishni to‘satdan buzilishi holida sildenafil bilan davolashni to‘xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish lozim. Ritonavir bilan qo‘llalnishi Sildenafilni ritonavir bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Alfa-adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llanishi Sidenafil va alfa- adrenoblokatorlarni birga qo‘llash alohida sezgir patsiyentlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi tufayli, alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik buyurish lozim. Odatda, bunday holat sildenafil qo‘llangandan keyin 4 soat davomida kuzatiladi. Alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda postural gipotenziya rivojlanishining xavfini kamaytirish uchun, LibigranTM preparatini faqat gemodinamika ko‘rsatkichlari turg‘un holatga erishilgandan so‘ng boshlash lozim. Shuningdek, preparatning boshlang‘ich dozasini 25 mg gacha kmaytirish maqsadga muvofiqligini ko‘rish lozim. Postural gipotenziyaning simptomlari paydo bo‘lgan holida nima qilish kerakligi xaqida patsiyentlarna xabardor qilish lozim. Qon ketishlar In vitro tadqiqotlarda sildenafil natriy nitroprussidning antiagregant samarasini kuchaytirishi aniqlangan. Qon ketishiga moyilligi yoki faol peptik yarasi bo‘lgan patsiyentlarda sildenafilni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun bunday bemorlarda preparatni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini sinchiklab baxolash lozim. To‘r parda okklyuziyasini rivojlanishining xavfi ayniqsa qonni yuqori ivuchanligida patsiyentlarda oshadi. LibigranTM ayollarda qo‘lanmaydi. LibigranTM preparati tabletkalar laktoza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparat buyurilmaydi. LibigranTM preparatining har bir tabletkasi 1 mmol natriy saqlaydi (23 mg dan kam); natriyning bunday miqdorida xech qanday maxsus ko‘rsatmalar talab etilmaydi.

Sildenafilni ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda 800 mg gacha dozalarda bir marta qabul qilinganida, noxush ko‘rinishlar pastroq dozalarda qabul qilinganidagi solishtirarli bo‘lgan, lekin ko‘proq kuzatilgan va yaqqolroq bo‘lgan. 200 mg dozada qabul qilinganida ta’sirlarning kuchayishi kuzatilmagan, biroq nojo‘ya reaktsiyalarning (bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, bosh aylanishi, dispepsiya, burunni bitishi, ko‘rishni buzilishi kabi) paydo bo‘lishi tez-tezligini o‘sishi kuzatilgan. Davolash Doza oshirib yuborilgan holda standart saqlab turuvchi davolashni o‘tkazish lozim. Dializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki sildenafil plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha beriladi

Libigran™ 50 mg yoki 100 mg, qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterlarda. 1 blister (1 yoki 4 qobiq bilan qoplangan tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.